Niyozov Qahramon Adashaliyevich
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim.
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limning mohiyati Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim-oʻquvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu ta’lim texnologiyasida har bir oʻquvchini tushunish, hurmat qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. Oʻquvchi-oʻqituvchi hamda oʻquvchi-oʻquvchi hamkorligi koʻzda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini koʻrib chiqamiz. Oʻqituvchi tomonidan oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirishning quyidagi asosiy mezonlari mavjud: 1. Har bir oʻquvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish. 2. Ta’limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda oʻquvchi oʻzini shaxs deb sezsin, unga boʻlgan e’tiborni tuysin. 3. Bolaga tazyiq oʻtkazmaslik hamda uning kamchiligini boʻrttirmaslik, bilimlarni oʻzlashtirmasligi, oʻzini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar etkazmaydigan tarzda bartaraf etish. 4. Ta’limda «muvaffaqiyat muhitini» tashkil etish, bolaga oʻqishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish, uning oʻz kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. Oʻquvchiga atrofdagilarning har biri oʻzi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish. 5. Oʻquvchining hurmati va ishonchini qozonish, oʻziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. Bola shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati Umumiy oʻrta ta’lim muassasasining bola shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotchanlik), ijtimoiy- hissiy va jismoniy-motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta’minlash juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat sinf xonalarida, balki ta’lim muassasasiga kirishda, yoʻlaklarda, sport va dam olish maydonchalarida ham yaratilgan boʻlishi shart. Xona va bino-bu bolaning rivojlanishi uchun muhim boʻlgan ichki omildir,binodan tashqaridagi sport, dam olish va oʻyin maydonchalari, maktab va boshqa ta’lim muassasasining hududi-tashqi omillar boʻlib xizmat qiladi. Bola shaxsiga yoʻnaltirilgan rivojlantiruvchi muhit ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini toʻliq hisobga olgan holdagi eng qulay shart- sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Unga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi: Bolaning salomatligini saqlash omillari: toza havo, toza joy, normal harorat va yorugʻlik ta’minlanadigan bino va oʻquv xonalari. 28 Maktabning bolani noxush, kutilmagan hodisalardan saqlaydigan xavfsiz joy boʻlishini ta’minlash. Bolalarning harakat, kashf qilish va tajriba qilishlariga ragʻbat koʻrsatish, ya’ni maktab hududining barcha joylarida bunga imkon boʻlsin. Masalan, sport, dam olish va oʻyin maydonchasida jihozlarning etarli boʻlishi; koridorda turli oʻsimliklarning oʻsishini kuzatish, xonada oʻquv fanlariga doir ma’lumotlar, kutubxonada turli kitoblar boʻlishi va shu kabilar. Bolalarning oʻzlari ishlagan barcha narsalar, ashyo va qoʻllanmalar bola koʻra oladigan, boʻyi etadigan darajadagi masofa va balandlikda joylashgan boʻlishi. Bolalar oʻrtasida hamkorlik va muloqotga ragʻbat bildirish, ya’ni darsda kichik guruh va juft boʻlib ishlashlari, darsdan tashqari vaqtda oʻyin oʻynashlariga sharoit yaratilgan boʻlishi kerak. Bolalarda maktabga tegishlilik hissi, xavfsizlik va erkinlik hissi boʻlishi. Turli madaniyatlar mavjudligini his qildirish. Sinf xonasi bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan alohida mavzular boʻyicha qismlarga boʻlingan va shu har bir qismlar oʻz mavzulari boʻyicha bola uchun kerakli va qiziqarli boʻlgan ashyo, jihozlar, oʻyinchoqlar, konstruksiyalar, belgilar, raqamlar, soʻzlar va h.k.bilan jihozlanganligi. Mebel bolaning jismoniy holatiga va erkin harakatlana olishiga toʻsiq boʻlmaydigan holda joylashtirilgan boʻlishi, bola oʻziga tegishli mebelni bemalol harakatlantira oladigan va nogiron oʻquvchilar uchun mos mebel ham boʻlishi, shuningdek, oʻqituvchi uchun mebel ham qulay boʻlishi kerak. Bolaning idrok etish qobiliyatini rivojlantiruvchi va ijod qilishga undovchi turli shakl va rangdagi materiallar bilan ta’minlash. Bolalar koʻrishi va tanishishi uchun narsalar va ma’lumotlarni iloji boricha bitta joyga juda koʻp joylashtirmaslik, bu bolaning ularni ajratib olishiga halaqit beradi. Bolaga erkin tanlash imkonini berish va mustaqil qaror qabul qilishga undash. Oʻz tengdoshlari bilan munosabatga kirishishiga yordam berish. Kundalik qilinadigan ishlarni biror jadval shaklida soʻzlar hamda belgilar bilan tasvirlash, uni bola koʻra oladigan va tushunadigan holatda ilib qoʻyish. Ota-onalar va maktab oʻrtasida iliq munosabatlarni shakllantiruvchi muloqot oʻrnatishga imkon beruvchi muhit yaratish. Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limda dars shakli. Shaxsga yoʻnaltirilgan oʻquv vaziyatlari oʻquvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish usul va metodlari bilan uzviy bogʻliq. Bunday oʻquv mashgʻulotlarining shakllari turlicha.Ular orasidan alohida e’tibor dars jarayonida oʻqituvchi-oʻquvchi hamkorligining tadqiqot- izlanish metodlari hamda dialogli shakllariga qaratiladi, shuningdek, koʻrgazmali, tasviriy, reproduktiv va boshqa metodlar ham qoʻllaniladi.. Bunday mashgʻulotlarning shakl va usullari bevosita shaxs faoliyatiga yondashuv konsepsiyasi va tamoyillariga mos kelib, ular bola ichki dunyosi, tafakkuri va shaxsiy hayotiy tajribasini maksimal darajada faollashtirishga xizmat qiladi. Bu oʻrinda oʻquv faoliyatiga ragʻbat uygʻotish orqali oʻquvchilarni bilim egallashga yoʻnaltirib, bunday shakl va usullarda tashkil etilgan ta’lim jarayoni oʻquvchilarning shaxsiy bilimi, tajribasi va hissiyotlarini rivojlantirishning asosiy manbalaridan biri boʻlib qoladi. Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim amalga oshiriladigan ayrim noan’anaviy dars shakllarini keltiramiz: 29 Shoʻngʻish darsi- ma’lum bilimlarni egallash uchun eng qulay muhitda boʻlish yoki shunday muhit yaratish orqali mavzuni faol oʻrganish mashqlaridan iborat. Musobaqa darsi- oʻquvchilarning oʻzaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari. Konsultatsiya darsi- dars jarayonida oʻquvchilarning oʻzaro hamda oʻqituvchining konsultatsiyalarini tashkil etish orqali darsni oʻzlashtirish mashqi. Ijod darsi- oʻquvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi. Sinov darsi- oʻquvchilarning oʻzlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil qilinadigan dars. Shubha bildirish darsi- dars mavzusi boʻyicha qoidalar, xulosalarni agar notogʻri deb hisoblansa, nimalar boʻlishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar oʻtkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi. Ijodiy hisobotlar darsi- oʻquvchilarning ayrim mavzular boʻyicha mustaqil oʻrgangan bilimlari va xulosalari taqdimoti. Umumlashtirish darsi- ilgari oʻtilgan mavzular boʻyicha olingan bilimlarni umumlashtirish mashqlarini oʻtkazish darsi. Ilmiy-fantastika darsi- oʻquvchilarning oʻrgangan bilimlari asosida ijodiy xayol, taxminlar oʻylab topishlari mashqini oʻtkazish orqali mustaqil fikrlashlarini kengaytirish darsi. Haqiqatni izlash darsi- dars mavzusiga doir ayrim masalalar yuzasidan oʻquvchilarning mustaqil fikrlar bildirishni tashkil etish orqali haqiqatni aniqlash va mavzuni oʻzlashtirishni ta’minlash darsi. “Paradokslar” darsi- oʻquvchilarning faolliklari va qiziqishlarini oshirish maqsadida oʻrganilayotgan mavzuni har turli “paradokslarga” bogʻlab bayon qilish hamda tegishli tahlillar oʻtkazish asosida toʻgʻri xulosalarni aniqlash darsi. Seminar darsi- yangi dars mavzusiga doir savollar boʻyicha oʻquvchilarga oldindan berilgan topshiriqlarni bajarish natijalari toʻgʻrisida ma’lumotlarni tinglash orqali sinfdagi barcha oʻquvchilar darsni oʻzlashtirishlarini va bilimlarini mustahkamlashni ta’minlash darsi. Ekskursiya darsi- bu darslarda oʻquvchilarni turli ob’yektlar: muzey, ziyoratgoh, korxona, ustaxona, tabiat ob’ektlari, ilmiy muassasa, kollej, litsey va boshqalarga olib borish va tanishtirish orqali ularning bilimlarini hayot bilan bogʻlash va kasbga yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirib borish ta’minlanadi. Juda uzoqdagi va borish qiyin boʻlgan ob’ektlarga, ular toʻgʻrisida filmlar, turli koʻrgazmali va boshqa materiallar mavjud boʻlgan hollarda, ularni oʻquvchilarga namoish etib, tushuntirish orqali videoekskursiyalar tashkil etish ham munkin. Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ijobiylashtirish va rivojlantirish. Oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini ta’lim- tarbiya jarayonida hisobga olish, ularning shaxsiy sifatlarini bilish, tahlil qilishga yakka tartibda yondashishda hozirgi yosh psixologiyasi va pedagogikasining qoidalari va talablaridan kelib chiqiladi. Bunda oʻquvchilarning bir- birlariga nisbatan tayyorgarliklari, qiziqishlari va fanlarni turlicha oʻzlashtirishlari bilan farqlanishini hisobga olish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda oʻqituvchilarning ham bir- biridan oʻqitish uslubi, oʻquv-tarbiya jarayonini rejalashtirish boʻyicha farqlanishini hisobga olgan holda har bir oʻqituvchining ma’lum vaqt davomida opedagogik texnologiyaimal natijaga, ya’ni oʻquvchilarning 30 koʻzda tutilgan darajada oʻzlashtirishlariga erishish yuzasidan individual yondashuvlari mavjud. Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish asosida shu sifatlarni ijobiylashtirish va rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun darsda oʻquvchilarga mustaqil vazifalar berish, ularning mustaqil hulosalar chiqarishlarini, bir- birlaridan oʻrganishlarini tashkil qilish, ularning oʻqishlari uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor berish talab qilinadi.Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash. Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash hamma zamonda ham e’tibor markazida boʻlgan masalalardan hisoblanadi. Buning uchun ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning nutqi, muloqot koʻnikmalari, hissiy, aqliy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, jumladan: toza joy, toza havo, normal haroratli xona va unda yetarli yoritilganlik boʻlishi, xavfsizlik, sport, dam olish, oʻyin maydonchalarini yetarlicha jihozlash va shu kabilarga e’tibor berish talab qilinadi. Shu yoʻnalishdagi ayrim tajribalarni keltiramiz: Yorib oʻtishlar texnologiyasi va V. Erxard maktabi. Bu texnologiya menejerlarni qayta tayyorlash oʻqishlaridan iborat boʻlib, uning maqsadi har bir alohida odamning ichki olamida mavjud boʻlgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan boʻgʻib qoʻyilgan) qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo sifatida echish uchun kundalik izlanishlarga aynan uygʻotish hisoblanadi. Bu kurslar oʻquvchining fikrlashi va xulqidagi shaxsiy stereotiplarni bartaraf qilish, oʻz imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha echish yoʻllarini koʻra olishlarini faollashtirish va oʻzgartirish boʻyicha ishlab chiqilgan koʻp sonli mashgʻulotlardan iborat. Bu kurslarning afzal jihatlari-inson omilini ishga solishga qaratilgan boʻlib, maxsus mablagʻlar sarflashni talab qilmaydi; erishilgan samara soʻnib qolmaydi, ya’ni olingan samara yangi shakllarda va sharoitlarda muntazam kuchayib borishi bilan bir necha marta samara olishni ta’minlaydi; alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil boʻlgan boshi berk holatlardan noan’anaviy chiqish yoʻllarini izlashga qaratilganligidan iborat. 48 yoʻnalishdagi kurslar va seminarlar AQShning 94ta shaharlarida va boshqa mamlakatlarning 128ta shaharlarida olib borilmoqda. Bu kurslarda yiliga 57 ming kishi oʻqiydi. Oʻquv materialining sxemalar va shartli belgilardan iborat modellari (tayanch signallar konspektlari) asosida ta’limni intensivlashtirish texnologiyasi (V. F. Shatalov, Donetsk shahri). Tayanch signallar konspektlari koʻrgazmali sxemalardan iborat boʻlib, ularda oʻzlashtirilishi lozim axborot birliklari aks ettiriladi, ular orasidagi turli bogʻliqliklar koʻrsatiladi hamda mavhum (abstrakt) materialni yaqqollashtiruvchi misollar, tajribalarni eslatish uchun belgilar va maqsadlarning ahamiyatliligi boʻyicha klassifikatsiyasi turli shartli belgilar bilan beriladi. Tayanch signallar konspektlari bilan ishlashda qator oʻziga xos usullar va metodik echimlar qoʻllaniladi. Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limdan amalda foydalanish masalalari Maktabda pedagogik jamoa yoki metod birlashmalar miqyosida oʻqituvchilarning oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’limni amalga oshirishda oʻquvchi shaxsini oʻrganish yoʻnalishlari, muloqot usullari, darsda oʻquvchilarning bilim darajasi, qiziqishlari, fanlarni turlicha oʻzlashtirishlaridagi farqlarni hisobga olish, qulay muhit yaratish, oʻquvchilarning oʻzlashtirishlariga erishish va boshqa masalalar boʻyicha nazariy, metodik va amaliy 31 tajribalar bilan tanishish, oʻrganish, ommalashtirish maqsadida amaliy mashgʻulotlarni vaqti-vaqti bilan oʻtkazib borish lozim. Bu mashgʻulotni mavjud sharoit va imkoniyatlarga muvofiq bahs-munozara, trening, ishchanlik oʻyini yoki seminar kabi shakllardan birortasi boʻyicha oʻtkazish tavsiya qilinadi. Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim samaradorligini oshirish uchun quyidagi nazariyalarga asoslanish yaxshi natijalar beradi: Bola intellekti rivojlanishi nazariyasi. Bu nazariyani shveytsariyalik psixolog Jan Piaje (1896-1980) ishlab chiqqan. Bu nazariya bolalar intellekti rivojlanishini tushunish uchun katta ahamiyatga ega boʻldi. Unga koʻra bolalar fikrlashining koʻp xususiyatlari ochib berildi. Bular: egosentrizm-boshqa odamning nuqtai-nazariga oʻta olmaslik; sinkretizm- har turli hodisalarni etarli ichki asos boʻlmagani holda oʻzaro bogʻlashga moyillik hosil boʻladigan tafakkur turi; transduksiya-mantiqiy fikrlashning xususiyati boʻlib, bunda xususiydan-xususiyga tomon, umumiylikni chetlagan holda, oʻtish amalga oshiriladi; artifitsializm-olamni goʻyo odam qoʻli bilan yaratilgan, sun’iy deb idrok qilish; animizm- olamni jonli deb hisoblash, ziddiyatlarni sezmaslik. Bola psixikasi rivojlanishining toʻrtta bosqichi nazariyasini ishlab chiqdi. Bular quyidagi bosqichlar: 1. Sensomotor bosqich (tugʻilgandan 2 yoshga toʻlguncha)-jismoniy his tuygʻular: teri sezgisi, ochlik, ogʻriq, shovqin, yorugʻlik va boshqalarga munosabat shakllanadi. 2. Faoliyatgacha bosqich (2-7 yosh)–bola oʻziga atrofdagilar koʻzi bilan qaraydi. Bunda ijobiy muhitning ahamiyati katta. Bola oʻziga ijobiy baho berishi yaxshi rivojlanishga, past baho berishi, aksincha natijaga olib keladi. 3. Aniq faoliyat bosqichi (7-11 yosh)-faktlarni qiyoslash, ob’ektiv aqliy xulosalar chiqarish, atrofdagilarning tan olishiga erishish va bolalarcha egosentrizmdan xalos boʻlish, mavjud me’yor va qoidalarni oʻzlashtirish bosqichi. 4. Rasmiy faoliyat bosqichi (11-15 yosh)-mustaqil fikrlashga intilish bilan hayotiy qadriyatlarni qayta baholash, shaxsiy e’tiqodlar, qadriyatlarga munosabat, yangi odamlar bilan oʻzaro munosabatlar, umidlar, kelgusi yoʻlni tanlash, biror ma’naviy qahramon yoki faoliyat sohasiga e’tibor va qiziqishlarning yoʻnalganligi, axborotlarni jadal, koʻpincha, aralashiga, ba’zan tanlab, toʻplash bosqichi. Shu har bir bosqichda oʻsha darajadagi oʻzgarmas operatsiya paydo boʻlishi hamda uning oʻzgaruvchanligi rivojlanib borishidan iborat ikkitadan bosqich mavjud. Bunda agar bolaga tanish tajribalar takrorlansa, bu oson qabul qilinadi va oʻzgarmas operatsiya boʻladi. Agar bu boshqa yoki yangi tajriba boʻlsa, bola yangi sharoitga moslashish uchun muvozanatdan chiqadi va oʻzinining bilimi tarkibini oʻzgartiradi. Shunday qilib, bola borgan sari koʻproq adekvat bilimlari tarkibini boyitib boradi. Eng yaqin rivojlanish sohasi nazariyasi. Bu nazariyani rossiyalik psixolog Vigotskiy Lev Semyonovich (1896-1934) ishlab chiqqan. Bu nazariyaga koʻra ta’lim oldinda borishi va bolaning rivojlanishini oʻziga ergashtirib borishi lozim. Rivojlanish faqat bola yangi koʻnikmalarni oʻzlashtirganida hosil boʻladi. Lekin uni real hayotdan ajralgan holda emas, oʻzida bor boʻlgan bilimlar asosida oʻzlashtirishi shart. Bu «eng yaqin rivojlanish sohasi» deb nomlandi va pedagogika hamda psixologiya faniga kirdi. Eng yaqin rivojlanish sohasi deb L.S.Vigotskiy «yetilish jarayonidagi, ertaga yetiladigan, hozir paydo boʻlayotgan holatda boʻlgan funkstiyalarni, ularni rivojlanish mevasi deb emas, rivojlanish kurtaklari, gullari, ya’ni endigina yetilib kelayotgan funkstiyalar»ni tushuntirgan edi. Eng yaqin rivojlanish sohasi bola oʻz yoshiga nisbatan qiyin masalalarni katta yoshdagi 32 odamning yordami boʻlganda yechishi jarayonida aniqlanadi. Masalan, emaklashni oʻrganib olgan chaqaloq uchun emaklash u oʻzlashtirgan koʻnikma, lekin tik turish va yurish esa, uning tomonidan endi oʻrganilayotgan va katta yoshdagilar yordamida oʻrganiladigan koʻnikma boʻlib, bu koʻnikma bolaning eng yaqin rivojlanish sohasida hisoblanadi. Oʻquvchi bilan muloqotda uning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning eng yaqin rivojlanish sohasi keng boʻlgan belgilarni topish va asta–sekin yangi bilimlar bilan toʻldirib borish orqali kutilgan natijaga erishiladi. Bunda bolalarga doʻstlik va oʻzaro hurmatda boʻlish asosiy shart hisoblanadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling