Tijorat banklarining yuridik shaxs sifatidagi o’ziga xos maqomni quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Tijorat banklari butun iqtisodiyotda subektlari hamda aholini kreditlaydigan qudratli moliya institutlari hisoblanadi. Bugungi kunda ularning kreditlarisiz biror bir mamlakatda iqtisodiy o’sishni ta’minlash va uy-joy muammosini hal qilish mumkin emas. Tijorat banklari aholiga va xo’jalik yurituvchi subekt, hisob-kitob kassa xizmat ko’rsatadigan moliyaviy institut hisoblanadi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag’lar doirasida kredit resurslarini tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning depozit va omonatlar jalb qilishga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb qilish bo’yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo’ladi. Undan tashqari chetdan jalb qilingan va qo’yilgan mablag’lar mutanosibligi banklarda depozitlarni jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag’lardan unumli foydalanishga asos yaratadi. Tijorat bankning ikkinchi va asosiy tamoyillaridan biri bu haqiqatda mavjud bo’lgan mablag’lar chegarasida xizmat ko’rsatishdir.
Prinsipal vositachi naariyasi quyidagilar o’rtasidagi bitimlarning xarakterini tushuntirish maqsadida tatbiq qilinadi:
- Bankning aksiyadori va uning boshqaruvi;
- Bank va uning xodimlari;
- Bank va qarzdor;
- Omonatchilar va bank.
Prinsipal vositachining xatti-harakati to’g’risida to’g’ri ma’lumotga ega bo’lolmaganligi yoki qiyinlashtirgani uchun rag’batlantirishda muammolar vujudga keladi. Masalan, bank aksiyadorlari boshqaruvning har bir qarorini nazorat qilib chiqolmaydi, depozitorlar bank harakatlarini nazorat qila olmaydi.Natijalar yomon bo’lganda bank boshqaruvi salbiy muvaffaqqiyatsizlikni sabab qilib ko’rsata oladi.
Bankning qiyin muammoga uchrashining asosiy sabablaridan biri prinsipal va agent tomonidan saqlanadigan malumotlardagi har xillik yoki noto’g’ri malumotdir, chunki bank prinsipalda korxona, yakka shaxs va agentdan qarz majburiyatini bajarmaslik to’g’risidagi malumot kamroq bo’ladi.
Ruhiy xavf-xatar prinsipal yoki iste’molchi pulini agentlikka yoki bankka depozitga qo’yishidagi boshqa bir muammodir. Shartnomaning kirib kelishida shuningdek shartnoma kelishuvining o’zgarganida ham manaviy xavf xatar oshadi
Uchinchi tamoyil asosida tijorat bank va mijoz munosabatlari yotadi, ya’ni bank ssuda berayotgan bozor mezonlaridan daromad, risk va likvidlik darajalaridan kelib chiqqan holda beradi.
Tijorat bank faoliyatini olib borishning to’rtinchi tamoyili bank faoliyatining tijoratlashuvi bo’lib, bunda banklarning tijorat ob’ekti vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’lari hisoblanadi. Bu pul mablag’lari bankka tegishli bo’lmagan bo’lsada, faoliyati davomida bank ularni o’z nomidan joylashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |