Ning (Tashkilot nomi)


IV. Tanlovni o‘tkazish joyi va muddati


Download 142.5 Kb.
bet2/6
Sana08.03.2023
Hajmi142.5 Kb.
#1252819
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Илова Низом

IV. Tanlovni o‘tkazish joyi va muddati

4.1. Tanlov ilk marotaba 2022-yil 10-dekabr kuni, keyingi yillarda may oyining yakuniga qadar o‘tkaziladi. Tanlov o‘tkazish joyi, arizalarni topshirish muddati va tanlov o‘tkazish vaqti bo‘yicha rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali xabar qilinadi. G‘oliblar rasmiy veb-sayt hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali e’lon qilinadi va o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantiriladi. 




V. Tanlovda ishtirok etish tartibi

5.1. Mazkur Nizomga asosan, tanlovda Surxondaryo viloyatida doimiy istiqomat qilayotgan 14-30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. 


Tanlovda ishtirok etuvchilar soni cheklanmagan.
5.2. Tanlov ishtirokchilarini ro‘yxatga olish IT-Park direksiyasi Surxondaryo filiali tomonidan amalga oshiriladi. Tanlov ishtirok etish istagida bo‘lganlar tanlov e’lon qilingan kundan boshlab tanlovga 2 kun qolgunga qadar IT-Park direksiyasi Surxondaryo filialiga loyiha nomi, loyihaning qisqacha tavsifi va loyihani yo‘nalishini ko‘rsatgan holda google ariza to’ldirish shakli orqali murojaat qiladi.
5.3. Ishtirokchilar 3-ilovadagi yo‘nalishlar bo‘yicha bitta ishtirokchi eng ko’pi bilan 1 ta yo’nalishda bitta loyiha bilan ishtirok etishlari mumkin. Tanlovda ishtirok etayotgan loyihalar boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan bo‘lishi shart.
Tanlov komissiyasi loyihalarni saralashni o‘z zimmasiga oladi.
5.4. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan loyiha va dasturlar tanlovga qo‘yilmaydi.


VI. Tanlovga taqdim etiladigan loyihalar uchun talablar

6.1. Tanlovda ishtirok etadigan loyihalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:


- tanlovda ishtirok etayotgan loyihaning dasturiy mahsulotlarga asoslanganligi, amalda uning ishlashini ko‘rsatib bera oladigan, u haqda tushuncha va tasavvurga ega bo‘lish uchun yetarli bo‘lgan prototipi yoki ishchi (jumladan maket) modelining namoyish etilishi;
- tanlovda ishtirok etadigan loyihalar, dasturiy mahsulotlar va innovatsion sohalardagi loyihalar yangiligi hamda zamonaviy ishlanmalarga oid bo‘lishi;
- loyiha va dasturlarda dolzarblik, innovatsion g‘oya, yechim va tugallanganlik o‘z aksini topishi lozim.
6.2. Tanlovda ishtirok etish uchun loyiha va ishlanmalarni yuborishning oxirgi muddati tanlov tashkilotchilari tomonidan o‘zgartilishi mumkin.



Download 142.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling