Niyazova n. A, Ximmataliyev d. O


Microsoft Office Publisher dasturida Buklet tayyorlash


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/88
Sana20.09.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1681755
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88
Bog'liq
DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ

Microsoft Office Publisher dasturida Buklet tayyorlash
1. Ms Publisher dasturini ishga tushiramiz. 
2. Muloqot oynasining chap qismida tayyor Buklet maketini tanlaymiz. 
4.5-rasm. 
3. Ochilgan oynada Bukletlar namunalaridan birini tanlaymiz. 
4. Ekranga biz tanlagan ikkita sahifadan tashkil topgan Buklet namunasi yuklanadi. 
Hujjatimizni ikki sahifadan iboratligi uning old va orqa tomonlarini bildiradi. 


119 
4.6-rasm. Old qismi (birinchi sahifa). 
5. Hujjatimiz vertikal chiziqlar bilan uch qismga avtomatik ravishda bo’linadi. Bu 
keyinchalik uni bosmadan chiqarganimizda bukiladigan joylarini bildiradi. 
4.7-rasm. Ort qismi (ikkinchi sahifa) 
6. Ehtiyojlarimizdan kelib-chiqib hujjatning grafik (rasm) va matn obyektlariga 
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishimiz munkin. 
7. Hujjatimizni bosmadan chiqarishimiz uchun Файл menyusidan Печать 
buyrug’idan foydalanamiz. 
4.8-rasm. 
8. OK tugmasi bosilgandan so’ng elektron hujjatimiz qog’ozga chiqariladi. 
 
Axborotlarni skanеrlash (Fine Reader va boshq) 


120 
 
 
 
 
4.19-rasm. 
 
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR. 
1. Qanday nashriyot dasturlari mavjud? 
2. Pagemaker qanday dastur va u nima uchun qo’llaniladi? 
3. Publisher qanday dastur va u qaysi firma tomonidan yaratilgan? 
4. Ms Publisher dasturida buklet qanday tayyorlanadi? 
5. Ms Publisher dasturida qanday menyu bo’limlari mavjud? 
 
4.2-§. Ixtisoslik bo’yicha maxsus dasturiy vositalar(MathLab, MathCad 
dasturlari). Matеmatik va mеxanik masalalarni yechish. Grafiklar yaratish. 
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish 
uchun Eureka, Gauss, Derive, Mathcad, Mathematica, Maple va boshqa dasturiy 
tizimlar va dasturlarning to‘plamlarini taklif qiladi. Ular orasida MATLAB 
imkoniyatlari va mahsuldorligi yuqoriligi bilan ajralib turadi. MATLAB-bu vaqt 
sinovidan o‘tgan matematik hisoblarni avtomatlashtirish tizimlaridan biridir. U 
matritsaviy amallarni qo‘llashga asoslangan tizimning nomi MATRIX 
LABORATORY matritsaviy laboratoriyada o‘z aksini topgan. Matritsalar 
murakkab matematik hisoblarda, jumladan, chiziqli algebra masalalarini yechishda 
va dinamik tizimlar hamda ob'ektlarni modellashda keng qo‘llaniladi. Ular dinamik 
tizimlar va ob'ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va 
yechishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Bunga MATLAB ning kengaytmasi 


121 
Simulink misol bo‘lishi mumkin. MATLAB ixtisoslashtirilgan matritsaviy tizim 
chegaralaridan chiqib universal integrallashgan kompyuterda modellash tizimiga 
aylandi. «Integrallashgan» so‘zi bu tizimda qulay ifodalar va izohlar tahrirchisi, 
hisoblagich, grafik dasturiy protsessor va boshqalar o‘zaro birlashtirilganligini 
bildiradi. MATLAB tizimining vazifasi har xil turdagi masalalarni yechishda 
foydalanuvchilarni an'anaviy dasturlash tillariga nisbatan afzalliklarga ega bo‘lgan 
va imkoniyatlari keng dasturlash tili bilan uning dasturlash tillari bilan 
integrallashuvi dasturning kengayuvchanligiga olib keldi. MATLAB asosan 
matematik hisoblashlar, algoritmlarni yaratish, modellash, ma'lumotlarni tahlil 
qilish, tadqiq qilish va vizuallashtirish, ilmiy va injenerlik grafikasi, ilovalarni 
ishlab chiqish va boshqalar. MATLAB kengayuvchi tizim, uni har xil turdagi 
masalalarni yechishga oson moslashtirish mumkin. Uning eng katta afzalligi tabiiy 
yo‘l bilan kengayishi va bu kengayish m-fayllar ko‘rinishida amalga oshishidir. 
Boshqacha aytganda, tizimning kengayishlari kompyuterning doimiy xotirasida 
saqlanadi va MATLAB ning biriktirilgan (ichki) funksiyalari va proseduralari kabi 
kerakli vaqtda foydalanish uchun chaqiriladi. Foydalanuvchi m-fayl matnli 
formatga ega bo‘lganligi sababli unga har qanday yangi buyruqni, operatorni yoki 
funksiyani kiritishi va keyin undan biriktirilgan funksiya yoki operator kabi 
foydalanishi mumkin. MATLAB da yangi yaratilgan funksiya yoki prosedura fayl 
ko‘rinishida diskda saqlanishi sababli operator va funksiyalar soni amalda 
chegaralanmagan. MATLAB ko‘plab amaliy masalalarni yechish imkoniyatini 
beruvchi operatorlar va funksiyalarga ega. Ular yordamida ko‘plab amaliy 
masalalarni yechish mumkin. MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni 
dasturlash sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash 
tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash 
vositalarini amalga oshiradi, jumladan, ob'ektga mo‘ljallangan va vizual 
dasturlashni (Simulink vositalari yordamida) ham. Umuman olganda, MATLAB 
tizimidan foydalanish tajribali dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va g’oyalarini 
amalga oshirish uchun cheksiz imkoniyatlar beradi. Matlab dasturlash tili yoki 
Matlab tili-ma'lumotlarni matritsa ko‘rinishida berilishi, hisoblash imkoniyatlari va 


122 
grafik vositalarining kengligi nuqtai nazaridan olganda, yuqori darajali algoritmik 
til hisoblanadi. Shu o‘rinda, Matlab tili faqat Matlab muhitida dasturlar yaratish va 
ishlatish uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchilarni Matlabda yaratiladigan barcha 
dasturlari diskda saqlanadi va m-kengaytmaga ega, shu sababli ular m-fayllar 
deyiladi. M-fayllar ikki turga bo‘linadi: function va script m-fayllardir. M-fayllar 
yaratishda Matlab tilining quyidagi qoidalariga amal qilinishi lozim: 
o‘zgaruvchilar e'lon qilinmaydi, belgilar ishlatilmaydi, shartsiz o‘tish operatori 
goto ishlatilmaydi, dastur tugallanganligi qayd qilinmaydi. M-fayllar bilan ishlash 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
 Asosiy (script-fayl) va qism dastur (function-fayl) larni ishlab chiqish; 
 Matlabda m-fayllarni yaratish, tahrirlash va saqlash; 
 M-fayllarni ishga tushirish. 
M-fayllarni sozlash MATLAB tizimining tili matematik hisoblashlarni 
dasturlash sohasida har qanday mavjud yuqori darajadagi universal dasturlash 
tillaridan boyroqdir. U hozirgi vaqtda mavjud bo‘lgan deyarli hamma dasturlash 
vositalarini amalga oshiradi, jumladan, ob'ektga mo‘ljallangan va visual 
dasturlashni ham. Umuman olganda, MATLAB tizimidan foydalanish tajribali 
dasturlovchilar uchun o‘z fikrlari va g’oyalarini amalga oshirish uchun cheksiz 
imkoniyatlar beradi. 
MathCAD tizimi va uning vazifalari. 
MathCAD bu matematikaning turli sohalaridagi masalalarini yechishga 
mo’ljallangan ajoyib sistemadir. Dasturning nomlanishi ikkita so’zdan iborat 
bo’lib, MATHEMATIKA (matematika) va CAD ( avtomatik loyihalash sistemasi). 
MathCAD ni o’rganish juda oson bo’lib, uni ishlatish soddadir. Ushbu dasturni 
boshqarish Windows muhitida oldin ishlaganlar uchun intuitiv tushinarlidir. 
MathCAD tizimini juda ko’p sohalarda sodda hisoblashlarni hisoblashdan tortib to 
elektrik sxemalarni qurishgacha ishlatish mumkin. MathCAD formula, sonlar, 
matnlar va grafiklar bilan ishlaydigan universal sistemadir. MathCAD tili 
matematika tiliga juda ham yaqin, shu sababli unda ishlash matematiklar uchun 
juda 
oson. 
Zamonaviy 
kompyuter 
matematikasi 
matematik 
hisoblarni 


123 
avtomatlashtirish uchun butun bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni 
taqdim etadi. Bu tizimlar ichida MathCAD oddiy, yetarlicha qayta ishlangan va 
tekshirilgan matematik hisoblashlar tizimidir. Umuman olganda MathCAD-bu 
kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini qo’llashning noyob 
majmuasi. U o’z ichiga ko’p yillar davomida matematikaning rivojlanishi 
natijasida yig’ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini jamlagan. 
MathCAD paketi muhandislik va matematik hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy 
vosita bo’lib, uning yordamida o’zgaruvchi va o’zgarmas parametrli algebraik va 
differentsial tenglamalarni yechish, funksiyalarni tahlil qilish va ularning 
ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar va grafiklar 
qurish mumkin. MathCAD murakkab masalalarni yechish uchun o’z dasturlash 
tiliga ega. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling