N=int(input('n=')) S=0 for i in range(1,n+1)


Download 17.57 Kb.
bet2/4
Sana24.01.2023
Hajmi17.57 Kb.
#1114291
1   2   3   4
Bog'liq
WHILE ОPERАTОR

while < shart >:
< operatorlar >
Agar shart chin qiymat qabul qilib tursa operatorlar bajarilaveradi, qachonki shart yolg‘on bo‘lgandagina takrorlanish o‘z ish faoliyatini to‘xtatadi. While operatori tarkibidagi shart yolg‘on qiymat qabul qilganda operatorlar bajarilmasdan qoladi, agar shart chin qiymat qabul qilganda operatorlar bajariladi. Ba’zi hollarda shart takrorlanish boshidan yolg‘on qiymat qabul qiladi, bunda takrorlanish bir marta ham bajarilmaydi. Shart chin qiymat qabul qilib, lekin takrorlanish tanasida shart tarkibi o‘zgartirilmasa, takrorlanish cheksiz bo‘lib qoladi.
Misol: Python so‘zi ekranga n mart chiqarilsin. Bu masalani for sikl operatori yordamida ham ifodalash mumkin, lekin while operatorining mohiyatini o‘rganish uchun oddiy masala yordamida qaraymiz.
n=input('n=')
n=int(n)
i=1
while i<=n:
print(i)
i+=1
Bu yerda shart rost bo‘lganda operatorlar qismi bajariladi. Quyidаgi masalada 1 dаn n gаchа sоnlаrning yig‘indisini while da hisoblаymiz:
n=int(input('n='));
s=0;
i=1;
while i<=n:
s=s+i;
i=i+1;
print('while=',s);

While operatorini dasturlash tarkibida ishlatish vaqtida doimo takrorlanish tarkibidagi shart bilan tekshiriladigan bitta o‘zgaruvchi olish kerak. Bu masalada shart bilan tekshirish uchun i o‘zgaruvchisi tanlandi. Takrorlanish sonini n orqali i bilan solishtirish natijasida aniqlanadi. While operatorining ishlash jarayoni yuqoridagi misolda quyidagicha. Boshlang‘ich holatda i=1 shart i<=n(1<=3) chin Qadam1: Python so‘zi ekranda chiqariladi i=2; shart i<=n(2<=3) Qadam2: Python so‘zi ekranda chiqariladi i=3; shart i<=n(3<=3) Qadam3: Python so‘zi ekranda chiqariladi i=4; shart i<=n(4<=3) yolg‘on takrorlanish to‘xtatiladi. Misol. n berilganda k!<=n shartni qanoatlantiruvchi eng katta k ni aniqlang. Bu masalani Python dasturlash tilida ifodalash uchun k faktorialni takrorlanish tanasiga joylashtirish kerak, takrorlanish shartini esa k!<=n ko‘rinishida tasvirlanadi.



Download 17.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling