Niyozov Qahramon Adashaliyevich
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Algoritmlash
modul darajasi - birlamchi modullarning oʻz tarkibida aslida qancha modullarga ega
ekanligiga qarab quyidagi darajalarga boʻlinadi: bir oʻquv mashg’ulotini oʻtkazishga moʻljallangan modullar; oʻquv fanining bir mavzusini, bir boʻlimini, bir qismini yoki hamma tarkibiy boʻlaklarini oʻqitish texnologiyasini tashkil etuvchi modullar.Ularni bloklar deb ham nomlanadi; bir nechta turdosh oʻquv fanlarini yoki ayrim fanlarni oʻqitish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullari; DTSning tarkibiy boʻlaklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar; 35 oʻquv reja va dasturlarning tarkibiy boʻlaklarini va ularni bajarish texnologiyasini tashkil qiluvchi modullar; ta’lim vositalarini tashkil qiluvchi modullar; pedagogik texnologiya jarayonida qoʻllaniladigan usullarni tashkil qiluvchi modullar. Algoritm - pedagogik texnologiya boʻlaklari (modullar)ning oʻzaro joylashuvini hamda pedagogik texnologiya jarayonlarini amalga oshirish ketma - ketligining avvaldan belgilangan tartibi, ya’ni qoidasidir. Algoritmlash esa pedagogik texnologiya tarkibiy boʻlaklarini amalga oshirish jarayonining ketma-ketligini belgilash boʻlib, koʻzlangan maqsadga erishish kafolatini amalga oshiradi. Odatda, pedagogik texnologiyani loyihalashda oldin uning algoritmi ishlab chiqiladii. Shu algoritmga muvofiq holda modullarning oʻzaro joylashuvi tartibi aniqlanadi. Pedagogik texnologiyada algoritmlar alohida mashg’ulot yoki uning biror boʻlagi algoritmi, oʻquv fanini oʻqitishning umumdidaktik izchilligi algoritmi, oʻquvchi faoliyatini, oʻqituvchi faoliyati, oʻzlashtirishni nazorat qilish jarayoni, maktabni boshqarish jarayoni algoritmi kabi turlarga boʻlinadi. Pedagogik faoliyatning eng kichik boʻlaklari oʻzaro joylashuvini va shu faoliyatni amalga oshirish ketma-ketligini belgilash algoritmlashning birlamchi darajasi boʻlib, ularni birlamchi algoritmlar deyiladi. Algoritmlash orqali pedagogik texnologiyani tegishlicha tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassislar tomonidan oldindan belgilangan maqsadlarning toʻliq amalga oshirilishini kafolatlagan holda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Modullashtirish va algoritmlash madaniyati ta’lim-tarbiya jarayonida odat tusiga kirgan holdagina turli darajalardagi pedagogik texnologiyalarni yaratish va amalda qoʻllash faoliyati yanada keng rivojlana boradi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling