Berilganlar shinasi. Shu shina orqali protsessor registriga berilganlar nusxasi
ko`chiriladi va aksincha. Intel Pentium protsessorli ShK larda berilganlar shinasi
64 raziryadlidir.
Buyruqli shina. Protsessor bajaradigan buyruqlar shu shina orqali tezkor
xotiradan keladi. Buyruqlar baytlar ko`rinishida tasvirlanadi. Oddiy buyruqlar bir
baytga joylashtiriladi, lekin shunday buyruqlar ham mavjudki, ular uchun ikki, uch
va undan ortiq baytlar kerak bo`ladi. Ko`pchilik zamonaviy protsessorlar 32
razryadli buyruq shinalarga ega.
Sistema blokidagi shinalar faqat protsessor bilan bog`lanish uchungina
ishlatilmaydi. Sistema blokining barcha boshqa ichki qurilmalari, shu bilan birga
unga ulangan qurilmalar bir-birlari bilan o`zaro shinalar yordamida bog`langan.
Tashqi xotira va tashqi xotira qurilmalari.
Tashqi xotira–shunday xotiraki, u tashqi ko`rinishidan sistema platasiga
o`xshash bo`lib, axborotlarni o`zida uzoq vaqt saqlash uchun mo`ljallangan har xil
printsiplarda saqlovchi va har xil turdagi tashuvchi qurilmalardir. Shu bilan birga,
tashqi xotirada kompyuterning barcha dasturiy ta’minotlari saqlanadi. Tashqi
xotira qurilmalari kompyuter sistema blokida joylashishi bilan birga uning alohida
korpuslarida ham joylashgan bo`ladi. Oddatda tashqi qurilmalar ma’lumotlarni
o`zida jamlovchi (yig`uvchi) qurilmalar deb ataladi. Jamlovchi–bu axborotni
o`zida saqlaydigan qurilma bo`lib, u katta hajimdagi axborotlarni uzoq vaqt
saqlash uchun mo`ljallangandir. Ularning hajmi tezkor xotiradan bir necha yuz
marotaba kattadir. Jamlovchi qurilmani ma’lumotni tashuvchi va o`quvchi qurilma
deb qarash mumkin. Axborot tashuvchilar ikki xil bo`ladi: lentali va diskli.
Lentalilar faqat magnitli bo`lishi mumkin, diskli tashuvchilar esa magnitli,
magnitooptik va optik bo`ladi. Eng ko`p tarqalgan jamlovchilar bu magnitli
disklardir. O`z navbatida magnitli disklar ham uch turga bo`linadi: qattiq disklar,
egiluvchan disklar va lazerli (optik) disklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |