Nima uchun odamlar yo’taladi?


Download 297.22 Kb.
bet4/5
Sana07.03.2023
Hajmi297.22 Kb.
#1244908
1   2   3   4   5
Bog'liq
NIMA UCHUN ODAMLAR YO’TALADI

Astmatik kasallik


Bolalarda yo’tal haqida gapirganda, yot jismlarning havo yo’llariga kirib qolishi ehtimoli haqida unutmaslik kerak. Bunday holatlarda yo’tal birdaniga boshlanadi (kichik narsalarni yutib yuborganidan keyin) va juda kuchli bo’lishi mukin, hatto nafas qisilishigacha.
Agar kattalarda yo’tal kuzatilsa, bu surunkali obstruktiv o’pka kasalligidan dalolat berishi mumkin, ayniqsa bemor sigaret chekadigan bo’lsa. Sigaret chekuvchilarning yo’tali nochor, unumsizdir. Ayniqsa, bu alomat ertalab uyg’onganda namoyon bo’ladi va sigaret chekkanidan keyin yo’qoladi. Yo’tal shunigdek o’pka va ko’ks oralig’ining saratoni belgisi bo’lishi mumkinligini esadan chiqarmaslik kerak.

Saraton kasalligi bilan og’rigan bemor yo’tali ko’pincha unumsiz, keyinchalik qonli balg’amning qo’shilishi bilan namoyon bo’ladi. Onkologik jarayon mavjudligidan vazn yo’qotish, zaiflik, ko’krak qafasidagi og’riq dalolat berishi mumkin. Surunkali yo’talish mavjud bo’lsa, bunda postnazal oqish sindromi haqida gapirish mumkin.

  • Saraton kasalligi bilan og’rigan bemor yo’tali ko’pincha unumsiz, keyinchalik qonli balg’amning qo’shilishi bilan namoyon bo’ladi. Onkologik jarayon mavjudligidan vazn yo’qotish, zaiflik, ko’krak qafasidagi og’riq dalolat berishi mumkin. Surunkali yo’talish mavjud bo’lsa, bunda postnazal oqish sindromi haqida gapirish mumkin.
  • Ushbu sindrom burun bo’shlig’ida, paranasal sinuslarda, shuningdek, halqumdagi yallig’lanish va allergiya jarayonlari fonida rivojlanadi. Bunday sharoitlar mavjud bo’lganda, shilliq faol ravishda ishlab chiqariladi, u halqum bo’ylab oqadi va keyinchalik halqum-hiqildoqda to’planadi. Agar kishi gorizontal holatda bo’lsa, shilliq pastga to’siqlarsiz oqa boshlaydi. Shuning uchun bu kasallik bilan og’rigan bemorlarda yo’tal uyqu vaqtida kuchayadi.

NAFAS KASALLIKLARI TUFAYLI KELIB CHIQMAGAN YO’TAL

Yo’tal birinchi qarashda aniq bo’lmagan sabablar tufayli kelib chiqishi mumkin. Masalan, yurak-qon tomir yetishmovchiligida jismoniy faollikdan so’ng kuchayadigan quruq yo’tal va nafas qisilishi kuzatiladi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir tizimining zararlanishini belgilovchi alomatlarga:

  • Qon bosimining ko’tarilishi;
  • Zaiflik, tezda charchash;
  • Yurak sohasidagi bosuvchi og’riqlar.
  • Aytgancha, gipertoniyani davolashda bemorlarga ko’pincha ACE-ingibitorlari guruhi dori-darmonlari buyuriladi. Ushbu guruh dori-darmonlarini qabul qilish quruq surunkali yo’talga olib kelishi mumkin.
  • Isitmasiz yo’tal gastroezofagial reflyuks kasalligi tufayli ham sodir bo’lishi mumkin. Bu, yuqori ehtimollik bilan, oshqzon tarkibining mikroaspiratsiyasi tufayli yuzaga keladi. Kasallik shuningdekjig’ildon qaynashi, kekirish, yutinish qiyinligi, ko’ks ortidagi og’riq bilan tavsiflanadi.

Download 297.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling