Nilelirlash Nivelirlash Turlari Reja


Download 106 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi106 Kb.
#1062133
1   2   3   4   5
Bog'liq
Rerferat

Gidrostatik nivelirlash.
Bu usulda joydagi nuqtalarning balandliklardagi farq o‘zaro bog‘liq ikkita idishdagi suyuqlik satxini kuzatish yo‘li bilan aniqlanadi. Bu usulda nuqtalarning nisbiy balandligi ±1-2 mm aniqlikda topiladi. Montaj ishlarida, yirik inshootlarning deformatsiyasini muntazam ravishda kuzatish kerak bo‘lganda va boshqa ishlarda gidrostatik nivelirlash qo‘llaniladi. Bu usul sodda bo‘lib, undan yopiq, tor va qorong‘i joylarda ham foydalanish mumkin.
Radionivelirlash.
Bu nivelirlash radioto‘lqinning samolyotdan erga, erdan samolyotga etib borish vaqtiga qarab samolyotning qanday balandlikda uchayotganini bilish imkoniyatini beradi. Samolyotning uchayotgan balandligi radiovo‘sotomer degan asbob yordamida 5 m gacha aniqlikda topiladi. Keyingi vaqtlarda radionivelirlash turli qidiruv ishlarida xamda turli masshtabda topografik kartalar tuzishda qo‘llanilmoqda.
Stereofotogrammetrik nivelirlash.
Bu usulda joyning samolyotdan turib olingan aerosuratlariga qarab maxsus fotogrammetrik asboblar yordamida nuqtalarning balandligi aniqlanadi va relef gorizontallar bilan chiziladi. Bu xildagi nivelirlash ishlarining asosiy qismi korxonada bajarilganligidan vaqt va mablag‘ ancha tejaladi.
Stereofotogrammetrik nivelirlash turli masshtabdagi topografik kartalar tuzishda qo‘llaniladi.
Geometrik nivelirlashda ishlatiladigan asbob - nivelir. Nivelirning teodolitdan farqi shuki, uning qarash trubasi zenit bo‘yicha aylanmaydi, chunki u gorizontal vizirlashga moslangan. Qarash trubasining vizir o‘qini yonidagi silindrik adilak hamda ko‘tarish vintlari yordamida gorizontal holatga, ya’ni ish bajaradigan holatga keltirish mumkin.
Geometrik nivelirlashda bir nuqtaning boshqa nuqtaga nisbatan balandligi, ya’ni nuktaga balandligini topishning bir necha xil yo‘li bor. SHularni ko‘rib chiqamiz.
Oldinga nivelirlash.
Joydagi ikki nuqtaning (A va V nuqtalar) bir-biriga nisbatan balandligini aniqlash kerak deylik. Buning uchun A nuqtaga nivelir, V nuqtaga reyka tik qilib o‘rnatiladi. Nivelir ishlaydigan holatga keltirilib, qarash trubasi reykaga vizirlanadi va v-sanoq olinadi. Asbobning reyka yoki ruletka bilan ulangan balandligi (A nuqtadan nivelir qarash trubasining gorizontal holatdagi vizir o‘qigacha bo‘lgan oraliq) i ga teng bo‘lsa, V nuqtaning A nuqtaga nisbatan balandligi h q i - b bo‘ladi.
Demak oldinga nivelirlashda bir nuktaning ikkinchi nuqtaga nisbatan balandligi reykadan olingan sanoqni asbob balandligidan olib tashlagandan keyin qolgan songa teng.
Agar reykadan olingan sanoq asbob balandligidan katta, ya’ni i < b bo‘lsa, nisbiy balandlik ishorasi manfiy, agar i > b bo‘lsa ishora musbat bo‘ladi.
Birinchi nuqta A ning absolyut balandligi (NA) hamda bu nuqtaga nisbatan ikkinchi nuqta V-ning balandligi (hAB) ma’lum bo‘lgach, ikkinchinuqta (V) ning absolyut balandligi quyidagicha xisoblab chiqariladi:
HB = HA + HAB
Ikkinchi nuqta absolyut balandligining bunday hisoblab chiqarishiga absolyut balandlikni nisbiy balandlik bo‘yicha aniqlash deyiladi.

SHakl 5.1
Ikkinchi nuqtaning absolyut balandligini asbob gorizonti yordamida aniqlash ham mumkin. Asbob gorizonti deganda nivelir vizir o‘qi yo‘nalishining absolyut balandligi tushuniladi. Asbob gorizonti (Hi) quyidagiga teng:
Hi = HA + i
Ikkinchi (V) nuqtaning asbob gorizonti metodida aniqlangan absolyut balandligi:
HB = Hi -b
bo‘ladi.

Download 106 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling