Bankning nima uchun mavjudligini uning vositachilik va to’lov funksiyasi izohlaydi, bank tashkiliy strukturasini qanday tashkil qilishi muhim savollardan biridir.
Yuqori foydaga intilayotgan banklar xuddi boshqa korxonalar kabi bir xil maqsadga ega; bu savolga eng yaxshi javob sifatida an’anaviy modellarni ko’rsatish mumkin. Koase o’zining klassik tahlilida bozor narhlariga bog’liq bo’lishdan ko’ra “buyruqbozlik” asosida samaraliroq tashkil qilinadigan ba’zi jarayonlar sababli iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishning usuli sifatida firmalar bozor bitimlarida muqobil vosita sifatida faoliyat ko’rsatadi. Bunday holatlarda bozor kuchlariga suyangandan ko’ra korxona strukturasidan foydalangan ko’proq foydaliroqdir. Qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida vositachilik qiladigan o’zining mijozlariga hisob-kitob xizmatlarini taklif qiladigan an’anaviy banklarning mavjudligi Koase teoremasi bilan juda mos keladi.
Ssudalar va depozitlar bankning o’zida amalga oshirilganligi uchun bankning asosiy funksiyasi umumiy tashkiliy strukturasi orqali samarali amalga oshiriladi.
Agar banklar buyruqbozlikka asoslangan bozorda qatnashayotgan bo’lsa, bunday struktura ham samarali bo’ladi. Bu qarashlar firmani nazorat qilish ahamiyati va uning rag’batlantirish strukturasining yaratgan Alchain va Demsetz tomonidan yaratildi va izohlab berildi. Villimson firmaning tashqi bitimlar narxini qisqartirishdagi noaniqlik holatini ko’rsatib berdi
Tijorat banklari yuqorida keltirilgan funksiyalar asosida quyidagi operatsiyalarni bajaradi:
Banklarga litsenziya berish O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”, “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida”, “Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlar huquqini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonunlari hamda bankka me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |