Nima uchun Yaim ko'rsatkichini qayta hisoblashdan ehtiyot bo'lish zarur va bunga qanday erishiladi?
Download 76.11 Kb.
|
3variant1
2. YAlpi ichki maxsulot tushunchasi.
Makroiktisodiy statistika va taxlilda uzok davr mobaynida yalpi milliy maxsulot va yalpi ichki maxsulot ko`rsatkichlaridan baravar foydalanib kelindi. Xar ikkala agregat ko`rsatkich xam mamlakatdagi iktisodiy faollik darajasini xarakterlasada kapital va ishchi kuchi migratsiyasi mavjudligi sababli ular o`zaro fark kilishadi. Bugungi kunga kelib Milliy xisobchilik tizimini ko`llaydigan deyarli barcha davlatlarda yalpi ichki maxsulot ko`rsatkichi asosiy makroiktisodiy ko`rsatkich sifatida tan olindi. Ko`pgina iktisodiy adabiyotlarda [YAIMga ishlab chikarilishida ko`llanilgan resurslar kaysi davlatga tegishliligidan kat`iy nazar, mamlakatning jugrofiy xududida yaratilgan pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor baxolari yigindisi] deb ta`rif berib kelingan. 1993 yilda kabul kilingan BMT MXTning yangi talkiniga ko`ra YAlpi ichki maxsulot (YAIM) tushunchasiga anikliklar kiritildi. YAngicha talkiniga ko`ra: YAIM - mamlakat rezidentlari tomonidan ma`lum muddat davomida ishlab chikarilgan pirovard tovarlar va xizmatlar bozor baxolarininng umumiy yigindisidan iborat. YAIM ning «ichki» deb atalishiga sabab uning mamlakat rezidentlari tomonidan yaratilishidir. Rezident deganda fakatgina mamlakatning yuridik va jismoniy shaxslari tushunilmaydi. CHunki mamlakat yuridik shaxsi boshka mamlakat xududida bir yildan ortik faoliyat yuritsa o`sha mamlakat rezidenti deb karaladi. «Milliy tegishliligi va fukaroliligidan kat`iy nazar, mazkur mamlakatning iktisodiy xududida iktisodiy manfaat markaziga ega bo`lgan (ishlab chikarish faoliyati bilan shugullanadigan, yoki mamlakat xududida bir yildan ortik yashayotgan) barcha iktisodiy birliklar( korxonalar, uy xo`jaliklari) rezident xisoblanishadi» * Elchixonalar va xarbiy bazalar o`zlari tegishli bo`lgan mamlakatlarning iktisodiy makoni bo`lib kolaveradilar. Aynan shu jixat YAIMni xisoblashda iktisodiy va jugrofiy xudud o`rtasidagi fark deb karaladi. YAIM uch xil usul bilan xioblanadi: 1) ishlab chikarish usuli; 2) xarajatlar usuli; 3) daromadlar usuli. Xar uchala usul bilan xisoblangan YAIM ko`rsatkichi xajmi statistik xatolar istisno etilganda o`zaro teng bo`lishi lozim. SHu bilan birga xar uchala usul bilan YAIM ko`rsatkichni xisoblashda o`ziga xos talablarga amal kilinishi talab etiladi. Download 76.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling