Ning yangi tahriri bilan Vazirlar Mahkamasiga quyidagi yo‘nalishlarda javobgarlik yuklatilmoqda
Download 25.88 Kb.
|
syomka konstitutsiya yangi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-modda ga
98-moddaning yangi tahriri bilan Vazirlar Mahkamasiga quyidagi yo‘nalishlarda javobgarlik yuklatilmoqda: ekologiya bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish; oilani qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish; ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimi ishlashini ta’minlash; fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash. 65-moddadagi: “Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi” degan jumla o‘rniga quyidagilar yoziladi: Bolaning manfaatlari, bolalarning to‘laqonli, jismoniy, aqliy va madaniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi 22-moddaga quyidagicha yangi qoidalar kiritilmoqda: O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi mumkin emas. Davlat xorijda yashayotgan fuqarolar va vatandoshlar bilan aloqalarning saqlanib qolishi hamda rivojlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi. 25-moddaga jinoyat qonunchiligiga oid normalar qo‘shilyapti: Ushlab turishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklashga faqat sudning qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Shaxs sud qaror qabul qilmagunicha 48 soatdan ko‘p muddat ushlab turilishi mumkin emas. Agar ushlab turish yoki ozodlikni boshqacha tarzda cheklash to‘g‘risidagi qaror belgilangan muddatda sud tomonidan qabul qilinmasa, shaxs darhol ozod qilinishi kerak. Shaxsni ushlab turish chog‘ida uning huquqlari va ushlab turish asoslari unga tushunarli tilda tushuntirilishi kerak. Hech kim shartnomaviy majburiyatlarni bajara olmaganligiga asoslanib jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy, ilmiy va boshqa tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas. Har bir inson o‘z shaxsini erkin rivojlantirish, qonun bilan taqiqlanmagan hamda boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini buzmaydigan har qanday harakatni amalga oshirish huquqiga ega. Qonunda belgilanmagan majburiyat hech kimning zimmasiga uning roziligisiz yuklatilishi mumkin emas. Download 25.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling