Ning fanidan


O‘qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari


Download 49.65 Kb.
bet8/10
Sana28.12.2022
Hajmi49.65 Kb.
#1010774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ning fanidan

O‘qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari
O‘qituvchilarning ko‘p yillik ilg‘or tajribasi shuni ko‘rsatadiki, jismoniy tarbiya darslarida qo‘yilgan vazifalarni samarali hal yetish uchun muayyan rejalashtirish tizimini barpo etish zarur. Bu tizim jismoniy jarayonini maqsadga muvofik to‘zish uchun imkon yaratib beruvchi qator rejalarning o‘zaro mantiqiy bog‘laganligini va tugallanganligini ifodalaydi. Bu tizim: o‘quv tarbiyaviy ishlarning bir yillik reja jadvali, darslararo ishchi rejalar va darsning reja konspektlarni o‘z ichiga oladi. O‘quv tarbiyaviy ishlarnig bir yillik reja – jadvali. Bu hujjat har bir parallel sinflar uchun bir yilga to‘ziladi.Uning asosiy funksiyasi – o‘quv yilidagi o‘quv materialini bir maromda, maqsadga muvofik taqsimlash va tartibga solishdir.
Yillik reja jadvalni tuzish, o‘quvchilar o‘zlashtirishlari zarur bo‘lgan tayanch mashqlarni va ularni o‘zlashtirishda sarflanadigan vaqtni aniqlashdan boshlanadi. Amaldagi dasturlarning taxlili shuni ko‘rsatadiki bunday mashqlar xar bir sinfda 10-12 ta atrofida. Vaqtni xisoblashda mashqlarning murakabligini o‘quvchilarning bu mashqlarni o‘zlashtirishlari bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni xuddi shunday o‘rganiladigan xarakatlarni nazarda tutish kerak Har bir mashq uchun o‘qitish dasturi to‘ziladi Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi: jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari va vositalari; bir yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan darslar soni; xar bir darsning ta’lim, tarbiya va sog‘lomlashtiruvchi muayan vazifalarining aniq vositalari va takrorlash sonini. Bu dastur ta’limning optimal variantlarini, nazorat sinovlari vaqtini, mashg‘ulotlarning vazifalari vositalarini ko‘rsatish xisobidan kengayadi. Dastur, o‘quv materalini o‘zlashtirish jarayenida o‘quvchining faolligini va mustakilligini oshirishga, o‘quv faoliyatini samarali boshqarishga, o‘quv faoliyatini oqilona zichlashtirishga, ta’limni jamoat ishi bilan qo‘shilgan xolda diffensiallashga, trenajerlardan foydalanishga imkon beradi. O‘qitish dasturini to‘zish bosqichlarini ko‘rib chiqamiz.
Birinchi bosqich o‘z ichiga jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni tanlashni oladi. O‘qituvchi, xar bir mashqni bajarish uchun muayan jismoniy sifatlar zarurligi va bu mashqlarni bajarish uchun ularni oldindan o‘rgatish zarurligini asos qilib olishi lozim
Ikkinchi bosqich ta’limning ko‘p yillik vazifalarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Ko‘p yillik vazifalarini aniqlashda yillar davomidagi o‘quv materialning o‘zaro aloqadorligi va izchiligi faxmiga yetishi zarur. Тrenirovka va ta’lim jarayenini spiral shaklida to‘zish kerak chunki kelgusi o‘quv yilida o‘quv materialini o‘zlashtirish xarakat tajribasidan foydalangan xolda yanada balandrok darajada borishi juda muxim axamiyat kasb etadi. Bu esa yangi materialni o‘zlashtirishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Uchinchi bosqichda o‘qituvchi sinf uchun mo‘ljallangan bir yillik ta’limiy vazifalarni shakllantiradi. Agar dastur asosida mashqlar bir necha sinflarda o‘zlashtirilishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, shu sinf o‘quvchilarining tayyorgarlik darajasini aniqlash lozim. Bunday mashqlarga yurish, sakrash, akrobatik mashqlar, milliy kurash va boshqalar kiradi. Shu bilan birga nazariy ma’lumotlar, predmetlararo aloqalarning asosiy mo-hiyatini ifodalab berish tizimi yaratiladi.
Тo‘rtinchi bosqichda bir yillik vazifalarni hal etishda zarur darslar soni hisoblanadi
Beshinchi bosqich eng mehnat talab bosqich hisoblanadi. Bunda darsning muayyan vazifalari va ularni hal qilish uchun vositalar aniqlanadi va tanlanadi hamda harakat faoliyatini qismlarga bo‘lib, shuningdek, to‘liq bajarish choralari ravshanlashtiriladi.
Oltinchi bosqich dastur bo‘yicha o‘qitishda yil davomida darslarda va mustaqil ishlar jarayonida o‘rganiladigan materiallarni takrorlashning optimal variantlarini aniqlash maqsadidagi izlanishlarni, nazorat o‘tkazish muddatini va o‘zlashtirish natijalari yakunlarini o‘z ichiga oladi.
Musobaqalar kalendari va ob-havo sharoitini hisobga olgan holda o‘qituvchi o‘quv materialini o‘tish tartibini aniqlaydi. Agar maktabda bir necha o‘qituvchi ishlasa, barcha sinflarda dasturning o‘quv materialini bir xilda olib borish maqsadga muvofiq. Bu esa maktabning moddiy bazasidan foydalanish uchun uni yaxshi tayyorlashga va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni oqilona rejalashtirshga imkon yaratadi (xususan, musobaqalarni). Dastur materialini o‘tishni aniqlagandan keyin o‘qituvchi rejalashtirish usullarini tanlaydi. Maktab o‘quv dasturi bo‘limlarini o‘tishni rejalashtirishning uchta usuli ma’lum: parallel, ketma-ket, aralash. Dastur bo‘limi materiallarini parallel o‘tishda darslarga bir vaqtning o‘zida har xil bo‘limlardagi materiallar kiritiladi (kompleks darslar). Bo‘lim materiallarini ketma-ket o‘tish amalda katta sinflarda qo‘llaniladi va yengil atletika, sport o‘yinlari, gimnastika va boshqalarni navbatma – navbat o‘zlashtirish nazarda tutiladi (predmet darslar).
O‘quv materialini o‘tishni aralash rejalashtirish birinchi va ikkinchi usullarninng kombinatsiyasini ifodalaydi, ya’ni ba’zi bo‘limlar parallel o‘rganiladi, boshqalari – aolohida. O‘quv-tarbiya ishlarning reja- jadvali istiqbolli rejalashtirishga taalluqlidir. U o‘qituvchiga bir vaqtning o‘zida yil davomidagi o‘quv jarayonini butunligicha ko‘rishga va uslubiy prinsiplarni aniq qo‘llashga imkon yaratadi. “O‘quv materialining mazmuni” ustunida o‘qituvchi jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini aniqlash bo‘yicha dastur mashqlarini o‘yinlar va nazorat sinovlvrini ko‘rstadi. Bu ustunda yozilgan barcha mashqlar bir qatorga sig‘ishi lozim.
“Nazariy ma’lumotlar” ustunida faqat umumiy masolarni ko‘rsatadi. Masalan, dars vaqtida xavfsizlik qoidalari, ish qobiliyatini oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar, gigiyenik talablar, mukstaqil mashg‘ulotlarning uslubiyoti haqida axborot.

Download 49.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling