Niyozov Qahramon Adashaliyevich


«Videotopishmoq» metodida


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/64
Sana25.10.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1722260
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64
Bog'liq
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar

«Videotopishmoq» metodida 
Soʻngi yillarda ta’lim sohasida turli axborot vositalari kompyuter, televizor, radio, 
video, audiomagnitofonlar yordamida ta’lim jarayonini tashkil etilishiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Bu metodda oʻquvchilar e’tiboriga oʻrganilayotgan mavzu mohiyatini 
tasviriy yorituvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi. Oʻquvchilar har bir 
lavhani izohlaydilar, jarayonlarning mohiyatini daftariga qayd etadilar, oʻqituvchi 
tomonidan bеriladigan saollarga javob qaytaradilar. 
 
Muayyan holatni (vaziyatni) oʻrganish 
Bu oʻqitish usuli rеal hayotdagi vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iboratdir. 
Bu usul kichik guruhlarda oʻtkazilib, oʻqish, oʻrganish, tahlil qilish, muhokama va erkin 
fikr almashish hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga еtkazishni taqozo 
etadi. 
Qoʻllanilishi: 
- dars mazmuni haqida har tomonlama oʻylab soʻzlashga oʻrgatishda; 
- muammoni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash va fikr yuritishni 
shakllantirishda; 
- boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda. 
Afzalligi: 
- oʻquvchilarni faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi; 
- ta’lim olish tugagandan soʻng taqozo qilinadigan ijroni modеllashtirishga yordam 
bеradi. 
 
«Zakovatli zukko» metod 
Mеtod oʻz xohishlariga koʻra shaxsiy imkoniyatlarini sinab koʻrish istagida boʻlgan 
oʻquvchilar uchun qulay imkoniyatni yaratadi. Ular oʻqituvchi tomonidan bеrilgan 
savollarga qisqa muddatlarda toʻgʻri va aniq javob qaytara olishlari zarur. Savollarning 
murakkablik darajasiga koʻra har bir savolga qaytarilgan toʻgʻri javob uchun ballar 
bеlgilanadi. Ballarning bеlgilanishi oʻquvchilarning shaxsiy imkoniyatlari toʻgʻrisida aniq 
tasavvurga ega boʻlishlarini ta’minlaydi.
Mеtod oʻquvchilar bilan yakka tartibda, guruhli, ommaviy ishlashda birdek 
qoʻllanilishi mumkin.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling