Niyazova n. A, Ximmataliyev d. O


Qattiq disk (HDD – Hard Disk Driver)


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/88
Sana20.09.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1681755
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88
Bog'liq
DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ

Qattiq disk (HDD – Hard Disk Driver). 


23 
Qattiq magnit disk kompyuterda ishlanadigan dasturlar va ma’lumotlarni 
doimiy saqlash uchun mo`ljallangan. Ko`p hollarda qattiq disklar vinchester nomi 
bilan yuritiladi. Vinchester tashqi ko`rinishidan silliq germetik yopiq qutiga 
o`xshash bo`lib, uning ichida umumiy o`qqa ega bo`lgan aylana shaklidagi bir 
nechta qattiq alyumin yoki shishali plastinkalar joylashgan. Uning ichidagi disklar 
soni o`ntagacha bo`lishi mumkin. Ularning yuroqi qismi aylana shaklida ajratilgan 
bo`lib, ular yo`laklar (track) deb ataladi. Har bir yo`lak o`z raqamiga ega. Bir xil 
raqamli yo`laklar disklarda ustma–ust joylashgan holda silindir shaklini hosil 
qiladi. Diksdagi yo`lakalar sektorlarga ajratilgan. Sector 571 bayt joy egallaydi. 
Sektorlar va yo`laklar diskni formatlash vaqtida hosil bo`ladi. Foydalanuvchi 
formatlashni maxsus dasturlar orqali amalga oshiradi. Formatlanmagan diskga 
hech qanday axborot yozib bo`lmaydi. Qattiq diskni bir necha logik disklarga 
bo`lish 
mumkin. 
Bu 
kompyuterda 
ishlashda 
foydalanuvchining 
ishini 
engillashtiradi. 
CD ROM (Compact Disk Read Only Memory)–faqat ma’lumotni o`qish 
uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, 
u diskning yuqori ustki qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri 
yordamida o`qiydi. Ma’lumot tashuvchi sifatida oddiy kompakt–disk CD 
ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajmdagi ma’lumot sig`ishi hamda uni ishlatish 
qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajmlar multimediyali 
axborotlarga xos bo`lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari 
sarasiga kiradi. Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda har xil tizim 
va amaliy dasturlarni, elektron kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt 
disklarning boshqa turlari ham mavjud, masalan CD Writer, CD–R, CD–RW, 
DVD va boshqalar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling