Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart?
Download 63.91 Kb.
|
Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart -fayllar.org
Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart? Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart? O'zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng
Oʻzbekistonimiz tarixini oʻrganishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, ma’ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar muhim nazariy metodologik asos boʻlib xizmat qiladi. Ajdodlarimiz hayotini, turmush tarzini oʻrganishda arxeologiya (qadimshunoslik), etnografiya (xalqlarni tasvirlash), antropologiya (odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi) va boshqa fanlar koʻmaklashadi.Tabiiyki, tarix fani oʻtmish merosini yangi avlodlarga toʻlaqonli yetkazish bilan ularning ma’naviy tarbiyasiga, komil insonlar boʻlib yetishuviga oʻz munosib hissasini qoʻshmoqda. Yurtimiz oʻtmishi xalq xotirasi, avlodlar oʻrganib saboq oluvchi hayot maktabidir. Tarix – bu nafaqat oʻtmish, uning tahlili, bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar manbai boʻlib, balki u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Oʻzbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning oʻtmishi, tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi “Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni koʻz qorachigʻiday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga oʻrgatadi. Oʻzimizning boy oʻtmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuygʻularini uygʻotib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanini anglashga undaydi”. Insonda tarixiy xotira oʻz yurti tarixini, oʻz xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. Yaqin oʻtmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari koʻpgina xalqlarni, jumladan, oʻzbek xalqini oʻz tarixidan judo qilish, ularni oʻz oʻtmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl- nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz tashqi dunyodan butunlay uzib qoʻyildi, uning bir necha ming- yillik boy tarixi sohtalashtirildi, uni yoshlarga oʻqitish va oʻrgatishga izn berilmadi. Oʻz oʻtmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli boʻladi, uni har xil aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. Oʻtmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni toʻgʻri tasavvur etadi. Oʻzbekiston tarixi talaba- oʻquvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat qurish, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini oʻrgatadi. Bu oʻz navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda oʻz oʻrnini toʻgʻri belgilashga koʻmaklashadi. Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma’naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. Ajdodlarimiz yetishtirib bergan oʻnlab, yuzlab jahonga mashhur olimu-ulamolar, me'moru- binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta’lim maskanlari faoliyati talaba-oʻquvchilar uchun katta ibrat maktabi, tarix sabogʻidir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy ma’naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har qanday toʻsiqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar Oʻzbekiston tarixini oʻqitish orqali yoshlarga singdiriladi. Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talaba-oʻquvchilarda halollik, odillik, rostgoʻylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishga koʻmaklashadi. Shu boisdan Oʻzbekiston tarixini har tomonlama, chuqur oʻrganish muhim ahamiyatga molik vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli maktabgacha ta’lim muassasalaridan tortib Oliy oʻquv yurtlarigacha boʻlgan ta’lim-tarbiya tizimida Oʻzbekiston tarixi fanini oʻqitishga davlat darajasiga koʻtarilgan vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda. Tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosini egallash talabalarda Oʻzbekistonparvarlik, odillik, xalollik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlar shakllanishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, tarix bu tafakkur bulogʻi. U bizni oʻtmish voqealariga ochiq koʻz bilan qarashga, oq-qorani aniqroq koʻrishga, ziyraklik bilan anglashga oʻrgatadigan, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da’vat etadi. Shu boisdan tariximizning buyuk murabbiyligini doimo yodda tutaylik, e'tibor va ehtirom bilan oʻrganaylik. Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o'tmishga oid bar xil voqeahodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bolishi va uning tadrijiyevolutsion rivojlanish jaravoni va hoshqalarni o'rganadi. Shuningdek. O'zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. O'zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklami boshidan kechirgan qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo'lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo'shgan hissalarini xolisona va haqqoniy o'rganamiz. 2018 yil may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda u tarixni o‘rganishning muhimligini ta’kidladi. Zero tarixsiz kelajak yuq O'zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o'laroq mustaqil fan. Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o'z o'rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o'z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Ru uning o'rganish predmeti va obyekti hamda vazifasida to'la namoyon bo'lmog'i kerak. Tarix fani o'/ xususiyatiga ko'ra, birinchidan, o'zining butun diqqat e’tiborini faqat o'tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimizning mozivda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiymadaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlami o'rganadi. Download 63.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling