Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman


Download 0.57 Mb.
bet14/41
Sana08.08.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1665732
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41
Bog'liq
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)

MA’LUMOTNOMA-DALOLATNOMASI


Komissiya a’zolari tomonidan maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasini 2022 yilda bajarilishini tekshirib quyidagilarni aniqladik:
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Hisobot yilida jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat vazifasini bajarib keldi.
1.2. Jamoa shartnomasi Ish beruvchiga va Maktabning barcha xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul kilingan shaxslarga ham tatbiq etildi.
Jamoa shartnomasida nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etildi:

  • xodimning oila a’zolariga;

  • kasaba uyushmasi a’zolariga (kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar qismida).

1.3. Jamoa shartnomasiga davlat dasturlari qabul qilinishi munosabati bilan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
1.4. Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan ishga yangi qabul qilingan xodimlarni, jamoa shartnomasi, shuningdek Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib qabul qilingan Maktabning boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (majlislar, konferensiyalar, mas’ul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari, tarmoq nashrlari va hokazolar orqali) ta’minlash majburiyatini bajarib keldi.
II. IQTISODIY FAOLIYAT

2.1. Ish beruvchi kasaba uyushmasini kutilayotgan tashkiliy o‘zgarishlar, ish haqi va mehnat sharoiti yuzasidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilib turdi.


2.2. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
- ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko‘rib keldi;
- kasaba uyushmalariga xos uslublar yordamida Maktabning barqaror faoliyat ko‘rsatishiga ko‘maklashib bordi;
- ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko‘maklashdi;
Maktabni boshqarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to‘liq va sifatli bajarishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo‘yicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib bordi;
- mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi ustuvor dasturlar bajarilishini monitoring qilish ishlarida ishtirok etib keldi;
- ijtimoiy himoyalash, ta’lim sohasini rivojlantirish kabi Prezident Farmonlari, Hukumat qarorlari yuzasidan o‘quvlar tashkil etdi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling