Hujjatlarni o‘rganish metod.
Hujjatlarni o‘rganish metod - mehnat jarayoni ishchilar tarkibi, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to‘g‘risidagi ob’ektiv ma’lumotlarni yig‘ish metodi hisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi hujjatlardan olinadi:
"Ishchilar harakatlarini tasvirlovchi texnologik kartalar, ishning bajarilish usullarini sifatiga qo‘yiladigan talablar;
"Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko‘rsatadigan asbob- uskunalarning texnik tavsifnomasi;
"Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qunimsizligi uning sabablari va hokazolar haqidagi ma’lumotlar;
"Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar sog’lig’ining holati to‘g‘risidagi ma’lumot.
Mehnat metodi - bu kasbiy faoliyatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘rganishga qaratilgan tadqiqot metodidir. Boshqaruv faoliyatni egallagan va bajaruvchisi sifatida psixolog ham tadqiqotchi ham ishchi sifatida faoliyat olib boradi. Har bir ish kunidan keyin standartlashgan sxema bo‘yicha bayonnoma to’ldiriladi. Ish joyida tadqiqot olib borish usullari samaraliroq hisoblanadi. Tadqiqotchi standart kuzatish chizmasi asosida ishchining faoliyatini o‘rganadi. Bu usullarning afzaligi kasbiy realikka maksimal darajada yaqin bo‘lishidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |