Nima uchun Internet ashyolar (IoT) juda muhim?
Bulutli texnologiya xususiyatlari
Download 180.04 Kb.
|
Bulutli texnologiyalari Umumiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Multi-agent tizimi nima
Bulutli texnologiya xususiyatlari.
Bulutli texnologiyalar - bu model isteʻmolchiga ATni servis sifatida internet orqali namoyon qiladi. Bulutli hisoblashlarning yuzaga kelishida «virtualizatsiya» texnologiyalarining ahamiyati juda katta hisoblanadi. Birinchi bo‘lib 1960 yilda virtualizatsiya texnologiyalari IBM taklif qilingan ammo qimmat meynfreym kompyuter texnologiyalarini arzon x86 protsesorli kompyuter serverlariga o‘tgandan so‘ng virtualizatsiya termini ancha vaqtgacha esdan chiqarildi. 2000 yildan boshlanib holat o‘zgara boshladi, shu yillarga qadar WMware x86 razryadli virtualizatsiyada monopoliyani qo‘lga kiritdi. 2005 yilda WMware kompaniyasi virtual mashinalarni DTdan foydalangan holda bepul tadbiq qildi. 2006 yilda Microsoft kompaniyasi «Microsoft virtual PC» Windows versiyasini ishga tushirildi…” 2006 yilda Amazon kompaniyasi o‘z qurilmalarida virtual serverlarni kengaytirish orqali «Amazon Elastic Compute Cloud» yuzaga keldi buning yana asosiy sabablaridan biri virtual serverlarni boshqa qurilmalarga (isteʻmolchilarga) ijaraga berish orqali bulutli texnologiyalarni kelib chiqishiga turtki bo‘ldi. Bulutli hisoblash tushunchasida keltirilgan asosiy qoidalar quyidagilar. Foydalanuvchi hisoblash ehtiyojlarini o‘z xohishiga ko‘ra tanlaydi; - resurslar tezkor ravishda qayta taqsimlash imkoniyati bilan yagona pulga birlashtirilgan; - ma'lumotlar tarmog'i orqali kirish universaldir; - xizmatlar deyarli vaqtni sarflamasdan avtomatik rejimda taqdim etilishi, kengaytirilishi yoki shartnoma tuzilishi mumkin; - iste'mol qilingan resurslar avtomatik ravishda hisoblanadi. Multi-agent tizimi nima? Multi-agentli tizimlar keng miqyosli taqsimlangan va murakkab tizimlarning mavjud talablariga, masalan, avtonom transport tizimlari yoki xavflarni boshqarishga qaratilgan istiqbolli texnologiya sifatida qaraladi. Multi-agentli tizimlar ilovalari millionlab tarqatilgan tugunlar bilan xarakterlanadigan bunday yirik tizimlarga tezkor hisoblash vaqti bo‘yicha maxsus talab qo‘yadi. Multi-agent tizimi bilan bulutli hisoblash tizimi integratsiyasi. Multi-agentli tizimlar bu avtonom agentlarga asoslangan, ishlarni markazlashmagan va parallel amalga oshirish bilan tavsiflanadigan, sunʻiy intellekt sohasidan kelib chiqqan hisoblash paradigmasi. Agentlar cheklangan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgani uchun, ular o‘zaro ishlashi kerak, masalan, 2.7-rasmda ko‘rsatilgandek, o‘zlarining alohida maqsadlariga erishish uchun o‘zaro muloqot qilishlari kerak. Bunday yechimlar bilan taqdim etilgan yuqori darajadagi avtonomlik va hamkorlik ularga o‘zgarishlarga tezkorlik bilan javob berish imkonini beradi. Multi-agentli tizimlar oddiy tizimlar yechishi qiyin yoki imkonsiz bo‘lgan muammolarni yechishda foydalanilishi mumkin. Bunda ular to‘liq va dinamik real-ishlash muhitini ko‘rsatib berish uchun modellar taklif etadi. Foydalanish sohalari elektron tijorat, ishlab chiqarish, robototexnika va telekommunikatsiya hisoblanadi. Download 180.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling