Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi
Kar’erani amalga oshirish shartlari
Download 80.71 Kb.
|
Boshqaruv psix
Kar’erani amalga oshirish shartlari.
Rahbar qiyofasi deganda, imidj so’zining ifodasi namoyon bo’lar ekan, bu boradagi turli xil ta’riflarni keltirish, ularni tahlil qilish va o’rganish uning yanada chuqurroq mohiyatini anglab yetish hamda ushbu mazmunda teran fikr yuritishga undaydi. Masalan, boshqaruv jarayonida rahbar imidjini yaratish va shakllantirishning turli tamoyillarini tadqiq qilish “imidj” fenomeni shaxs tamoyili va ta’sir ko’rsatish psixologiyasi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tahlil etilganligini e’tirof etish kerak. Ko’plab mutaxassislar tadqiqotlar orqali qo’lga kiritilgan natijalarga tayanib – imidj – uni uzatish usulini o’zgartirish orqali yaratiladi, deb hisoblaydilar. Zero, qandaydir ta’sir ko’rsatuvchi ko’rinishdagi imidjni shakllantirishning zamonaviy tamoyillari hali XIX-XX asrlarda ishlab chiqilgan g’oyalarga asoslangandir. Bu borada ko’plab olimlar o’z fikr mulohazalarini bayon etganlar: Xussan, V.Uchenov va M.Startushlar ham, imidjni “reklama san’atining kvitizasiya”si, deb ta’riflaydilar. Imidjni shakllantirishning ayrim strategiyalari aslida ko’proq muvaffaqiyatli raqobatchilik omillarni eslatadi. A.I.Solovev imidjni yaratish texnikasini muvaffaqiyatli raqobatchilik omillari yig’indisi, deb aytadi. U: “Ishlatilayotgan texnologiyalar asosan: muloqot uslubi, nostandart holatlarda o’zini tutishi, tanazzul vaqtidagi holatlari, tashqi ko’rinishi (kiyim, soch turmagi) mimikasiga tegishli”, – deb hisoblaydi. A.Solovevning fikricha: “Imidj maqsadli ravishda uzatilayotgan ma’lumot va kommunikativ oqim ustidan nazorat o’rnatgan holda shakllantiriladi. Siyosiy jihatdan olib qaralganda, nomzodning eng muhim tomonlarini mujassamlashturuvchi xususiyatlarini tanlash bilan bir qatorda quyidagilar ham e’tiborga olinishi kerak: a)nomzodning jamoat ongida qoldirgan oldingi tasavvuri (hammada ma’lum siyosatning obrazi bir kunda o’zgarishi mumkin emas); b)saylovchilarning ijtimoiy kutishi (jamoa undan nimani kutmoqda); c)saylov kompaniyasi tanlagan strategiyasi”. Imidj – bu tashqi qabul qilinuvchi obrazdir. Zamonaviy tamoyillarning ko’pchiligi ta’sir qilish yo’llaridan foydalanishning aksentualizasiyasi asosida qurilgan. Bu yondashuvning nazariyotchilari bo’lib, filolog va jurnalistlar hisoblanadilar. Ulardan biri – G.Pochepsovdir. Muallif bu borada shaxsning ichki imkoniyatiga e’tibor qaratmagan holda ideal imidjning real imidjga mos kelishi haqida fikr yuritadi. U imidjning yaratilishi tadqiqotni yangi sohasi – “semiotika”, ya’ni “belgilar tizimi” to’g’risidagi fan bilan bog’liq – deb hisoblaydi. Semiotik yondashuvni quyidagi jarayon sifatida ta’riflashimiz mumkin: (a)rahbarning induvidual sifatlarini ochish orqali, uning uslubini yaratish; (b)rahbarni munosabatlar guruhiga “intilgan”day qilib ko’rsatish va ularni yaqinlashtirish; (c)rahbar “obrazi” ga kiritish; (d)rahbar munosabatlar guruhi ongida mashhur va kuchli shaxs bilan bog’liq bo’lishi kerak; (e)qabul qilishning barcha oqimlaridan samarali foydalanish; (f)rahbarning o’zi boshqaradigan tuzilmasidagi belgi va narsalaridan keng hamda faol foydalanishi; (g)ommaviy kompaniya jarayonini boshqarish”.2 Bshqaruv jarayonini psixologik asoslash va rahbar kar’eragrammasini o’lchash va tadqiq etish jarayonida professiografiya,psixogramma, psixomotorika va satsiyogramma kabilar muhum haiyat kasb etdi.
Download 80.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling