Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman
Download 0.57 Mb.
|
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga
H I S O B O T I
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan oxirgi yillarda boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga juda katta e’tibor berilmoqda. Kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini 60 foizini boshlang‘ich tashkilotlarda qoldirilishi, sanatoriy yo‘llanmalaridan oila-a’zolari uchun ham foydalanish imkoniyati, yo‘llanmalar sotib olishdagi imtiyozlar, ayollar, yoshlar, yolg‘iz-keksa kishilar, nogironlar uchun belgilanayotgan ijtimoiy kafolatlar so‘zimizning isbotidir. Bugungi kunda mamlakatimizda erkin va farovon hayot, demokratik jamiyat qurish yo‘lida olib borayotgan izchil islohotlarimiz va ularning amaliy natijalarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining ham munosib hissasi borligini barchamiz e’tirof etamiz. Salkam 120 yillik tarixga ega O‘zbekiston kasaba uyushmalari faoliyati davomida yuksalish va pasayish davrlari ham yuz bergan, lekin bu tashkilot hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Ayniqsa, so‘nggi yillarda kasaba uyushmalari hayotida yangi rivojlanish bosqichi boshlandi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Kasaba uyushma a’zolarining mehnatga oid huquq va manfaatlarini ta’minlash, mehnat jamoalarida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida keyingi yillarda kasaba uyushmalari tizimida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2020 yilning 11 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining VIII Qurultoyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va kasaba uyushmalarining ijtimoiy hamkorlari bo‘lgan ko‘plab vazirlik, idoralarning birinchi rahbarlari ishtirok etdilar. Qurultoyda dastavval O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi VIII Qurultoyi ishtirokchilariga tabrigi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonidan o‘qib eshittirildi. 11 noyabrni “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklif etilgani esa besh yarim milliondan ortiq kasaba uyushmasi a’zolarining har biri uchun unutilmas voqelik bo‘ldi. Oliy majlis Senatining to'qqizinchi yalpi majlisida “O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni ko'rib chiqildi. Ta'kidlanganidek, kasaba uyushmasi – fuqarolarning o'z faoliyati yoki o'qishi turi bo'yicha umumiy kasbiy manfaatlari bilan bog'liq bo'lgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish maqsadida tuziladigan, o'z ustavi asosida faoliyat ko'rsatadigan ixtiyoriy jamoat birlashmasidir. O'zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to'g'risida”gi Qonun bilan ushbu tuzilmalarga qo'shimcha huquqlar berilgan. Kasaba uyushmalari ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni tuzishda qatnashish, bandlik, mehnat muhofazasi masalalarida o'zlarining fikrlarini davlat organlariga taqdimnoma shaklida kiritish kabi huquqlarga ega. Yangi Qonun bilan 11 noyabr – O'zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni, deb belgilanishi xalqimizning ko'p millionli vakillarini o'zida birlashtirgan tizim xodimlarining hamjihatligi, birdamligini yanada mustahkamlaydi. Muxtaram Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan, inson qadri va uning sha’nini ulug‘lashga qaratilgan xalqparvar siyosatning amaliy namoyoni sifatida 11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga mehnatkashlar bayrami, umumxalq bayrami maqomini berish va ushbu kunni dam olish kuni deb belgilash taklif etildi va 11-noyabr umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni deb belgilandi. Bu kabi bayramlar Avstriya, AQSH, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveysariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog'iston, Qirg'iziston kabi MDH davlatlarida nishonlanib kelinmoqda. Qonunning qabul qilinishi kasaba uyushmalari tashkilotlarini, eng avvalo, ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishni ta'minlash, tashkilot fidoyi xodimlarini rag'batlantirishga xizmat qiladi. Bu esa mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi yuzasidan jamoatchilik nazorati ta'sirchanligini oshirishga zamin yaratadi. Shu bilan birga, mazkur soha uchun zamonaviy bilim va malakaga ega bo‘lgan, ijtimoiy munosabatlar nazariyasi va amaliyotini, bu boradagi xalqaro tajribani puxta biladigan etuk kadrlarni tayyorlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etilgani soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va mehnat munosabatlarini ilmiy tadqiq qilish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga egadir. Keyingi yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalarining xorijiy mamlakatlardagi turdosh va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotgani mamlakatimiz nufuzini jahon miqyosida tarannum etishga xizmat qilmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat kengashiga monand tarzda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan tuzilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari kengashi mintaqa mamlakatlarining mehnatkashlari o‘rtasida do‘stlik va birdamlik, o‘zaro manfaat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini jadal rivojlantirish uchun o‘ziga xos muloqot maydoni vazifasini bajarib kelmoqda. SHuni qayd etish lozimki, hozirgi kunda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va ta’siri tobora ortib bormoqda. Buning sababini, eng avvalo, tashkilotning xalq ichiga chuqur kirib borayotgani, odamlarning og‘irini engil qilish, el-yurt xizmatiga kamarbasta bo‘lishni o‘zining ustuvor vazifasi sifatida belgilab olganida, deb bilamiz. Quriltoyda ta’kidlanganidek, YANGI O‘ZBEKISTONNING YANGI KASABA UYUSHMALARI shakllandi deyishga to‘la asoslar bor. Jumladan, hisobot davrida kasaba uyushmalarining yangi huquqiy asoslari jadal rivojlandi. Kasaba uyushma tashkilotlarini takomillashtirilishi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlarida xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, mehnat sohasidagi manfaatlari himoyasini kuchaytirish, sport-sog‘lomlashtirish, dam olish, madaniy - ma’rifiy tadbirlarini yanada rivojlantirishga katta turtki bo‘ldi.. Ruxsatingiz bilan 2022 yil davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan ayrim ishlarga to‘xtalib o‘tsam. 2022 yilning boshida yillik ish reja tuzilib, shu asosida ishlar olib borildi. Maktabda 230 nafar xodim va xizmatchilar faoliyat yuritmoqda. Shulardan, 168 nafari oliy ma’lumotli, 13 nafari o‘rta maxsus ma’lumotli, 38 nafari ishchi xodimlardir. Maktab ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasi ish beruvchi bilan muassasadagi kasaba uyushma a’zolari o‘rtasidagi mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, intellektual huquq va manfaatlarini himoyalab, kasbga oid barcha munosabatlarni tartibga solib kelmoqda. Ijtimoiy sheriklik tizimiga asosan, ma’muriyat bilan hamkorlikda maktab faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildi. Pedagoglarga o‘quv yuklamasi taqsimotida, ichki mehnat tartib qoidalari ishlab chiqilishida, xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod qilishda, shu kabi boshqa hujjatlarni rasmiylashtirishda kasaba uyushmasi qo‘mitasi faol ishtirok etdi. Yozuvchi, adib va mutafakkirlarning adabiy merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish orqali ularning ma’naviy-siyosiy ongini yuksaltirish hamda ularni kasba uyushmasining maqsadi, vazifasi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 19 oktyabrdagi 7-60 “s” va 47 q/q sonli qo‘shma qarorlari asosida, 2022 yil 28-29 oktyabr kunlari O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Nishon tuman bo‘linmasi kengashi hamda Nishon tuman Xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida 11-noyabr-O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan maktabning 9,10,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi o‘tkazildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasiga kelib tushgan yozma va og‘zaki murojaatlar talabi Mehnat kodeksi asosida qondirildi. Zarur bo‘lgan holatlarda yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlari vakillari amaliy yordamga tashrif buyurishdi. Xodimlarni huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari bir necha bor mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Shu tufayli nizoli holatlar vujudga kelmadi. Murojaatlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaydi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi xonasida ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritildi. Ro‘yxat hamda tushgan arizalarga muvofiq, xodimlarga sog‘lomlashtirish yo‘llanmalari va moddiy ko‘mak berib kelinmoqda. Yozgi ta’til davrida 6 nafar xodimlar farzandlari bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga yuborildi. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tavsiyasiga muvofiq, 20 nafar xodimlarimizga moddiy yordam berildi. O‘tgan yilda ish haqidan muddati o‘tgan qarzdorlik yuzaga kelmadi. Ish beruvchi tomonidan xodimlarga qulay, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratildi. Jamoa shartnomasi ilovasida alohida ro‘yxatda keltirilgan xodimlarga maxsus kiyim-bosh, zararsizlantiruvchi, gigienik vositalar berildi. Favqulotda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilgan. Bu borada xodimlar bilan birgalikda o‘quvchilar uchun ham tushuntirishlar olib borilmoqda. Yozgi ta’til davrida maktab binosi to‘liq ta’mirdan chiqarildi va qish mavsumiga tayyorlandi. Mehnat muhofazasi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazorati kasaba uyushmasi tomonidan tayinlangan vakil orqali amalga oshirilmoqda. Yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tashkil qilinayotgan sport musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarda maktabimiz faol ishtirok etib, fahrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni sport-sog‘lomlashtirish tadbirlariga ko‘proq jalb qilish ishlariga maktabda katta e’tibor qaratilmoqda. Har yili maktabda ishlovchi xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazish an’ana tusiga kirib bormoqda. Bu tadbirlarni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda maktab xodimlari faol ishtirok etmoqda va g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanmoqda. Kasaba uyushmasi tashkilotlarining chinakam uyushqoq va sohada ta’sirchan kuchga aylanishi uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining eng asosiy vazifasi ishlovchilarni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ekan, bizga berilgan ishonchni oqlashga, kelgusi yilda bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishga harakat qilamiz. Sizlarga farzandlarimizga ta’lim-tarbiya berishdek ulkan vazifalarni amalga oshirishingizda kuch-g‘ayrat, ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Nishon tuman 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kasaba uyushma qo‘mitasi raisi: Z.Sodiqov Nishon tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktab ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi haqida tekshiruv Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling