Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman


Download 0.57 Mb.
bet25/41
Sana08.08.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1665732
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
Bog'liq
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)

Ish beruvchi kamida ikki oy oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga quydagi ishdan bo‘shatish oqibatlarida:

  • Mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda, Ish beruvchi xodimlarning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ommaviy ravishda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilagan tartibda bekor qilish huquqiga ega:

  • Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan Mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan uch marta jalb qilinsa, bunda uch martadan birortasida ham o‘ta olmasa yoki usrsiz sababli attestatsiyada ishtirok etmagan tuzilgan mehnat shartnomasini xodimlarning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli ommaviy ravishda mehnat shartnomasini bekor qilinadi.

Bunda Ish beruvchi xodimlar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkinligi haqida kamida ikki oy oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga axborot taqdim etadi va ishdan bo‘shatish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi ish beruvchining xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatilish haqidagi qarorini olti oygacha bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi taklifni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.

  1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi maktabda bandlikni ta’minlash, ishdan ozod etilayotgan xodimlarni himoya qilish masalalarini, shuningdek xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish huquqiga ega. (O‘zbekiston Respublikasi «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi Qonunining 27-moddasi).

  2. Ish beruvchi maktabda xodimlarini majburiy mehnatga, jumladan, hududlarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligidagi turli ishlar, shuningdek gazeta va jurnallarga majburiy obuna qilishga jalb qilmaydi.


  3. Download 0.57 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling