Shartnoma 2023 yil 1-mayda kuchga kiradi va 2026 yil martgacha amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, Shartnomaa taraflar yangi Shartnomaa tuzguncha yoki amaldagi Shartnomaani o‘zgartirguncha, to‘ldirguncha amalda bo‘ladi.
Mazkur Shartnomaa Ish beruvchiga va Maktabning mehnat Shartnomaasi asosida ishlayotgan barcha xodimlariga, shu jumladan jamoa Shartnomaasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan hamda o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga ham tatbiq etiladi.
Mazkur Shartnomaada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:
xodimning oila a’zolariga;
ushbu tashkilotda uzoq yillar samarali mehnat qilib, ayni paytda pensiyada bo‘lgan shaxslarga;
mazkur maktabda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar etkazilishi oqibatida jabrlangan sobiq xodimlarga;
mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga boshqacha tarzda shikast etishi sababli vafot etgan xodim karamog‘ida bo‘lgan va zarar to‘lovini olish huquqiga ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga;
fuqarolik-huquqiy tusdagi Shartnomaalar bo‘yicha ishlarni bajarayotgan shaxslarga;
kasaba uyushmasi byudjeti hisobidan beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar qismida faqatgina kasaba uyushmasi a’zolariga.
6. Shartnomaaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan Mehnat kodeksida uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan ishga yangi qabul qilingan xodimlarni, jamoa Shartnomaasi, shuningdek Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishib qabul qilingan Maktabning boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa Shartnomaasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (majlislar, mas’ul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari va hokazo orqali) ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
Maktabga yangi ishga qabul qilingan xodimlarni dastlab kasaba uyushmasi qo‘mitasida tanishuv suhbatidan o‘tishi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 540-moddasiga muvofiq, kasaba uyushma tashkilotlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
Ish beruvchi xodimlarni qaysi kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lishiga yoki qaysi tuman kasaba uyushmasi bo‘linmasi hizmatiga o‘tishini belgilamaydi. Mazkur holat Kasaba uyushmasi kartasiga muvofiq mehnat jamoasida muhokama qilinib, Maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi barcha tashkilotlar ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushma tuman bo‘linmasi hizmatiga olinadi (KU ustavi, 28 band).
Do'stlaringiz bilan baham: |