Niyazova n. A, Ximmataliyev d. O


Download 3.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/88
Sana20.09.2023
Hajmi3.34 Mb.
#1681755
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
Bog'liq
DZwWQ1RQ5RjXoFIzijQp7faOQzd17hCLJY0v7gEQ

Berilganlar shinasi. Shu shina orqali protsessor registriga berilganlar nusxasi 
ko`chiriladi va aksincha. Intel Pentium protsessorli ShK larda berilganlar shinasi 
64 raziryadlidir. 
Buyruqli shina. Protsessor bajaradigan buyruqlar shu shina orqali tezkor 
xotiradan keladi. Buyruqlar baytlar ko`rinishida tasvirlanadi. Oddiy buyruqlar bir 
baytga joylashtiriladi, lekin shunday buyruqlar ham mavjudki, ular uchun ikki, uch 
va undan ortiq baytlar kerak bo`ladi. Ko`pchilik zamonaviy protsessorlar 32 
razryadli buyruq shinalarga ega. 
Sistema blokidagi shinalar faqat protsessor bilan bog`lanish uchungina 
ishlatilmaydi. Sistema blokining barcha boshqa ichki qurilmalari, shu bilan birga 
unga ulangan qurilmalar bir-birlari bilan o`zaro shinalar yordamida bog`langan. 
Tashqi xotira va tashqi xotira qurilmalari. 
Tashqi xotira–shunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan sistema platasiga 
o`xshash bo`lib, axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil 
printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilan birga, 
tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi 
xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi bilan birga uning alohida 
korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni 
o`zida jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi–bu axborotni 
o`zida saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt 
saqlash uchun mo`ljallangandir. Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz 
marotaba kattadir. Jamlovchi qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o`quvchi qurilma 
deb qarash mumkin. Axborot tashuvchilar ikki xil bo`ladi: lentali va diskli. 
Lentalilar faqat magnitli bo`lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa magnitli, 
magnitooptik va optik bo`ladi. Eng ko`p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli 
disklardir. O`z navbatida magnitli disklar ham uch turga bo`linadi: qattiq disklar, 
egiluvchan disklar va lazerli (optik) disklar. 

Download 3.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling