Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman


III. MEHNAT SHARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI


Download 0.57 Mb.
bet15/41
Sana08.08.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1665732
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41
Bog'liq
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)

III. MEHNAT SHARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI
3.1. Xodim va Ish beruvchi o‘rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar (shu jumaladan tarmoq (tarif) kelishuvlari, hududuiy (mintaqaviy) kelishuvlar va mazkur jamoa shartnomasi) qoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solib kelindi.
3.2. Mutaxassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar to‘la-to‘kis ish bilan ta’minlandilar.
3.3. Mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi faqatgina Kasaba uyushmasi qo‘mitasining oldindan roziligini olib amalga oshirilib kelindi.
3.4. Xodimning vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish Maktabda mavjud bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilib kelindi.
3.5. Ishlab chiqarish zaruriyatiga ko‘ra Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish hollari uchramadi.
3.6. Xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish holati yuz bermadi.
3.7. Hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli qaroriga asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi yoshlar etakchilari shtat birliklari qisqartirildi.
IV. ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI
4.1 Maktabda ish mehnat qonunlarida ko‘rsatilgan haftalik ish soatidan oshmagan holda 6 kunlik ish haftasi asosida tashkil qilindi.
Ish kunining davomiyligi, undan foydalanish tartibi, ishning boshlanishi va tugash vaqti maktab ichki mehnat tartibidan kelib chiqib belgilandi.
Pedagog xodimlarni darsdan bo’sh vaqtlarida maktabning kirish joyida navbatchilik tashkil etishi belgilandi.
Pedagog xodimlar haftalik ish soati tarifikatsiya soatiga muvofiq belgilandi. Boshqa xodimlar uchun quyidagicha haftalik ish soatlari belgilandi:
- zararli sharoitda ishlovchilar uchun (laborantlar, maxsus farroshlar) 36 soat;
- normal sharoitda ishlaydigan xodimlar uchun 40 soat;
- I va II guruh nogironlari uchun 36 soat;
4.2. Jamoa shartnomasi shartlariga binoan ikki nafar xodimga o‘z iltimosiga ko‘ra 4 oy muddat bilan to‘liqsiz ish vaqti belgilab ko‘yildi.
4.3. To‘liqsiz ish vaqti rejimidagi mehnat uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to‘landi.
4.4. Maktabdagi qorovullar uchun ish vaqti (smenasi) muddati sutkasiga o‘n ikki soat miqdorida belgilab qo‘yildi va ish vaqtini jamlab hisobga olish joriy qilindi. Bunda ish vaqtining yillik balansiga rioya etildi.
4.5. Xodimlar ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish holatlari bo‘lmadi.
4.6. Qorovullardan tashqari boshqa xodimlar kechki va tungi vaqtlarda, shuningdek dam olish va bayram kunlari ishga jalb etilmadilar.
4.5. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning ish haqi saqlanib qolinadigan ta’til berish haqidagi iltimosini qanoatlantirib bordi:
- 4 nafar xodimga yaqin qarindoshi vafot etganda – 3 kun;
- 4 nafar xodimga to‘y marosimini o‘tkazishga – 3 kundan;
- 1 nafar xodimga kumush to‘yida – 1 kun;
- 1 nafar xodimga yangi uyga ko‘chganda – 2 kundan;

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling