- bank aktsiyadorlarining ustaviga o’zgarish va qo’shimcha kiritish haqidagi majlisi bayoni (3- nusxada);
- bank kengashi raisi imzolagan ustaviga kiritilgan o’zgarish va qo’shimchalar ro’yxati (3 nusxada) taqdim etiladi.
Shunday qilib, bank tizimi miqyosida olib qaraydigan bo’lsak banklar quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
Xalq xo’jaligidagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni yig’ish va ularni kapitalga aylantirish banklarning ilk funktsyalaridan biri xisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, huquqiy va jismoniy shaxslar jalb qilingan mablag’lari bo’yicha ma’lum miqdorda daromadga ega bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablag’lar banklarning kreditlash kudratini tashkil qiladi va bu resurslarga asoslangan holda. banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi. Vaqtincha bo’sh mablag’lar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmoq) tomonidan ikkinchi korxona (tarmoq)ga vaqtincha foydalanishga beriladigan bo’lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
birinchidan, kreditga suralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo’lgan summa o’rtasida nomutannosiblik bo’lishi mumkin;
ikkinchidan, ortiqcha bo’sh mablag’ga ega bo’lgan korxonaning mablag’larni vaqtincha foydalanishga beradigan muddati mablag’ zarur bo’lgan korxonani qondirmasligi mumkin;
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to’g’ridan to’g’ri kreditlashda qarz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy axvolini tulik o’rgana olmasligi mumkin.Qarz oluvchining to’lovga layoqatsiz bo’lishi kreditor korxonaning ham moliyavy ahvolining yomonlashuviga va boshqa salbiy hollarga olib kelishi mumkin.
E’tiboringiz uchun
rahmat!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |