Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana31.10.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1735623
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kiberxavfsizlik 1 mustaqil w




 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-
 
 
XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI
KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI 
 
 
2-BOSQICH TT-
14-22 (s) GURUH TALABASINING
 
‘‘Kibrxavfsizlik asoslari ” fanidan
 
1-MUSTAQIL ISHI
 
 
 
Bajardi:
Shomurodov Shahboz
 
 
 


1-topshiriq
1-mavzu: Kiberxavfsizlikga oid milliy va xorijiy me’yoriy-huquqiy 
hujjatlar tahlili. 
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari»
O‘zbekiston Respublikasining qonuni.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlariga rioya 
etilishini, har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, 
foydalanish va saqlash huquqlari ro‘yobga chiqarilishini, shuningdek axborotning 
muhofaza qilinishini hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi 
xavfsizligini ta’minlashdan iborat.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: axborot — manbalari va 
taqdim etilish shaklidan qat’i nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar 
va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; axborot mulkdori — o‘z mablag‘iga yoki 
boshqa qonuniy yo‘l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va 
uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; axborotni muhofaza etish — axborot 
borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish 
chora-tadbirlari… hakazolar.
EHM va ma’lumotlar bazasi uchun dasturlarni huquqiy muhofazalash haqidagi»
O‘zbekiston Respublikasining qonuni. Toshkent shahri, 1994 yil, may.
Ushbu Qonun EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazalarini yaratish, ularning 
huquqiy himoyasi va ulardan foydalanish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga
soladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar 
bazalarining huquqiy himoyasi borasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston 
Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.


Ushbu Qonunda qo`llaniladigan asosiy tushunchalar: 
ma’lumotlar bazasi - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda еlektron hisoblash
mashinalari (EHM) yordamida topish va ishlov berish mumkin bo`ladigan tarzda bir 
tizimga solingan ma’lumotlar (masalan: maqolalar, hisob-kitoblar) majmui;
EHM uchun yaratilgan dastur - ob’ektiv shaklda ifodalangan hamda muayyan natija 
olish maqsadida EHM, EHM shoxobchalari va boshqa kompyuter vositalarining 
ishlashi uchun mo`ljallangan ma’lumotlar va ko`rsatmalar majmui; boshlang`ich matn 
- birorta dasturlash tilida yozilgan, biron-bir kompilyator qayta ishlamagan matn; 
ob’ekt kodi - boshlang`ich matnning mashina kodiga aylantirilishi natijasida yuzaga 
kelgan dastur;
EHM uchun yaratilgan dasturni dekompilyatsiya qilish - EHM uchun yaratilgan 
dasturning tarkibiy tuzilishi va kodlanishini o`rganish maqsadida ob’ekt kodini 
boshlang`ich matnga aylantirishni o`z ichiga oladigan texnikaviy usul;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining adaptatsiyasi - yuzaga 
kelgan muayyan sharoitda EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining 
ishlashini ta’minlash maqsadidagina amalga oshiriladigan hamda (dekompilyatsiya 
qilish oqibatida) muallifning boshlang`ich matni o`zgarishiga olib kelmaydigan 
qo`shimchalar kiritish;
EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash (qayta 
ishlash) - ularni adaptatsiya deb hisoblanmaydigan va boshlang`ich matn o`zgarishiga 
olib keladigan har qanday tarzda o`zgartirish;
“Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy segmenti veb-
saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu raqamli olamdagi 
huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga kamaygan deganidir. Shulardan 


222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, 
reklama joylashtirilgan sahifaga almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi 
yashirin mayning (kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi.
O‘zbekistonda “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq 
etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, 
qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat 
organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, barcha soha va 
tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab 
olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni 
yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “xavfsiz axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga 
xizmat qiladi.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling