Ning fanidan
Rejalashtirishga quyiladigan talablar
Download 49.65 Kb.
|
Ning fanidan
Rejalashtirishga quyiladigan talablar
O‘qituvchi muayyan rejalashtirish xujjatlarini ishlab chikishda va to‘zishda kator talablarga rioya kilishi zarur. 1. Rejalar umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta’lim standarti, jismoniy tarbiya buyicha ukuv dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Хalk ta’limi vazirligining me’yoriy xujjatlari va karorlariga mos bulishi kerak. Ular jismoniy tarbiya buyicha davlat ukuv dasturi asosida ishlab chikiladi va to‘ziladi. Barcha rejalar O‘zbekistonda jismoniy tarbiyaning umumiy maksadlariga buysindirilishi va O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining uslubiy tavsiyalariga mos bulishi lozim. 2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy prinsiplariga amal kilish. Rejalashtirish jarayonida shaxsni xar tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mexnat va xarbiy amaliyot bilan boglikligi, jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga yunaltirilganlik, muntazamlik, kuchiga yarashalik, mustaxkamlik prinsiplarini hal kilish uchun kulay zamin yaratiladi. Shu bilan birga vositalarni tanlab olishda shugullanuvchilarga xar tomonlama ta’sir kursatadigan va eng yaxshi soglomlashtiruvchi samara beradigan vositalarga e’tibor beriladi. Aksariyat darslarni ochik xavoda va tabiiy sharoitlarda utkazilishini rejalashtirish lozim. 3. Rejalashtirishning maksadga yunaltirilganligi va istikbolligi muhim talab xisoblanadi. Ma’lum bir sikl uchun rejalar (dars seriyalari, ukuv choragi, yillik) oldingi siklga tayanishi va kelgusi siklga tayyorlashi kerak. Shunday qilib tasodifiy darslarga imkon berilmaydi, chunki ular ma’lum bir tizimga birlashtiriladi. 4. Rejalashtirish amalga oshiriladigan bulishi kerak. Bu talabni bajarishda maktabga mutaxassis kelguncha jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bulmaganida xamda jismoniy tarbiya buyicha moddiy-texnik ta’minot darajasini xisobga olishda nazarda tutish kerak. Barcha vaziyatlarda o‘qituvchi imkoniyatlarni anik-ravshan baxolashi va aynan shu sharoitda bajarib bo‘ladigan materialni rejalashtirishi lozim. 5. Rejalashtirishning muayyanligi urgatish boskichlari, uning vazifalarining puxta aniklanganliligi va tanlab olingan vositalarning bu vazifalarga mosligi bilan ifodalanadi. Kup sonli mashklardan maksimal pedagogik samara beradigan universal mashklar tanlab olinishi kerak. Vositalardan foydalanishda ketma-ketlikni bo‘zmaslik va kuchli ta’sir kiluvchi mashklardan muddatidan oldin foydalanmaslik kerak. 6. Rejalashtirishning kurgazmaliligi amaliyotga grafik shakllarni tadbik kilish usuli bilan hal qilinadi. Bevosita rejani ishlab chikishdan oldin, o‘qituvchi zarur ma’lumotlarni yigishdan iborat bulgan katta tayyorgarlik ishlarini bajarishi lozim. Bu ma’lumotlar ukuv materiallarini utish tartibini, vositalar va ish shakllarini aniklab beradi: 1. Dars utadigan sinflar uchun jismoniy tarbiya buyicha ukuv dasturini batafsil urganib chikish. Bu esa o‘qituvchiga sinfdan-sinfga utishda ukuv dasturining izchilligini aniklashga yordam beradi. 2.Shugullanuvchilarning sogligi xolatini, bilim darajasini, texnik va jismoniy tayyorgarliklarini urganib chikish. Bu ma’lumotlarni o‘zidan oldin o‘qituvchi to‘zgan xujjatlarini, yoki o‘zining yozuvlarini xamda tibbiy kurik natijalarini urganish yuli bilan olish mumkin. Ukuvchilar bilan suxbat va dastlabki ekspress-testlarni utkazish xam boy material beradi. 3.Maktabning jismoniy tarbiya buyicha moddiy bazasining xolati va avvalgi yillardagi ishlarning yulga kuyilganlik darajasini xisobga olish. Shu bilan birga uni rivojlantirish va takominlashtirish yullarini aniklash lozim. 4.Maktab direksiyasi va pedagogik jamoasining jismoniy tarbiyaga bulgan munosabatini aniklash maksadida maktabning umumiy ish rejasi bilan tanishib chikish. 5.Viloyat va tuman ob-xavo sharoitini urganish. Kupincha ular xududlarda jiddiy farq qiladi. 6.Viloyat, tuman ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi bilan tanishib chikish. Bu ma’lumot o‘qituvchiga dastur bulimlarini utish tartibini aniklash uchun juda muhim. 7. Ish shakllari va jismoniy mashklarning yetakchi turlarini aniklash maksadida o‘qituvchi, maktab,axolii yashash punktining umumiy va sport an’analarini urganadi va shu bilan ukuv-tarbiyaviy jarayonining samaradorligini oshirish yullarini belgilaydi. Jismoniy tarbiya darslari ishlarini rejalashtirish.Barcha rejalashtirish xujjatlarini ikki guruxga ajratish mumkin: davlat xujjatlari va shaxsan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan davlat xujjatlari asosida ishlab chikilgan hujjatlar. Rejalashtirishning davlat hujjatlari.Bu guruhlarga quyidagilar kiradi: a) umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta’lim standarti (UO‘ТJТDТS); b) O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya buyicha tayanch ukuv rejasi; v) jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturi; g) «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari. Umumiy o‘rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya buyicha davlat ta’lim standarti (UO‘ТJТDS) ta’lim jarayenining sifatiga, ta’lim mazmuniga doir talablarni, ukuvchilar tayergarligining zarur va yetarli darajada xamda bitiruvchilarga kuyiladigan talablarni, ta’lim muassasalari faoliyati va jismoniy xamda tarbiya sifatiga baxo berish tartibi va mexanizmlarni belgilab beradi. UO‘ТJТDТS umumiy o‘rta ta’limda ta’lim jarayonining tashkil etilishi va mazmunini, ta’lim muassasalari faoliyatiga hamda jismoniy ta’lim va tarbiya sifatiga baho beruvchi, tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlarni (o‘quv rejalari, dasturlar va boshqalarni) yaratish uchun asos sanaladi. UO‘ТJТDТS qaysi idoraga bo‘ysinishi va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan umumiy o‘rta ta’limning barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining tayanch o‘quv rejasi “jsimoniy tarbiya” faniga ajratilgan soatlar hajmini belgilaydi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari maktabda jismoniy tarbiya bo‘yicha barcha ishlarning mazmunini belgilaydi va o‘quv dasturining asosi hisoblanadi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari O‘zbekiston Respublikasi aholisi jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida aholining o‘qish, mehnat faoliyati va harbiy xizmatga bo‘lgan jismoniy tayyorgarligining umumiy darajasi aniqlanadi. Тestlar salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mehnat faoliyatini oshirishga yordam beradi. Jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturi “Jismoniy tarbiya” predmeti mazmunini aniqlab beruvchi hujjat hisoblanadi. Unda zarur nazariy ma’lumotlar o‘rganilishi lozim bo‘lgan jismoniy mashqlar jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun materiallar ro‘yxati beriladi hamda predmetlararo aloqalar bo‘yicha talablar ifodalanadi. Dasturlarni tayyorlashda hammasidan avval jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi – maktab bitiruvchilari jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talab hisobga olinadi. Bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarida o‘z aksini topgan. Dastur bo‘limlarining barchasi to‘laqonli bajarilishi majburiyligi shu bilan ta’kidlanadiki, o‘quv materiallarining hammasi birgalikda o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga va tarbiyasiga ko‘maklashishi kerak. Shuni esda tutish lozim-ki, dastur alohida sport turlaridan tarkib topmagan, va darslarni tashkil qilib o‘tishda dasturning barcha bo‘limlaridan bab- baravar foydalanmoq darkor. Download 49.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling