Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman
Download 0.57 Mb.
|
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISH
- XIV. IJTIMOIY SHERIKLIK. KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINING KAFOLATLARIGA RIOYA ETILISHI 14.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
- Ish beruvchi Maktabda
- Kasaba uyushmasi qo‘mitasi
- Mehnatkashlar vakillariga
- Maktabning
XII. YOSHLAR UCHUN QO‘SHIMCHA imtiyozlar
va KAFOLATLAR 12.1. Maktabning ishida va rivojlanishida yosh mutaxassislar ishtiroki samarasini yanada oshirish xamda yoshlarni ijtimoiy himoya masalasi echimini topish maqsadida: - Xalqaro mehnat tashkilotining 135 va 152-Konvensiyalariga binoan ishga qabul qilish uchun eng kichik yoshga rioya etish xamda bolalar mehnatining og‘ir shakllarini taqiqlash yuzasidan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ish olib borildi; - yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dasturi va uni amalga oshirish tadbirlari ishlab chiqildi; - yosh oilalar a’zolari bo‘lmish xodimlarga har taraflama yordam ko‘rsatildi. 12.2. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan kafolatlarga rioya etilib va imtiyozlar berib kelindi: XIII. MEHNAT NIZOLARINI HAL ETISH 13.1. Bahslashuvlar o‘zaro ishonch va hurmat bilan, O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari asosida hal etildi. 13.2. Yakka tartibdagi mehnat nizolari va ziddiyatlarni ko‘rib chiqish uchun 6 nafar a’zodan tashkil topgan (har tarafdan uchtadan) ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnat nizolari komissiyasi tuzildi. XIV. IJTIMOIY SHERIKLIK. KASABA UYUSHMASI FAOLIYATINING KAFOLATLARIGA RIOYA ETILISHI 14.1. Ish beruvchi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘zaro munosabatlarida ijtimoiy sheriklik, hamkorlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish tamoyillariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlariga amal qildilar. 14.2. Ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalar hamda Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalariga binoan kasaba uyushmasining huquqlariga rioya qilib, uning faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashib bordi. 14.3. Ish beruvchi Maktabda xodimlarning yagona vakillik organi sifatida Kasaba uyushmasi qo‘mitasini tan oldi. 14.4. Kasaba uyushmasi a’zolarining yozma arizalari asosida kasaba uyushmasi a’zolik badallari Maktab buxgalteriyasi orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanib borildi. 14.5. Ish beruvchi: a) jamoa shartnomasiga kirmagan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishdan oldin Kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan oldindan kelishib olish amallarini ko‘rdi; b) Kasaba uyushmasi qo‘mitasi talab qilganda unga mehnat hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etib bordi; v) Kasaba uyushmasi qo‘mitasining ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun xona, kanselyariya mollari bilan bepul ta’minladi. 14.6. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi: a) Maktabning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish dasturlarini bajarilishiga ko‘maklashish, bu borada xodimlar tashabbusi va ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish; b) ish xaqi to‘lanishi, jamoa shartnomasi bo‘yicha qo‘shimcha to‘lovlar berilishi to‘g‘riligini, shuningdek mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar bajarilishini nazorat qilish; v) mehnat to‘g‘risidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish, xodimlar huquqiy savodhonligini yuksaltirishga ko‘maklashish; g) kasaba uyushmasi a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya qilish; d) ish joylaridagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishiga erishish va ish joylarini mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari talablariga muvofiq xolatga olib kelish borasida ish beruvchi tomonidan tegishli choralar ko‘rilishini talab qilish; e) xodimlar va ularning oila a’zolarini dam olishi va sog‘lomlanishi uchun xodimlarning arizalarini tegishli sog‘lomlashtirish maskanlariga yo‘llanmalar bilan ta’minlash; k) «Ishonch» gazetasiga obunani ta’minlash ishlarini olib bordi. 14.7. Xalqaro mehnat tashkilotining «Korxonalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to‘g‘risida»gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek «Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil haqida Nizom»ga binoan xodimlarning quyidagi toifalari jamoa shartnomasi maqsadlarida Mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etildilar: a) saylab qo‘yiladigan kasaba uyushmasi organlari a’zolari (5 nafar); b) mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar (1 nafar); v) mehnat nizolari komissiyasining a’zolari (6 nafar); 14.5. Ishlab chiqarishdagi asosiy ishidan ozod qilinmagan Mehnatkashlar vakillariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash, ular bilan Ish beruvchi tashabbusiga ko‘ra mehnat shartnomasini bekor qilish amallari qo‘llanilmadi. XV. JAMOA SHARTNOMASI BAJARILISHINI
|
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling