Ning (Tashkilot nomi)
Download 142.5 Kb.
|
Илова Низом
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Tanlovning maqsad va vazifalari
- III. Tanlovni tashkil etish
____________________________ ______________________ning (Tashkilot nomi) 2022-yil “____”___________dagi ___________- son Qo‘shma qaroriga Ilova Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida “HACKATHON” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida N I Z O M Umumiy qoidalar 1.1. Mazkur nizom Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida “HACKATHON” tanlovini o‘tkazish tartibini belgilaydi. 1.2. Tanlov viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha innovatsion salohiyatini namoyon etish, mazkur sohadagi innovatsion loyiha va ishlanmalarni hamda IT texnologiyalarini amaliyotda qo‘llashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, loyihalarni dastlabki bosqichda aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 1.3. Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ul, Yoshlar ishlari agentligi, “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJ (keyingi o‘rinlarda – IT-Park direksiyasi), Surxondaryo viloyatidagi Oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa korxona, tashkilot va idoralar hamkor etib belgilanadi. II. Tanlovning maqsad va vazifalari 2.1. Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida “HACKATHON” tanlovining asosiy maqsadi hududda yosh avlodning startap loyihalari va IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, intiluvchan va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish, shuningdek, dasturlash tizimlari orqali viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini bosqichma-bosqich raqamlashtirishdan iborat. III. Tanlovni tashkil etish 3.1. Surxondaryo viloyatida yoshlar o‘rtasida “HACKATHON” tanlovi (keyingi o‘rinlarda Tanlov deb yuritiladi) asosiy tashkilotchisi Surxondaryo viloyati hokimligi hisoblanadi. 3.2. Tanlov 2022-yil dekabr oyida, keyingi yillarda har chorakda bir bosqichda 2 turda o‘tkaziladi va tanlovda dasturchilar jamoaviy yoki yakka tarkibda ishtirok etishlari mumkin. 3.3. Tanlov o‘tkazilishi bo‘yicha tanlov o‘tkaziladigan kundan kamida 15 kun oldin mas’ul tashkilotlarning rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali e’lon beriladi. 3.4. Tanlovni o‘tkazishga 1-ilovada keltirilgan Tashkiliy qo‘mita a’zolari mas’ul hisoblanadi. Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Tashkiliy qo‘mita quyidagi ishlarni amalga oshiradi: tanlovning o‘tkazilish joyi va muddatini belgilash; tanlov o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy va texnik jarayonlarga tayyorgarlik ko‘rish, tanlov davomida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan texnik nosozliklarning oldini olish, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish; tanlov ishtirokchilarining shikoyatlarini tanlov davomida ko‘rib chiqish va shikoyat o‘rinli bo‘lsa, shikoyatni ijobiy hal qilish choralarini ko‘rish; - tanlovning o‘tkazilishini hamda natijalarini ommaviy axborot vositalarida yoritishni tashkil qilish. 3.5. Tanlov ishtirokchilari 2-ilovada keltirilgan tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan baholanadi. 3.6. Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar 3-ilovaga muvofiq yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z loyihalarini taqdim etishlari mumkin. Boshqa yo‘nalishdagi loyihalar tanlovga qabul qilinmaydi. Ushbu yo'nalishlar viloyatning ehtiyojlaridan kelib chiqib har yili o'zgarishi mumkin. 3.7. Tanlov ketma-ket 2 (ikki) kun davom etadi: 3.7.1. Birinchi kun. Ishtirokchilar tadbir o'tkaziladigan joyga jamoalarni ro'yxatdan o'tkazish boshlanishidan kechiktirmay kelishi lozim. Va u yerda ro’yxatdan o’tish davomida ularning rollari muhokama qilinadi (dasturchi, guruh rahbari, dizayner / marketolog). 3.7.2. Hackathon ishtirokchilari uchun tanlovda bo‘lib otadigan jarayonlar haqida tashkilotchilar tomonidan taqdimot o‘tkaziladi. 3.7.3. Tashkilotchilar tomonidan batafsil taqdimot va tanlovning barcha qoidalarini tushuntirilgandan so'ng, ishtirokchilar o'z loyihalari ustida ishlashni boshlaydilar, va ikki kun mobaynida bir necha maxsus taklif qilingan mutaxassislar (mentorlar) yordam berishadi. 3.7.4. Ikkinchi kun. Jamoalar o‘z mahsulotlarini ishlab chiqishni tugatdi va loyihalar taqdimotiga faol tayyorgarlik ko‘rishni bo‘shlaydilar. Shundan so‘ng, loyiha taʼsischilar maxsus taklif qilingan mutaxassislarga (mentorlarga) sinov taqdimotlarini ko‘rsatadilar. Sinov taqdimotlaridan so‘ng jamoalar o‘z loyihalarini tanlov komissiyasiga taqdim etadilar. 3.7.5. Har bir loyihaning ballarini aniqlagandan so'ng, tashkilotchilar o'sha kuni (tanlovning yakuniy kuni) g'oliblarni e'lon qiladi va taqdirlaydi. 3.8. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan jamoalar mas’ul tashkilotlarning rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida berilgan axborot xatidan foydalanadi va unda belgilangan tartibga amal qiladi. 3.10. Tanlovda ishtirokchilar jamoa yoki yakka tartibda ishtirok etishlari mumkin. 3.12. Tanlov jarayoni va natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mas’ul tashkilotlarning rasmiy saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib boriladi. Download 142.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling