Nikoh-oila barqarorlikning asosiy omili ekanligi


Download 55.45 Kb.
bet1/3
Sana27.03.2023
Hajmi55.45 Kb.
#1298653
  1   2   3
Bog'liq
Nikoh-oila barqarorlikning asosiy omili ekanligi



Nikoh-oila barqarorlikning asosiy omili ekanligi

Reja:



Kirish

  1. Oila inson ijtimoiylashuvining birinchi pog‘anasi

  2. Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida oila instituti barqarorligi omillari

  3. Nikoh-oila barqarorlikning asosiy omili ekanligi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish


Mustaqil o‘zbek davlatchiligini va milliy huquqiy tizimini shakllantirishning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li boy ma’naviy-huquqiy negizlari asoslanadi.
O‘zbekiston davlati va huquqining poydevori – milliy davlatchiligimizning tayanchlari juda qadimiy va mustahkamdir. U uch ming yillik tarixga ega. Qadim Turon, Movarounnahr, Turkiston hududida ravnaq topgan davlatlar jahon madaniyatini rivojlanishida yorqin iz qoldirgan.
Bizning davlatimiz ko‘hna So‘g‘diyona va Xorazmdan boshlab, Qoraxoniylar, Xorazmshohlar, Amir Temur va temuriylar davlatlari va o‘zbek xonliklarining davlat boshqaruv tajribasini, xalqimizning butun milliy, tarixiy, huquqiy, ma’naviy amaliyotini hamda uning mustaqil davlatiga ega bo‘lish kabi asriy orzularini o‘zida mujassamlashtirgan. Hozir, XXI asr boshida O‘zbekiston Respublikasi yangi davlatchiligining qaror topishida umumjahon va milliy davlatchilik taraqqiyoti qonuniyatlari uzviy ravishda uyg‘unlashdi
Jamiyat hayotining o‘zgarishi, ma’lum jihatdan oilaga, uning a’zolariga bog‘liq bo‘lganligi bois, bu muammoni o‘rganish va tahlil etish dolzarb jarayon hisoblanadi. Har bir millat oila va u bilan bog‘liq jarayonga alohida e’tibor qaratib, oila haqidagi bilimlarni, tasavvurlarni va qadriyatlarni avloddan avlodga yetkazib kelmoqdalar.


  1. Oila inson ijtimoiylashuvining birinchi pog‘anasi

Jamiyatning asosiy institutlaridan biri bo‘lgan oila inson ijtimoiylashuvining birinchi pog‘anasi sanaladi. Oila atrof-muhit bilan birgalikda rivojlanadi va shaklan o‘zgarishlarga duch keladi. Ushbu jarayon vaqt talablariga o‘zgacha javob qaytaradi, ijtimoiy ehtiyojlarga munosabat bildiradi va ularni shakllantiradi. Insoniy qadriyatlar o‘chog‘i, avlodlarning madaniy va tarixiy vorisiyligi, barqarorlik va taraqqiyot omili sanaladi. Oila tufayli davlat mustahkamlanadi va rivojlanadi, uning aholisi farovonligi oshadi.
Zamonaviy yosh oila ijtimoiy-madaniy muhitda sodir bo‘layotgan yangi talablarga tezda moslashmoqda. Oilaning boshqa turlariga nisbatan yosh oila ijtimoiy o‘zgarishlarga jadallik bilan munosabat bildirmoqda. Nikoh-oilaviy munosabatlarning ko‘plab muqobil shakllariga ega bo‘lish bilan bir vaqtda ushbu oila shakli tashqi ta’sirlar (yashash shartsharoitlarining talabga javob bermasligi, moddiy imkoniyatlarning cheklanganligi, ota-onalardan moddiy bog‘liqlik, o‘zini anglash muammolari va boshqalar) ga beriluvchandir.
Jamiyatning modernizatsiyalashuvi oilaviy turmush tarzining ijtimoiypsixologik asoslarini qayta qurilishiga olib keldi. An’anaviy oilaviy qadriyatlar tizimi transformatsiyasi oqibatida ularning hayotiy qadriyatlari ham o‘zgardi.
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy isloh etilishi oilaviy munosabatlarda quyidagi yo‘nalishlarni shakllantirdi; birinchidan, an’anaviy nikoh qayta o‘zgarmoqda, nikoh uchun juftlikni yopiq tizimidan ochiq shakliga o‘tish sodir bo‘lmoqda; ikkinchidan, hukmron jinsiy ma’naviyat va ahloq tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda, deb hisoblaydi.
Zamonaviy yosh oilani tadqiq etish oilaning ushbu shakli rivojidagi quyidagi o‘zgarishlarda aks etuvchi yangi tendensiyalarni aniqlash imkonini beradi: zamonaviy yosh er-xotinning qadriyatli mo‘ljallari, yosh oila tuzilmasi, oilaviy funksiyalar, jinsiy ahloq, gender tuzilma.
Zamonaviy yosh oilaning o‘ziga xosligi yosh davri bo‘lib, bunda yoshlar oila tuzish davri va ijtimoiylashuv jarayonining ma’lum bosqichidan bir paytda o‘tish kerak bo‘ladi. Ushbu bosqichda nafaqat oila qurish, balki, ta’lim olish, ish qidirish, kasbiy o‘zligini anglash, oilaviy turmushga ruhan moslashish, bolalar tug‘ilishi, yosh oilaning roli tuzilmasini shakllanishi bir paytda sodir bo‘ladi. Yosh er-xotin oilaviy turmushning mazkur bosqichini qanchalik muvaffaqiyatli o‘tashi kelajakda o‘z oilaviy ittifoqining barqarorligi va mustahkamligini ta’minlaydi.
Moddiy va moliyaviy ta’minlanganlik darajasining pastligi ham muhim belgilardan biri sanalib, uning natijasida yosh oila – ota-onalariga nechog‘lik bog‘liqligi aniqlanadi. So‘nggi holat yoshlarda infantillik va boqimandalik kayfiyatini shakllantirishi bilan vaziyatni yanada chigallashtiradi.
Sotsiologik tadqiqotlarning natijalari ko‘rsatishicha, oiladagi ziddiyatlarning asosiy sababi moddiy qiyinchiliklar sanaladi. «Oilangizdagi janjallarning sababi nimada?» savoliga so‘ralganlarning har ikkinchisi (46,2%) xuddi shu omilni ko‘rsatganlar. Yosh oilalarga keladigan bo‘lsak, ulardagi oilaviy janjallar sabablaridan moddiy ta’minlanganlik darajasi ustuvor o‘rinni egallaydi. 21-24 yoshli (41,5%) va 25-29 yoshli (40,7%) respondentlar xuddi shu fikrni bildirganlar.
Ushbu mazmunda er-xotin o‘rtasidagi psixologik va oila qurilishi asosida yotuvchi shaxslararo munosabatlardagi muammolarga e’tibor qaratish muhimdir. Er-xotin munosabatlari tafsilotlarini aniqlash oila a’zolarining munosabatlari va oila barqarorligini ta’minlanishida muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi oila tanazzuliga salbiy munosabatda (93,9%). Ammo, ushbu tendensiya so‘nggi yillarda yosh oilalar o‘rtasida o‘smoqda. Kuzatishlarga ko‘ra, aynan yosh oilalar ajralishlarga moyil. 2009 yilda O‘zbekistonda ajralishlar miqdori 17,2% ni tashkil etdi.
Shuni ta’kidlash joizki, zamonaviy yosh oilalarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar uning mustahkamligi va barqarorligiga bevosita ta’sir qildi. Asosiy o‘zgarish – bu yosh oilalardagi ko‘p farzandlilikdan o‘rtacha farzandlilikka o‘tish bo‘ldi. Sotsiologik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar ko‘rsatishicha, respublikamizga xos o‘rtacha o‘lchamdagi oilada besh yoki to‘rt bola bor. Kichik oilalar (uch kishigacha) yoki katta oilalar (etti va undan ortiq a’zolari bo‘lgan) kamdan-kam uchraydi. Zamonaviy O‘zbekistonda ikki yoki uch farzandli oila modeli keng tarqalgan bo‘lib, o‘rtacha farzandli oilalar tuzishga yo‘naltirilgan reproduktiv tartib o‘rnatilgan.
Jamiyat oilaning ma’naviy mustahkamligidan manfaatdor. Chunki bunday oila biologik va ma’naviy barkamol avlodni dunyoga keltiradi.
O‘sib kelayotgan avlodning jismoniy, ijtimoiy, ma’naviy sog‘lomligi – millat sog‘lig‘ining garovidir. Aynan, oilada fuqaroning shaxsiyati asoslari
Shakllanadi. Ijtimoiy adolatli, huquqiy va iqtisodiy samarali jamiyat talablariga mos keluvchi qadriyatli mo‘ljallar aniqlanadi. Oila yaqin vaqtlargacha individ tomonidan asosiy oilaviy funksiyalarni bajarishda tashkiliy debocha sanalgan. Kishi tomonidan ayrim mehnat ko‘nikmalari va malakalarini egallash manbasi sifatida uning sotsiumda muvaffaqiyatli moslashuvini kafolatlagan.
Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya O‘zbekistonliklar kundalik hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Ushbu tarbiyaga ko‘ra keksalarni qadrlash ma’naviy-axloqiy va xulq-atvor me’yorlari bolalar tarbiyasi davomida singdirilib boriladi. Hozirda oilalarda oldingi paytlarga nisbatan diniy tarbiyaga e’tibor kuchaymoqda. Shunday bo‘lsa-da, oilaning o‘sib kelayotgan avlodda milliy o‘zlik va fuqarolik pozitsiyasini shakllanishidagi rolini yanada kuchaytirish darkor.
Turli tarixiy davrlar va oilaviy hayot bosqichlarida oila funksiyalari ierarxiyasi biri ikkinchisidan ustuvor o‘rin egallab o‘zgarib bordi. Ilm-fan olamida oila insoniyat mavjudligini ta’minlanishida fundamental institut sifatida qolish-qolmasligi borasida bahs-munozaralar davom etmoqda. Chunki, bir tomondan «oila bugungi kunda faqatgina u tomonidan amalga oshiriladigan qandaydir o‘ziga xos faoliyat turining tashuvchisi sifatidagi mazmunini yo‘qotayotganligi fakti bilan to‘qnash kelmoqda. Amalda asosan oilaga mansub bo‘lgan barcha funksiyalar hozirda undan tashqarida ham ro‘yobga chiqarilishi mumkin». Boshqa tomondan V.I.Kurbatovning ta’kidlashicha, agarda oila ijtimoiy institut sifatida ushbu funksiyalarni bajarishdan bosh tortsa «natijada ijtimoiylashuv jarayoniga ommaviy tarzda chek qo‘yilishi, madaniyat halokatga uchrashi, oqibatda esa insoniyat sivilizatsiyasi tanazzuliga olib kelishi mumkin»
Hozirgi kunda oila – an’anaviy modeldan zamonaviy oilaga o‘tish kabi murakkab evolyusion jarayonni boshidan kechirmoqda. 1.2.-jadvalda an’anaviy va zamonaviy oilalarning qiyosiy tahlili keltirilgan.
Jamiyatning globallashuv va modernizatsiyalashuvi jarayoni oilaning individuallashuvi va muxtorlashuvining o‘sishiga olib kelmoqda. Bu o‘z o‘rnida ajralishlar miqdorini ortishi, tug‘ilish ko‘rsatkichlarining tushib ketishi, nikohsiz bolalar va yolg‘iz insonlar sonini ko‘payishiga olib kelmoqda. P.Sorokin «Zamonaviy oila tanazzuli» asarida oila parokandaligining asosiy belgilari sifatida ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi aloqa, er-xotin ittifoqining zaiflashuvi xo‘jalik yuritishning parchalanishini ko‘rsatadi. Biroq jahon aholisining 10/9 qismi oila tarkibida yashaydi.
Yangi shakldagi oilalarning paydo bo‘lishi esa an’anaviylarining yo‘qolib ketishiga olib kelmaydi.
Oilada ayollar maishiy yumushlar va bolalar tarbiyasi uchun mas’uldir. Erkaklar – moddiy ta’minotga javob beradilar. Ayol uy bekasi bo‘lgan holatda bu odatiy va me’yoriydir. Ammo, agarda ayol to‘liq ish kunida erkak bilan tengma-teng ishlasa, hatto, erkakka nisbatan ko‘proq daromad topsa-da hukmron stereotiplar ularni o‘zaro rollar almashinuviga yoki majburiyatlarni teng taqsimlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki, erkak uchun bu nafaqat qo‘shimcha yuklama, balki «sharmandalik» hamdir.
Yosh avlod ayrim qarashlarida yanada patriarxaldirlar. Masalan, yaxshi daromadli eri bor ayol ishlashi shartmi, degan savolga 16-25 yoshli 80% erkaklar «yo‘q» javobini berganlar. Katta avlod vakillaridan esa 54% shu javobni bergan.
Oilada an’analarning tashuvchisi odatda qaynonalardir:
«Aytishlaricha, er – yarim payg‘ambar, ayol uchun jannat er oyog‘i ostida. Shu bois, xotin erini hurmat qilishi va unga bo‘ysunishi shart. Erkak uchun esa jannat – onalari oyog‘i ostidadir» (Qaynona, shahar, 50 yosh).



  1. Download 55.45 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling