Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman


Download 0.57 Mb.
bet17/41
Sana08.08.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1665732
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
Bog'liq
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)

VI. MEHNAT INTIZOMI
6.1. Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomlar, mansab yo‘riqnomalari, Maktab Nizomi hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan ta’minlandi.
6.2. Hisobot yilida Ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 1 nafar xodim ishdagi muvafaqqiyatlari uchun tarmoq mukofotiga taqdim etildi, 13 nafar xodimga Faxriy yorliq va e’zoznoma, tashakkurnoma e’lon qilindi, 1 nafar xodimga yubiley yoshi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘a berildi.
VII. MEHNAT SHARTNOMASI TARAFLARINING
MODDIY JAVOBGARLIGI

7.1. Hisobot yilida xodimlarning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda sog‘ligiga shikast yetkazilishi yoki vafot etishi hollari yuz bermagani bois bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lashga zarurat bo‘lmadi.
7.2. Hisobot yilida maktabga xodimlar tomonidan moddiy zarar etkazilmagani sababli uni undirish zarurati bo‘lmadi.
7.3. Jamoa shartnomasiga binoan bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan 2 nafar xodimlar bilan to‘liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzildi.
VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH
5.1. Jamoa shartnomasiga ilova sifatida har yili tuziladigan Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bitimga binoan ish o‘rinlarida mehnat sharoitlarini, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi ahvolini yaxshilash yuzasidan tadbirlar bajarilishi ta’minlandi.
5.2. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha 1 nafar vakil saylab qo‘yildi.
5.3. Ish beruvchi:
- xodimlarni ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonun hujjatlari talablariga muvofiq holda sug‘urta qilishni ta’minladi;
- noqulay mehnat sharoitlarida band xodimlarni yakka tartibdagi himoya vositalari bilan, shuningdek yuvish va zararsizlantirish vositalari, davolash-profilaktika vositalari bilan ta’minlandi.
5.4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga binoan dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkil qilinadigan kasblar, lavozimlar va xodimlar toifalari ro‘yxatiga binoan pedagog xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.Ammo tibbiy ko‘rikdan o‘tishda xodimlar chiqimdor bo‘ldilar.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling