Niyozov Qahramon Adashaliyevich


“Ushbu mashg’ulotdan soʻng oʻquvchi quyidagilarni biladi…”


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

“Ushbu mashg’ulotdan soʻng oʻquvchi quyidagilarni biladi…” 
Biz mashg’ulotlarning uch xilini ajratamiz: 
1. Bilimlarni tasvirlovchi. 
2. Koʻnikma va malakalarni tasvirlovchi. 
3. Qadriyatlarni tasvirlovchi 
Bizning oʻqitish amaliy, interfaol faoliyat orqali olib boriladi. Oʻqitish natijalari ham 
huddi shunday ifodalanadi: oʻquvchi mashg’ulotga qatnashish natijasida nima qilay 
olishini belgilab beradi. 
Bizga natijani ifodalashning an’anaviy usullari toʻg’ri kelmaydi, ya’ni: “oʻqivchi 
bilim oladi…”, “oquvchi tushuncha oladi…” va hokazolari. 
Mashg’ulot natijasini ifoda qilishda biz quyidagilardan foydalanamiz: oʻquvchi 
tasvirlab bera oladi, sanab bera oladi, qiyoslay oladi, tushuntira oladi… va h. k. 
Natija notoʻg’ri ifodalanishi ayniqsa koʻnikma va malakalarni tasvirlagan hollarda 
koʻp uchraydi. Masalan: “oʻquvchi iste’molchi huquqlarini qanday himoyalashni bilib 
oldi”. Aslida bu ifoda oʻquvchining bilimlarini tasvirlamoqda, uning amaliy malakasini 
emas. Buni biz yuqorida keltirilgan formulaga tushursak, quyidagini hosil qilamiz: 
oʻquvchi iste’molchining asosiy huquqlarini sanab bera oladi, yoki 
- oʻquvchi iste’molchi huquqlari koʻrsatilgan asosiy qonunlarni ayta oladi, yoki 
- oʻquvchi iste’molchi huquqlarini himoya qilishning turli yoʻllarini tasvirlab va 
qiyoslab bera oladi, yoki 
- oʻquvchi iste’molchi huquqlarini buzilganligi haqidagi shikoyatnoma (arz, ariza) 
koʻrinishi va nazmuni qanday boʻlishi kerakligini tushuntirib bera oladi. 
Bu natijalarning barchasi olingan bilimlarni koʻrsatadi. 
Malaka va koʻnikmalarni tasvirlab beradigan natijalarni rejalashtirish uchun bu 
harakatlarni oʻzini tasvirlab berish kerak, masalan: 
oʻquvchi vaziyatni tahlil qila oladi va iste’molchi huquqlarini buzilganligini aniqlay 
oladi, yoki 
- muayyan vaziyatda oʻquvchi iste’molchi huquqlarini himoyalash usulini tanlay 
oladi va tanlagan usulini asoslab bera oladi, yoki 
- oʻquvchi sotuvchi bilan yoki hizmat bajaruvchisi bilan (ma’mur, direktor) 
iste’molchi huquqlari buzilgan hollarda muzokara olib bora oladi, yoki 
- oʻquvchi iste’molchi huqulari buzilganligi haqida murojaat qilinadigan muassasani 
tanlay oladi va tanlovni asoslab bera oladi, yoki 


37 
- oʻquvchi iste’molchi huquqlari buzilganligi haqida shikoyat (arz, ariza) yozib bera 
oladi, yoki 
- oʻquvchi huquqshunosga murojaat qilishi, va u bilan iste’molchi huquqlari 
buzilganligi borasida ishlay olishi mumkin… va h. k.
Qadriyatlarni ta’riflaydigan natijalarni ifodalash hammadan ham qiyin boʻladi. Ichki 
sifatlar, shahsiy hususiyatlarning tashqi koʻrinishi qanday tasvirlasa boʻladi? Bizningcha, 
buni oʻquvchini oʻylantiradigan va ularga oʻz munosabatini bildiradigan ijtimoiy- huquqiy 
muammolar, voqealiklarni tasvirlash orqali amalga oshirsa boʻladi. Bunda biz, albatta, 
oʻquvchida aynan qanday munosabat shakillanishini tasvirlay olmaymiz (ijobiy, salbiy, 
befarq). Biroq oʻquvchiga shunday ta’lim vaziyatini yaratib beramizki, unda u nafaqat 
ma’lum bir matn va maslahatlarni eslab qolar, nafaqat ma’lum tartibda ish tutishni 
oʻrganar, balki ijtimoyi manfaatlar, ahloqiy qadriyatlar haqida fikr yurita boshlaydi, 
ijtimoiy- huquqiy borliqni tanqidiy idrok eta oladi, huquqiy voqea- xodisa, vaziyat, 
muammolarga shaxsiy xis etilgan, anglangan munosabat xosil qiladi. 
Biz bu “qadriyatga oid”, “tarbiyaviy” natijalarni quyidagicha ifodalashni taklif 
etamiz: 

Oquvchi oʻylaydi va oʻz munosabatini bildira oladi… 
Masalan: 
- oʻquvchi hususiy huquq sohasidagi nizolarda davlat organlarining roli haqida 
oʻylay oladi va bu sohada davlat tomonidan vaziyatlarning bajarilishini oʻz 
munosabatini bildira oladi, yoki 
- oʻquvchi mojaro hal etishning boshqa yoʻllarining afzallik va nuqsonlari 
haqida oʻylay oladi va bu yoʻllarni mamlakat miqyosida kengroq ishlatish 
istiqboliga oʻz munosabatini bildira oladi, yoki 
- oʻquvchi fuqarolik huquqlarini amalgam oshirish va himoya qilish borasidagi 
shahsiy ma’suliyat haqida oʻylay oladi va oʻz huquqlarini barcha 
mexanizmlarini qoʻllagan holda doimiy ravishda himoya qilish zarur degan 
fikrga oʻz munosabatini bildira oladi va h. k. 
Bir mashg’ulot uchun kutiladigan natijalar 2-3 dan ortmasligi tavsiya etiladi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling