Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan
Eshitildi: maktab direktori M.Buxarov 2022 yil davomida jamoa shartnomasida belgilangan ish beruvchining majburiyatlarining bajarilishi hamda hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sodiqov Z kasaba uyushmasi qo‘mitasining jamoa shartnomasi bandlarini bajarish bo‘yicha 2022 yilda olib borgan ishlari yuzasidan ma’ruza qildi.
Hisobot yuzasidan muzokoraga so‘zga chiqdilar:
J.Utepbergenov, Z.Tursoatova ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha olib brilganishlar haqida quyidagi fikrlarni bildirdilar
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan
Eshitildi: jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya a’zosi .I.Eshmo‘minova maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini bajarilishini tekshirib boruvchi komissiya dalolatnomasi bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi.
Dalolatnoma yuzasidan muzokoraga so‘zga chiqdilar: J.Mahmatqulov dalolatnomani mukammal tayyorlanganligi, bajarilmagan bandlarni kelgusi yilda bajarilishiga e’tibor kuchaytirish lozimligini ta’kidlashdi hamda dalolatnomani tasdiqlash taklifini bildirdilar.
Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan
Nishon tumani 20-umumiy o‘rta ta’lim maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi bilan tanishtirildi. Jamoa shartnomasi loyihasi kasaba uyushmasi tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganligi aytib o‘tildi.
Jamoa shartnomasi loyihasi ma’qullansin degan taklif kiritildi.
Taklif ovozga qo‘yildi. Taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qaror loyisi bilan tanishtirildi.
Qaror loyihasi qabul qilinsin degan taklif kiritildi. Taklif ovozga qo‘yildi .
Qaror loyihasi bir ovozdan qabul qilindi ( Qaror ilova qilinadi).
Yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar to‘liq muhokama qilindi.
Yig‘ilishni olib borish bo‘yicha e’tirozlar bo‘lmadi.
Yig‘ilish yopiq deb e’lon qilindi.
Yig‘ilish raisi: M.Buxarov
Yig‘ilish kotibi: M.Jabborova
Do'stlaringiz bilan baham: |