23
Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan dasturlar va ma’lumotlarni
doimiy saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p hollarda qattiq disklar vinchester nomi
bilan yuritiladi. Vinchester tashqi ko`rinishidan silliq
germetik yopiq qutiga
o`xshash bo`lib, uning ichida umumiy o`qqa ega bo`lgan aylana shaklidagi bir
nechta qattiq alyumin yoki shishali plastinkalar joylashgan. Uning ichidagi disklar
soni o`ntagacha bo`lishi mumkin. Ularning yuroqi qismi aylana shaklida ajratilgan
bo`lib, ular yo`laklar (track) deb ataladi. Har bir yo`lak o`z raqamiga ega. Bir xil
raqamli yo`laklar disklarda ustma–ust joylashgan holda
silindir shaklini hosil
qiladi. Diksdagi yo`lakalar sektorlarga ajratilgan. Sector 571 bayt joy egallaydi.
Sektorlar va yo`laklar diskni formatlash vaqtida hosil bo`ladi. Foydalanuvchi
formatlashni maxsus dasturlar orqali amalga oshiradi.
Formatlanmagan diskga
hech qanday axborot yozib bo`lmaydi. Qattiq diskni bir necha logik disklarga
bo`lish
mumkin.
Bu
kompyuterda
ishlashda
foydalanuvchining
ishini
engillashtiradi.
CD ROM (Compact Disk Read Only Memory)–faqat ma’lumotni o`qish
uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki,
u diskning yuqori ustki qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni
lazer nuri
yordamida o`qiydi. Ma’lumot tashuvchi sifatida oddiy kompakt–disk CD
ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajmdagi ma’lumot sig`ishi hamda uni ishlatish
qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday
katta hajmlar multimediyali
axborotlarga xos bo`lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari
sarasiga kiradi. Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda har xil tizim
va
amaliy dasturlarni, elektron kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt
disklarning
boshqa turlari ham mavjud, masalan CD Writer, CD–R, CD–RW,
DVD va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: