Nishon tumanidagi 20- umumiy o‘rta ta’lim maktabning 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasi nishon tumani-2023 yil tasdiqlayman
Download 0.57 Mb.
|
20-maktab jamoa shartnomasi 2023-2025 yillar uchun (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI
Nishon tumani 20-UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTAB jamoasi
umumiy yig‘ilishi QARORI 2023 yil 15 mart 1-sonli 20-umumiy o‘rta ta’lim maktab va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan 2022-2024 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda ijrosi bo‘yicha tomonlar hisoboti tinglab, yig‘ilish jamoa shartnomasini bajarish bo‘yicha 2022 yilda bir qator ishlar amalga oshirilganligini e’tirof etadi. SHuuningdek, 2023 -2025 yillar uchun jamla shartnomasi loyihasi qonun talablari, berilgan tavsiyalar, takliflarni inobatga olgan holda tayyorlanganligini, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi bo‘linmasi Nishon shahar kengashi ekspert komissiyasi xulosasi olinganligini ma’qullaydi. Tomonlar hisobotlari, jamoa shartnomasini bajarilishi dalolatnomasini, yangi jamoa shartnomasi loyihasini muhokama qilib, mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi QAROR QILADI: 2022-2024 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi yuzasidan maktab direktori M.Buxarov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sodiqov Z larning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin (ilova qilinadi). 2022-2024 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi bo‘yicha tekshiruv dalolatnomasi tasdiqlansin (dalolatnoma ilova qilinadi). 2022-2024 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi qoniqarli deb hisoblansin. 4. 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi yuzasidan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi qoshidagi ekspert komissiyaning ekspertiza xulosasi inobatga olinsin. 5. Jamoa shartnomasi loyihasini tayyorlash bo‘yicha komissiya tomonidan ishlab chiqilgan 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi maqullansin va qabul qilinsin. 6. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi mehnat kodeksi 2023 yil 30 apreldan kuchga kirishi munosabati bilan tashkilotning 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining amal qilish muddati 2023 yil 30 aprelgacha deb, 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining kuchga kirish kuni 2023 yil 30 aprel deb belgilansin 7. Tashkilotning ijtimoiy –mehnat masalalari komissiyasiga: - 2023-2025 yillar uchun jamoa shartnomasi bajarilishini tekshirib borish; - jamoa shartnomasi bandlarining bajarilishida moliyaviy intizomga, xarajatlar smetasiga rioya qilinishini nazorat qilish; - jamoa shartnomasini barcha bandlarini o‘z vaqtida ijtimoiy sheriklik asosida bajarilishiga erishish; - jamoada yuzaga kelgan mehnat nizolarini ham kelib tushgan murojaatlarni qonunchilikda hamda jamoa shartnomasida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish; -Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan Konvensiyalari, Mehnat qonunchiligi, xodimlar mehnatini muhofazasi hamda Ichki mehnat tartib qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan jamoatchilik monitoringini o‘rnatish vazifalari topshirilsin. - jamoa shartnomasini bajarilishini yil yakunida umumiy yig‘ilishda muhokama qilinishini tashkil qilish vazifalari topshirilsin. 10. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maktab direktori M.Buxarov hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi SH.Begalovlar zimmalariga yuklatilsin.
Nishon tumanidagi 20-umumiy o‘rta ta’lim maktab mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2023 yil 15-martdagi 1-sonli bayonnomasiga 1-ilova Maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi yuzasidan maktab direktori M.Buxarovning H I S O B O T I Hurmatli yig’ilish ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2022 yil 20 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi. Murojaatda kelgusi yili 70 ta yangi maktab qurilishi, 460 ta maktab kengaytirilishi, Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanishi, kelgusi besh yilda ularning sonini 1 mingtaga etkazilishi, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 285 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo‘lga qo‘yilganligi, bu borada yetarli tajriba orttirilganligi,kelgusi o‘quv yilidan boshlab ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etilishi va buning uchun 2,3 trillion so‘m ajratilishi, bu jarayonlarni shaffof tizim asosida tashkil etish, farzandlarimizni sog‘lom va sifatli ovqat bilan ta’minlashga Xalq ta’limi vaziri mas’ul va javobgar ekanligi,ta’lim sohasidagi navbatdagi muhim yo‘nalish, bu — yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iboratligi ta’kidlab o‘tildi. Ta’lim sifatini oshirish — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir. O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi, kelgusi yildan boshlang‘ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yilishi, hozirgi vaqtda ular xalqaro ekspertizadan o‘tib, o‘zimizda sinovdan o‘tkazilayotganligi. Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o‘zlashtirib, kompyuterda ishlashni o‘rganib chiqishi zarurligi, farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san’at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozimligi, O‘quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi, shu bois, 2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilinishi, bu ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, yangi darsliklarni ishlab chiqish, ilg‘or ta’lim standartlari va metodikalarini joriy etish uchun alohida ilmiy institut va laboratoriyalar tashkil qilinishi lozim — dedi prezident. Hammamizga ma’lumki O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvarda «2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida» gi PF-60 Farmoni qabul qilindi. 2022-2026-yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish, yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi milliy dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish, o‘quv o‘rinlari sonini 2026 yil yakuniga qadar 6,4 milliongacha etkazish, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarga sharoit va imkoniyatlarni kengaytirish orqali ularning ulushini 2026 yilda 8 foizga, shu jumladan 2022 yilda 3 foizga oshirish, 2022 — 2026 yillarda 217 ta «Barkamol avlod» bolalar maktabini rivojlantirish bo‘yicha dasturni amalga oshirish,yoshlarni san’at dunyosiga oshno etish, kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan 100 mingdan ortiq bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, chekka hududlarda maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasalarigacha transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, malakali o‘qituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSH dollari ekvivalentiga etkazish, maktabda faoliyat olib borishi uchun har bir fan bo‘yicha mahalliy yoki xalqaro sertifikatsiya talablarini belgilash,toifaga ega bo‘lmagan maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini diagnostikadan o‘tkazish, umumta’lim maktablarini, ayniqsa, chekka hududlardagi ta’lim maskanlarini oliy ma’lumotli pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ishlarini davom ettirish, maktablarda direktor va uning o‘rinbosarlarini tayinlash tizimini maktab o‘qituvchilari va ota-onalarning ishtiroki ta’minlanishini nazarda tutgan holda yanada takomillashtirish kabi vazifalar belgilab berildi. Ijtimoiy sheriklik asosida ish beruvchi va kasaba uyushmasi tashkilotlari xodimlarning haq-huquqlarini himoyalash, barcha sohalarda o‘tkazilayotgan islohotlarni amalga oshirish borasida chuqur hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi lozim. Kasaba uyushmasi nufuzli jamoat tashkilotlaridan biri bo‘lib, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, ijtimoiy madad va nafaqalar haqiqatda ham ehtiyojmand, yuqori ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarga berilishini ta’minlashga salmoqli hissasini qo‘shmoqda. Xodimlarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyasi, ish haqlari muntazam ravishda, o‘z vaqtida berilishi hamda jamoa shartnomasining barcha bandlarini bajarilishi maktab kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan nazorat qilib kelinmoqda. Maktabda 91 ta sinfda ta’lim berib boriladi. Hozirgi kunda o‘quvchilarga 192 nafar pedagoglar ta’lim-tarbiya berishmoqda. Ulardan 23-nafari oliy toifa, 41-nafari birinchi toifa, 52 nafari ikkinchi toifa, 85 nafari mutaxassis toifada faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ishchi xodimlar esa 38 nafarni tashkil qiladi. Maktabda laboratoriya ishini o‘tkazish uchun sharoitlar mavjud, kerakli o‘quv jihozlar bilan ta’minlangan, laboratoriya-texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinishi yuzasidan ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar ishlab chiqilgan va texnika xavfsizligi burchaklari tashkil etilgan, qoidalar bilan o‘quvchilar tanishtirilgan. 2022 yil iyun oyida 192 nafar pedagog xodimlarning 2021-2022 o‘quv yildagi natijalari ishchi guruh tomonidan o‘rganilib, direktor jamg‘armasi hisobidan 52 nafariga kasbiy mahorati uchun ustama belgilandi, jumladan 6 nafariga 40%, 13 nafariga 35%, 9 nafariga 30%, 12 nafariga 25%, 3 nafariga 20%, 5 nafariga 15%, 4 nafariga 10% miqdorida ustamalar belgilandi. Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 2-avgustdagi 425 sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta’limi vazirining jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida O‘quv yili davomida 20 nafar xodimlarga moddiy yordam pullari berildi. Maktabdagi jami 192 nafar o‘qituvchi viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida va A.Avloniy markaziy pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida onlayin hamda oflaiyn tarzda malakasini oshirib bordi. Malaka oshirish rejasi 100% ga bajarib kelinmoqda. Malaka oshirish kursida ishda ajralgan holda borgan pedagog kadrlar oylik ish haqi saqlandi. 2021-2022 o‘quv yili mehnat ta’tili ish haqlari bir kun ham kechiktirilmay xodimlarimizga etkazildi. Bu albatta tuman XTB markazlashgan buxgalteriya bo‘limi bilan hamkorligimiz natijasidir. Jamoa shartnomasining bajarilishi umumiy yig‘ilishda muhokama qilindi va unga qo‘shimchalar kiritildi. Davlat dasturlaridan kelib chiqib belgilangan chora-tadbirlar o‘z ijrosini topdi. Maktabda «Keksalar duosini ol», “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi”, “O‘zbekiston-Vatanim manim” mavzularida hamkor tashkilotlar xodimlari (ichki ishlar, diniy idora xodimlari, huquqshunoslar) ishtirokida davra suhbatlari tashkillashtirildi. Shuningdek, «Vatan himoyachilari kuni», «Xalqaro Xotin-qizlar kuni», «Navro‘z», «Mustaqillik» bayramlarini yuqori saviyada nishonlash an’anaga aylanib qolgan. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi bo‘yicha sezilarli ishlar olib borilmoqda. Ma’muriyat tomonidan sog‘lom va xavf-xatarsiz mehnat sharoitlari yaratildi. Maktabda bu sohada mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil va komissiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning ijobiy ishlari natijasida hech qanday baxtsiz xodisa ro‘y bermadi. «Yo‘l xarakati xavfsizligi», «Yong‘in xavfsizligi” hamda «Mehnat muhofazasi» burchaklari tashkil etilgan. Maktabda O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun talablarini bajarilishi doimiy nazoratda bo‘lib, aniqlangan kamchiliklarni tugatish choralari ko‘rib kelinmoqda. Xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, ularni farzandlarini sog‘lomlashtirish masalalari diqqat markazimizda bo‘ldi. Hammamizga ma’lumki, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish maqsadida sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazilmoqda. “Ichki mehnat tartibi qoidalari” ishlab chiqilgan va kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda tasdiqlanib barcha xodimlar tanishtirilgan. Ma’muriyat tomonidan chiqarilayotgan buyruqlar kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishiladi. Maktab ma’muriyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish borasida jamoa shartnomasi asosida hamkorlikni davom ettiradi. 2023 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi masalalarga diqqat-e’tibor qaratishlaringizni so‘rayman: Davlatimizning «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish: maktabda ta’limning mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayoni, dars mashg‘ulotlarining sifatli tashkil etilishini ta’minlash; o‘qitishning zamonaviy usullari va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etish orqali ta’lim sifatini oshirishga erishish, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, bu sohadagi tajribalarni keng yoyish va ommalashtirish; muassasada mavjud bo‘lgan kompyuterlarning ishlash holatini 100% ta’minlash hamda modem, elektron pochta va internet tarmog‘iga ulash; muassasada jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligini (ayniqsa qizlar o‘rtasida) ta’minlash; muassasaning darslik va qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlanishi uchun ota-onalar, mahalla, homiy tashkilotlar va muassasalar ko‘magini tashkil etish; maktab kutubxona fondini zarur siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, badiiy, o‘quv adabiyotlari, gazeta va jurnallar bilan etarlicha ta’minlash yuzasidan hokimliklarga talab va takliflar bilan chiqish; muassasani pedagog kadrlar bilan etarlicha ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish, bu sohadagi kamchilik va nuqsonlarga barham berish, kadrlar muammosi yuzasidan ta’limning boshqaruv organlariga tegishli takliflar tayyorlash; muassasada pedagogik jamoaning, xususan o‘qituvchilarning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi, ta’lim sohasidagi keng qamrovli islohotlardan xabardor bo‘lishi, o‘zini tutishi, axloq odobi bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlarini namunali tashkil etish; muassasada ma’naviy-ma’rifiy ishlarning to‘g‘ri tashkil etilishiga amaliy yordam berish; ma’naviyat xonasi, o‘quv xonalari, koridorlarda devorga osiladigan stendlarning imloviy xatosiz, ma’naviy mos tanlanishi, davlat ramzlarining to‘g‘ri joylashtirilishi, Konstitutsiyani o‘rganishga doir burchaklarning bo‘lishi ishlarini amalga oshirish muassasada bir xil maktab formasini tashkil etishda kam ta’minlangan oila farzandlarini forma bilan ta’minlash bo‘yicha homiylarni jalb qilish yuzasidan mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda tashkil etish; “Fan olimpiadasi” ning tuman va viloyat bosqichida past natija ko‘rsatgan fan o’qituvchilarining pedagogik kengash yig‘ilishida har tomonlama tahlil qilish hamda zarur chora-tadbirlar belgilash; ta’lim muasssasalari faoliyatini takomillashtirish, sifatini oshirish, o‘qituvchilarni mahoratlarini oshirib borish, berilgan jixozlardan unumli foydalanish; metodik kengash, metodbirlashma faoliyatini samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini oshirishga oid pedagoglarga amaliy yordam ko‘rsatish; pedagoglar mahoratlarini oshirish uchun ularga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish; ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganish va ommalashtirishga e’tiborni qaratish; kengash va metodbirlashmalarda qabul qilingan qarorlarning mazmuniga, bajarish muddatiga, bajarilishini nazorat qilishga e’tiborni qaratish; Nishon tuman 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori: M.Buxarov Nishon tuman 20-umumta’lim maktabi mehnat jamoasi umumiy yig‘ilishining 2023 yil 15-martdagi 1-sonli bayonnomasiga 2-ilova Nishon tuman 20-umumta’lim maktabi ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasini 2022 yilda bajarilishi to‘g‘risida maktab kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Z.Sodiqovning Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling