Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart?


Download 58.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2023
Hajmi58.17 Kb.
#1127092
Bog'liq
tarix 1dars vazifasi



Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart? 
1. O'zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng 
foydalanadi. Tarixiy voqea va hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda 
o'rganiladi. O'zbekiston tarixi fani ko'p qirralik va xilma-xillik xususiyatiga cga. U jamiyat 
taraqqiyoti va inqirozlarining faqat bir tomoninigina cmas, balki jamiyatning hamma tomonlarini 
uzviy o'zaro bog'liqlikda, bir butuniikda o'rganadi. O'zbekiston tarixi fani, O'zbekistonning 
o'tmishidagi va hozirgi hududida eng qadimgi davrlardan to hoz.irgacha kechgan voqeliklar, 
insoniyat hayoti, tabiat va jamiyat taraqqiyoti va tanazzulini tahlil qiladi. 
O‘zbekiston tarixini o‘qitish orqali o‘quvchilar yurtimiz hududida kechgan ijtimoiy-siyosiy 
jarayonlarni musta-qil tahlil qilishga o‘rganadi, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyat-lari, 
sabab va oqibatlarini tushunib hamda ochib berish orqali yoshlarning ilmiy dunyoqarashlarini 
shakllanti-rish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatlarini yuksaltirish ajdodlar an’analariga 
sadoqat, milliy o‘zlikni anglashga o‘rgatish asosiy maqsad qilib belgilanadi 
2. Oʻzbekistonimiz tarixini oʻrganishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, ma’ruza va 
nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa 
me’yoriy hujjatlar muhim nazariy metodologik asos boʻlib xizmat qiladi. 
Ajdodlarimiz hayotini, turmush tarzini oʻrganishda arxeologiya (qadimshunoslik), 
etnografiya (xalqlarni tasvirlash), antropologiya (odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi) va 
boshqa fanlar koʻmaklashadi.Tabiiyki, tarix fani oʻtmish merosini yangi avlodlarga toʻlaqonli 
yetkazish bilan ularning ma’naviy tarbiyasiga, komil insonlar boʻlib yetishuviga oʻz munosib 
hissasini qoʻshmoqda. Yurtimiz oʻtmishi xalq xotirasi, avlodlar oʻrganib saboq oluvchi hayot 
maktabidir. Tarix – bu nafaqat oʻtmish, uning tahlili, bugungi kunimiz uchun muhim xulosalar 
manbai boʻlib, balki u istiqbolimiz rejasini aniqlashda ham katta ahamiyat kasb etadi. 
Tarixning tarbiyaviy ahamiyati ham kattadir. Oʻzbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning oʻtmishi, 
tarixi haqida bilim berish bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni ma’naviy jihatdan komil 
fuqaro etib shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
ta’kidlaganlaridek, yurtimiz tarixi “Har bir fuqaroni, jumladan, yoshlarimizni boy madaniy 
merosimizni qadrlashga, uni koʻz qorachigʻiday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor 
qilishga oʻrgatadi. Oʻzimizning boy oʻtmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. 
Odamlar qalbida ezgulik tuygʻularini uygʻotib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti 
va vorislari ekanini anglashga undaydi”. 


Insonda tarixiy xotira oʻz yurti tarixini, oʻz xalqi, ajdodlari tarixini bilish orqali shakllanadi. 
Yaqin oʻtmishda mustamlakachilar, totalitar tuzum mutasaddilari koʻpgina xalqlarni, jumladan, 
oʻzbek xalqini oʻz tarixidan judo qilish, ularni oʻz oʻtmishiga loqaydlik bilan qaraydigan, nasl-
nasabini eslolmaydigan manqurtlarga aylantirish siyosatini yuritdi, amaliyotda esa xalqimiz 
tashqi dunyodan butunlay uzib qoʻyildi, uning bir necha ming- yillik boy tarixi sohtalashtirildi, 
uni yoshlarga oʻqitish va oʻrgatishga izn berilmadi. 
Oʻz oʻtmishini, ajdodlari tarixini yaxshi bilgan insonning irodasi kuchli boʻladi, uni har xil 
aqidalar girdobiga tushishdan saqlaydi. Oʻtmishni bilgan, tarix saboqlarini anglab yetgan inson 
hozirgi zamonni yaxshi tushunadi, kelajakni toʻgʻri tasavvur etadi. Oʻzbekiston tarixi talaba-
oʻquvchilarga bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning 
mohiyati va natijalarini, milliy, huquqiy davlatchilikni barpo etish, demokratik, fuqarolik jamiyat 
qurish, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish jarayonlarini oʻrgatadi. Bu oʻz 
navbatida yoshlarda ilmiy dunyoqarashni, siyosiy madaniyatni tarbiyalaydi, jamiyatda oʻz 
oʻrnini toʻgʻri belgilashga koʻmaklashadi. 
Xalqimizning buyukligi, kuchi, uning boy ma’naviy merosga ega ekanligi bilan belgilanadi. 
Ajdodlarimiz yetishtirib bergan oʻnlab, yuzlab jahonga mashhur olimu-ulamolar, me'moru-
binokorlar, naqqoshlar, zargarlar, hunarmandlar, davlat arboblari, xalq qahramonlari hayoti, 
dunyoda birinchilar qatorida bunyod etilgan ilm va ta’lim maskanlari faoliyati talaba-oʻquvchilar 
uchun katta ibrat maktabi, tarix sabogʻidir. Kelajak uchun intilayotgan yoshlar uchun bu boy 
ma’naviy meros mustahkam tayanchdir. Uning zaminida tinimsiz va mashaqqatli mehnat, har 
qanday toʻsiqlarni yengish, ilmga va ziyoga intilish kabi xislatlar yotadi. Bunday xislatlar 
Oʻzbekiston tarixini oʻqitish orqali yoshlarga singdiriladi. 
Tarixiy xotira, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talaba-oʻquvchilarda 
halollik, odillik, rostgoʻylik, mehr-oqibat, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi insoniy fazilatlarni 
shakllantirishga koʻmaklashadi. 
Shu boisdan Oʻzbekiston tarixini har tomonlama, chuqur oʻrganish muhim ahamiyatga molik 
vazifadir. Mamlakatimizda mustaqillik sharofati tufayli maktabgacha ta’lim muassasalaridan 
tortib Oliy oʻquv yurtlarigacha boʻlgan ta’lim-tarbiya tizimida Oʻzbekiston tarixi fanini 
oʻqitishga davlat darajasiga koʻtarilgan vazifa sifatida katta e'tibor berilmoqda. 
Tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosini egallash 
talabalarda Oʻzbekistonparvarlik, odillik, xalollik, mehr-oqibat, bagʻrikenglik, mehnatsevarlik, 
ilmga intilish kabi insoniy fazilatlar shakllanishga yordam beradi. Xulosa qilib aytganda, tarix bu 
tafakkur bulogʻi. U bizni oʻtmish voqealariga ochiq koʻz bilan qarashga, oq-qorani aniqroq 


koʻrishga, ziyraklik bilan anglashga oʻrgatadigan, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni 
qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da’vat etadi. Shu boisdan tariximizning 
buyuk murabbiyligini doimo yodda tutaylik, e'tibor va ehtirom bilan oʻrganaylik. 
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o'tmishga oid bar xil voqeahodisalarning izchil rivojlanishi, 
ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz berganligi, insoniyatning paydo bolishi va uning 
tadrijiyevolutsion rivojlanish jaravoni va hoshqalarni o'rganadi. Shuningdek. O'zbekiston tarixi 
umumjahon-insoniyat tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy. 
O'zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklami boshidan kechirgan qadim va yaqin 
ajdodlarimizning hayoti qanday bo'lganligi, jahon tarixi taraqqiyotiga qo'shgan hissalarini 
xolisona va haqqoniy o'rganamiz. 
2018 yil may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Milliy universitetida oliy o‘quv 
yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar va yosh tadqiqotchilar 
bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda u tarixni o‘rganishning muhimligini ta’kidladi. Zero tarixsiz 
kelajak yuq 
O'zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiyot va tabiat fanlaridan farqli o'laroq mustaqil fan. 
Shuningdek, u barcha fanlar orasida alohida o'z o'rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini 
ham o'z ichiga olgan holda ularning rivojiga katta ta’sir etadi. Ru uning o'rganish predmeti va 
obyekti hamda vazifasida to'la namoyon bo'lmog'i kerak. Tarix fani o'/ xususiyatiga ko'ra, 
birinchidan, o'zining butun diqqat e’tiborini faqat o'tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosa 
chiqaradi, ajdodlarimizning mozivda qolgan hayot tarzini, ular yaratgan moddiymadaniy, 
ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlami o'rganadi. 
Bajardi: Abduvahobov.Dilshod 216-22guruh 
Etiboringiz uchun rahmat qoldan kegancha yozdim(: 

Download 58.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling