Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman
Download 0.57 Mb.
|
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)
Maktab direktori: M.Buxarov
NISHON TUMANI 20-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTAB KASABA UYUSHMASI QO‘MITASINING QARORI 2023 yil 01 mart № 2 NISHON t. 2023-2025 yillar uchun yangi jamoa Shartnomaasini tuzish yuzasidan muzokaralarni tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilinganganligi, mehnat qonunchiligiga ko‘pgina o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 31-moddasiga binoan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa Shartnomaasini tuzish yuzasidan muzokaralar olib borish va jamoa Shartnomaasi loyihasini tayyorlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 32-moddasiga binoan muzokaralar olib borish va jamoa Shartnomaasi loyihasini tayyorlash uchun komissiya tarkibiga quyidagilar kasaba uyushmasi qo‘mitasining vakillari etib kiritilsin:
Komissiya a’zolariga : - jamoa Shartnomaasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya ishini har haftaning seshanba va juma kunlari mashg‘ulotlar tugagach, maktab faollar zalida o‘tkazish; - jamoa Shartnomaasiga kiritish uchun takliflar yig‘ish; - maktabning moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olish va faoliyatni keng tahlil qilish; - jamoa Shartnomaasida XMTning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, Bosh jamoa kelishuvi, tarmoq kelishuvi me’yorlari aks ettirilishini ta’minlash; - jamoa Shartnomaasi loyihasi tayyor bo‘lgach, 2023 yilning mart oyida ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi NISHON tuman kengashiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etish; - ekspertiza xulosasiga ko‘ra umumiy yig‘ilish muhokamasiga kiritish hamda belgilangan tartibga muvofiq umumiy yig‘ilish hujjatlarini rasmiylashtirish; - jamoa Shartnomaasi imzolangach muntazam ravishda ijrosini nazorat qilish va yil yakunida muhokama qilish vazifalari topshirilsin. Mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi 2023 yil mart oyining ikkinchi o‘n kunligida maktab faollar zalida o‘tkazilsin. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash va nazorat qilish kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Z. Sodiqov zimmasiga yuklatilsin. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Z. Sodiqov
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling