Niyozov Qahramon Adashaliyevich
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya-fanini-o‘qitishda-pedagogik-texnologiyalar
Tarqatma 2.
Masala: Gʻoʻza turida tolaning malla rangi (A) oq rang (a) ustidan chala daminantlik qiladi va F 1 duragay oʻsimligining tolasi novvot rang boʻladi. F 1 duragayini retsessiv belgiga ega boʻlgan forma bilan qaytadan chatishtirilsa, hilma-xillik F b qanday boʻladi? 1-qadam: Ikkinchi tarqatmadagi masalani yechish jarayonida “assistentlar” soni yana koʻpayadi. 2-qadam:Assistentlar va oʻqituvchi ikkinchi masalani yechishga qiynalayotgan oʻquvchilar bilan yana individual tushuntirish ishlarini olib boradilar. 3-qadam: Oʻquvchilarga tarqatma 3 tarqatiladi. Tarqatma 3. 51 Masala: Gʻoʻzaning och antotsian rangli oʻsimliklari oʻzaro chatishtirilishidan 680 ta oʻsimlik olindi. Shundan 340 tasi och antotsian rangli. Qolgan oʻsimliklarning qanchasi yashil rangli boʻladi. 1-qadam: Uchinchi tarqatmadagi masalani yechish jarayonida “assistentlar” soni yana koʻpayadi. 2-qadam:Assistentlar va oʻqituvchi uchinchi masalani yechishga qiynalayotgan oʻquvchilar bilan yana individual tushuntirish ishlarini olib boradilar. 3-qadam: Bu harakat darsning oxirigacha davom etadi. “Har kim –har kimga oʻrgatadi” metodi. Dars jarayonida barcha oʻquvchilarni qamrab oladi. Mavzuni oʻz tengdoshlari yordamida oʻzlashtirilishiga imkoniyat yaratadi. Assistentlarning esa “Masala yechish yoʻllarini tengdoshiga tushuntirar ekan” egallagan bilimlar yanada mustahkamlanadi. Eng muhimi masalalar yechish ancha murakkab boʻlsada, doʻstona, oʻzaro yordam muhitida osonroq oʻzlashtiriladi. Ushbu texnologiyadan koʻzlangan maqsad ham shu. Nazorat uchun savollar 1. “Har kim –har kimga oʻrgatadi” metodi mohiyatini tushuntirib bering. 2. “Har kim –har kimga oʻrgatadi” metodidan biologiya darslarida foydalanish boʻyicha qanday taklif bera olasiz. 3. “Har kim –har kimga oʻrgatadi” metodining ta’lim jaraynida qoʻllanishi haqida ma’lumot bering. 4. “Har kim –har kimga oʻrgatadi” metodining afzalliklarini ayting. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling