Ning fanidan


Download 49.65 Kb.
bet5/10
Sana28.12.2022
Hajmi49.65 Kb.
#1010774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ning fanidan

Boshlanadigan mashg‘ulotda bajariladigan ishga kirishish yoki mashg‘ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu jarayon har qanday jismoniy mashg‘ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon shug‘ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi. O‘quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo‘riqishidan asraydi. Mashg‘ulotning bu qismida shug‘ullanuvchilarning barcha a’zolarini, ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo‘yin, yelka, qo‘l, bel, oyoqlarga qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo‘riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday yo‘l bilan mashg‘ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg‘ulotning tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o‘tkaziladi. Safda turgan holatda, to‘rt bo‘lib, aylana holatda, juft-juft bo‘lib tarqaladi va hokazo.
Mashg‘ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg‘ulot oldiga qo‘yiladigan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, asosiy ishni bajarishga qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo‘lib, shug‘ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab qiladi. Bu jarayon mashg‘ulotning turiga bog‘liqdir yoki o‘rgatish, takrorlash, takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg‘ulot oldiga qo‘yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat bo‘ladi.
Mashg‘ulotning yakuniy qismi. Mashg‘ulotning yakuniy qismida shug‘ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat e’tiborini o‘ziga qarata o‘yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo‘ladi. Yakuniy qism aniq gigiyenik yo‘nalishda bo‘lib, shug‘ullanuvchilar yuvunish, qiyin ishiga qaratilgan bo‘ladi.


II BOB. MASHG‘ULOTLARNI REJALASHTIRISH VA ULARGA DOIR USLUBIY KO‘RSATMALAR.


    1. Download 49.65 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling