Ning mazmuni va vazifalari Режа
Evolyutsiya nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqasi
Download 29.24 Kb.
|
1. Evolyutsiya nazariyasi faniga kirish(1)
2. Evolyutsiya nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqasi
Evolyutsiya nazariyasi biologiya fanlarining falsafasi, matematikasi hisoblanadi. Bu fan biologiyaning boshqa sohalari o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni o‘rganadigan fandir. Shunga ko‘ra, evolyutsiya nazariyasi barcha botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gistologiya, embriologiya, sitologiya, genetika seleksiya, biokimyo, biofizika, paleontologiya, biogeografiya, entomologiya, chorvachilik, o‘simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va boshqa biologiya fanlari bilan bog‘liqdir. Evolyutsiya nazariyasining bu fanlar bilan bog‘liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan evolyutsiya nazariyasi xususiy biologiya fanlarida to‘plagan dalillarini xulosalab, umumbiologik qonuniyatlarni yaratadi. Ikkinchi tomondan bu umumbiologik qonuniyatlar biologiyaning boshqa sohalari uchun nazariy asos hisoblanadi. K.A.Temiryazov o‘simliklar bilan hayvonlarning hayoti to‘g‘risidagi fanlar faqat evolyutsiya nazariya asosida ijobiy rivojlanish mumkin, degan edi. I.I.Mechnikov shamollash protsesi va immunitet tabiatini tushunish faqat organizmning hayotiy reaksiyalariga evolyutsion nuqtai nazaridan yondashilganda to‘g‘ri hal etilish mumkin, degan edi. Biroq boshqa biologiya fanlarida to‘plangan ma’lumotlar evolyutsiya nazariyasining kelgusi taraqqiyotini to‘liq ta’minlay olmaydi. Chunki bu dalillar uzuq-yuluqdir va materiallarni bir tomonlama talqin qiladi. M: zoologiya hayvonni tuzilishi, ko‘payishi va boshqa sohalarini o‘rganadi. Ularning kelib chiqishi va butun evolyutsiyasini ana shu dalillarni asosiy sintez qilgan holda evolyutsiya nazariyasi o‘rganadi. Shuning uchun ham evolyutsiya nazariyasi biologiya fanlarining metodologik asosi, matematikasi hisoblanadi. Keyingi paytlarda darvinizm nomini o‘zgartirib “evolyutsion ta’minot” yoki “evolyutsiya nazariyasi” deb atash kerak, degan fikrlar aytilmoqda. Har uchala holatda ham munozara faqat terminni qo‘llash ustida bormoqda. Chunki mazmuni, o‘rganilayotgan mavzu bir narsa-organik olamning kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyoti masalasidir. Organizmlarning turli-tumanligi va moslanish sabablarini tushuntirishda idealistik va materialistik oqim tarafdorlari o‘rtasida ko‘p asrlar davomida keskin kurash davom etmoqda. Idealistik oqim tarafdorlari ruh (ong) birlamchi, materiya (borliq) ikkilamchi, deb tushuntiradilar. Shunga ko‘ra, fan va praktikaga asoslanib tabiat qonunlarini bilib bo‘lmaydi, bu qonunlar faqat xudoga ma’lum, deydilar. Materialistik oqim tarafdorlari esa buning aksini tushuntiradi. Bu oqimlar o‘rtasida keskin kurash ko‘pchilik hollarda idealistlar foydasiga hal bo‘lib kelgan. Biologik tadqiqotlarni keng ko‘lamda olib borilishi va boshqa tibbiyot fanlardagi yutuqlar dialektik materializmning falsafiy asosi sifatida juda katta rol o‘ynaydi. Evolyutsiya nazariyasi fanida organik dunyoning rivojlanishi qonunlari-ilmiy mafkuraning biologik asoslarini ochib beradi. Bu asoslar o‘simliklar, hayvonlar va odamlar xudo tomonidan yaratilgan. Tabiatdagi butun borliq o‘zgarmas, degan diniy taassurotlarni rad etadi. Bu kabi ilmiy ma’lumotlarga asoslangan fikrlar evolyutsiya nazariyasi fanining yuzaga kelishi bilan to‘la asosga ega bo‘la boshladi. Bungacha yaratilgan bu sohadagi nazariyalar turli xil kamchiliklardan holi emas edi. Shuning uchun ham diniy nazariyalar tarafdorlari ilmiy nazariyaga ishonmaslik to‘g‘risida propaganda ishlari olib borar edilar. Ch.Darvinning “Turlarning kelib chiqishi” nomli asarini 1859 yilda bosmadan chiqishi tabiatshunoslik fanlari sohasida revolyutsiya bo‘ldi. Shuning uchun ham bu fan uning sharafiga uzoq yillar “darvinizm” deb atalib kelindi. Download 29.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling