SURUNKALI YO’TAL
SURUNKALI YO’TAL
| |
Ununmli
|
Unumsiz
| - Surunkali bronxit;
- Bronxoektatik kasallik;
- Bronxial astma;
- Bronx saratoni;
- Mukovistsidoz;
- Turg’unli chap qorincha yetishmovchiligi.
| - Bronxial astmaning yo’talli varianti;
- Gastroezofagial reflyuks kasalligi;
- Burun-halqumning surunkali yallig’lanishi;
- O’pkaning interstitsial kasalligi;
- ACE-ingibitorlari qabul qilish;
- Ko’kyo’tal;
|
Uzoq muddatli yo’talish nafaqat nafas olish tizimining yallig’lanish kasalliklari bilan, balki yurak-qon tomirlari yetishmovchiligi, o’pkada va ko’ks oralig’idagi o’smalar bilan chaqirilgan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, surunkali yo’talning sabablari bronxial astma, gastroezofagial kasallik, shuningdek postnazal oqishish sindromi bo’lishi mumkin.
YO’TAL TURLARI - Yo’talni unumsiz va unumli shakllarga ajratish qabul qilingan. Unumsiz (quruq) yo’tal O’RVIning boshlang’ich bosqichi uchun xosdir. Asta-sekin balg’amning xususiyatlari o’zgaradi va bemor yo’tal nam bo’lib borayotganini payqaydi. Shu yo’l orqali organizm bronxial sekret yordamida nafas yo’llaridan virusni chiqarib tashlashga harakat qiladi.
- Unumli yo’tal o’tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, bronxektatik kasallik, bronxial astma, sil kasalligi, mukovistsidoz, shuningdek turg’un chap qorincha yetishmovchiligi uchun xarakterlidir.
Yo’talning sababini aniqlash uchun faqat uning davomiyligi va turini emas, balki balg’amning xususiyatini ham o’rganish muhimdir. Balg’am quyidagicha bo’lishi mumkin:
- Seroz (suyuq, osonlikcha ko’piradi);
- Shilimshiq (rangsiz yoki oqimtir, quyuq);
- Yiringli (sariq-yashil yoki jigarrang tusda, qaymoq quyuqligida);
- Aralash (shilimshiq va yiringli balg’amning xususiyatlarini birlashtiradi);
- Qonli (qon bilan aralashgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |