Nima uchun Yaim ko'rsatkichini qayta hisoblashdan ehtiyot bo'lish zarur va bunga qanday erishiladi?
YAIMni ishlab chikarish usulida aniklash
Download 76.11 Kb.
|
3variant1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari
3. YAIMni ishlab chikarish usulida aniklash.
Ishlab chikarish usulida xisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chikarishning turli boskichlarida ko`shilgan kiymatlar yigindisi sifatida aniklanadi. YAIMni bu usulda aniklash statistik jixatdan kulay bo`lishi bilan birga uni xisoblashning muxim shartiga amal kilish, ya`ni bir kiymatni ikki bor xisobga olish, yoki oralik maxsulot kiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi. Ishlab chikarish xajmini to`gri xisoblash uchun joriy yilda ishlab chikarilgan tovar va ko`rsatilgan xizmatlar kiymati bir marta xisobga olinish kerak. Ko`pgina maxsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chikarish boskichini o`taydi. SHu sababli YAMMda ayrim maxsulotlarni ikki va undan ko`p marta xisobga olmaslik uchun, fakat pirovard maxsulotning bozor kiymati xisobga olinadi, oralik maxsulotlar esa xisobga olinmaydi. 2. YAkuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chikarish, yoki ichki ayirboshlash tsiklidan chikkan, yakuniy iste`mol, jamgarish yoki eksport uchun foydalaniladigan kismi tushuniladi. 2016 yil yakunlari bo`yicha O`zbekiston yalpi ichki mahsuloti 199325,1 mlrd. so`mni tashkil qildi. YAIM ning 1991-2016 yillarda o`rtacha yillik o`sish sur`ati 4,5 foizni tashkil qildi 1-rasm. 1991-2016 yillarda YAIMning o`sish sur`atlari, o`tgan yilga nisbatan foiz hisobida. O`zbekiston o`zining rivojlanish modelini izchil amaga oshirishi natijasida, boshqa sobiq ittifoqi mamlakatlariga nisbatan eng qisqa muddatlarda, ya`ni 1996 yildayoq iqtisodiy tanazzulning oldini oldi, makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minladi va iqtisodiyot tarkibini o`zgartirish bilan bog`liq asosiy iqtisodiy masalalarni amalga oshirishga kirishdi. O`zbekiston iqtisodiyoti 1996-2003 yillar davomida o`rtacha yillik 4% o`sish darajasi bilan rivojlandi. Qulay ishblarmonlik muhitini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari natijasi sifatida mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan boshlab yillik 7-9 foiz darajasidagi yuqori va barqaror o`sish sur`atlarini namoyish qila boshladi. Oxirgi 10 yilda (2007-2016yillar) YAIM 2,2 barobardan ko`proq o`sdi. 2-rasm. Oxirgi 10 yillikda (2007-2016yillar) YAIM va tarmoqlar kesimida yalpi qo`shilgan qiymatning o`sish sur`atlari, 2006y. = 100%. Iqtisodiy o`sishning asosiy omillari va manbalari tahlili shuni ko`rsatadiki, oxirgi 10 yil davomida iqtisodiyottning yuqori o`sish sur`atlari qishloq xo`jaligida 1,9 marta (2007-2016 yillar uchun o`rtacha yillik o`sish – 6,5%), sanoatda – 1,7 barobar (5,6%), qurilishda – 3,9 barobar (15,0%), hizmatlar sohasida – 2,5 barobar (9,7%) o`sganligi hisobiga ta`minlangan. Qulay ishbilarmonlik muhitining yaratilishi, investitsiyalarning keng jalb qilinishi natijasida nafaqat iqtisodiy o`sish sur`atlarining oshishi, balki iqtisodiyot tarkibida muhim sifat o`zgarishlarining yuz berishi ta`minlandi. Tarkibiy o`zgarishlar borasidagi siyosatning izchil amalga oshirilishi natijasida mamlakat iqtisodiyoti tarkibi diversifikatsiya qilindi. Mustaqillik yillarida sanoat tarmog`i va xizmatlar sohasining rivojlanish salohiyatini yanada kengaytirilishi natijasida YAIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining (1995 yilda 32,4 foizdan 2016 yilda 17,6 foizga) bosqichma-bosqich kamayish tendentsiyasi saqlanib qoldi. Shu bilan birga, YAIM tarkibida qishloq xo`jaligi ulushining kamayishi qishloq xo`jaligi mahsulotlarining ijobiy o`rtacha yillik o`sish sur`atlari fonida sodir bo`ldi. Sanoat tarmog`ini diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmining o`sishi va YAIM tarkibida sanoatning (qurilishni qo`shgan holda) ulushi 1995 yildagi 27,8 foizdan 2016 yilda 32,9 foizgacha oshishi ta`minlandi. Shu bilan birga, xizmatlar sohasining rivojlanishi mamlakat iqtisodiyoti, bandlik va aholi daromadlari o`sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Xizmat ko`rsatish va servis sohasini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida, mazkur tarmoq qisqa muddat ichida iqtisodiyotning eng jadal rivojlanayotgan sektoriga aylandi. Xizmatlar sohasining YAIM dagi ulushi 1995 yildagi 39,8 foizdan 2016 yilda 49,5 foizgacha oshdi. Mustaqillik yillarida YAIM tarkibida mulkchilik shakllari bo`yicha tub o`zgarishlar ro`y berdi. Nodavlat sektori YAIM ni ishlab chiqarishda asosiy o`rinni egalladi va uning ulushi 1995 yildagi 58,4 foizdan 2016 yilda 81,3 foizgacha oshdi. 4-rasm. YAIMni ishlab chiqarishning mulkchilik shakllari bo`yicha tarkibi. Iqtisodiy islohotlarning ilk davrlaridayoq kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bilan birgalikda ob`ektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish ko`p tarmoqli iqtisodiyotni shakllantirishdagi asosiy omil hisoblangan. Kichik tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining 2000-2016 yillardagi rivojlanishining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy rivojlanish ko`rsatkichlari quyidagicha: 5-rasm. 2000-2016 yillarda kichik biznes ulushining o`zgarish dinamikasi (YAIM ga nisbatan foizda) Ishbilarmonlik muhitini isloh qilish bo`yicha chora-tadbirlarning qabul qilinishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni har tomonlama qo`llab quvvatlash va yanada rag`batlantirish natijasida uning YAIM dagi ulushi 2000 yildagi 31,0 foizdan 2016 yilda 56,9 foizgacha oshdi. 3. Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (bundan buyon iste’mol deb yuritiladi), yalpi talab, yoki YaIMning yakuniy iste’molga ko’ra tarkibida eng katta ulushga ega bo’lgan komponentdir. Shu tufayli ham iste’mol xarajatlariga ta’sir etuvchi omillarni, uning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Uy xo’jaliklari tasarrufidagi daromadning iste’mol qilinmasdan qolgan qismi ularning jamg’armalarini tashkil etadi. Klassik maktab vakillari jamg’arish hajmi foz stavkasining funktsiyasi de qarashsa J.M. Keyns uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari va jamg’arishlari hajmini belgilovchi asosiy omil ularning ishlab chiqarishda ishtirok etishdan olingan daromadlari deb hisoblaydi. Yanada aniqlik kiritsakiste’sol va jamg’arish o’ajmini belgilovchi asosiy omil uy xo’jaliklarining ishlab topgan daromadlari, olgan transfert to’lovlari va to’lagan soliqlari bilan belgilanadigan tasarrufidagi daromadi (DI – dispocable income, yoki Yd ) ko’rsatkichidir. Makroiqtisodiy nazariyada iste’mol va jamg’armalar, milliy daromad yoki shaxsiy daromadlarning funktsiyasi sifatida ham tadqiq qilinadi. Ma’lumki, uy xo’jaligi tasarrufidagi daromad iste’mol va jamg’arish uchun ishlatiladi. Ya’ni, qancha ko’p iste’mol qilinsa, shuncha kam jamg’ariladi va aksincha. Iste’mol va jamg’arish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik har xil daromadga ega bo’lgan shaxslarda bir xil emas: kam daromadga ega bo’lganlar, odatda, uning ko’proq qismini iste’mol qilib, kamroq qismini jamg’aradi, lekin daromadlari oshib borishi bilan bu nisbat jamg’arish foydasiga o’sadi. Bu bog’liqlikni gipotetik ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (jadval). jadval Daromad, iste’mol va jamg’arish ko’rsatkichlari Download 76.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling