Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi


Nizoni hal etish usullari va oldini olish choralari


Download 80.71 Kb.
bet19/39
Sana08.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#252495
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
Bog'liq
Boshqaruv psix

Nizoni hal etish usullari va oldini olish choralari.O‘z vaqtida Banopart Napoleon shunday yozgan ekan: “qilich bilan har narsa qilish mumkin, faqat uning ustiga o‘tirib bo‘lmaydi”. Bu fikrida u ko‘pincha insonlar o‘rtasida bo‘lib turadigan nizolarni, ziddiyatlarni nazarda tutgan ekan. Chunki totalitar yoki diktatorlik boshqaruvi sharoitida ziddiyatlarning bo‘lishi tabiiy bo‘lib, uning yagona echimi - uzil-kesil uni hal qilish choralarini izlash bo‘lgan. Lekin demokratik munosabatlar sharoitidagi rahbar hamda uning qo‘l ostidagilar o‘rtasida yoki xodimlar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar yoki ziddiyatlarning tabiati va mohiyati biroz boshqacha bo‘ladi.

Avvalo shuni e’tirof etish lozimki, insoniy munosabatlarning har qanday tizimida ham fikrlarning rang-barang bo‘lishi va ular o‘rtasida farq bo‘lishi muqarrar holdir. Lekin ana shunday fikrlardagi farqni salbiy holat deb hisoblab bo‘lmaydi.

Nima sababdan mehnat jamoalarida turli xil nizolar kelib chiqadi? Buning bir necha sabablari bor:



ishchi-xodimlar o‘rtasidagi vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanmaganligi va h-zo

Nizolarni hal qilish

Har bir nizo alohida hodisa sifatida tahlil qilinadi, lekin ularning barchasiga xos bo‘lgan ayrim qonuniyatlar borki, ularga avvalo uning bosqichlari yoki fazalari kiradi:

Nizo oldi bosqich - konfrontatsiya

Nizoning o‘zi: kompromiss yoki janjal

Nizodan chiqish: muloqot yoki dissonans.

Demak, birinchi bosqichda konkret masala yuzasidan fikrlar yoki qarashlarda tafovut yoki qarama-qarshilik uchun shart-sharoit paydo bo‘ladi. Tomonlar o‘rtasiga sovuqchilik tushadi, ular o‘zaro kelisholmay qoladilar, agar bunda tashqaridan qaraganda, ko‘zga tashlanadigan nizo bo‘lmasa-da, o‘sha shaxslarning o‘zi bir-birlariga nisbatan munosabatlarida buni his qila boshlaydilar. Agar rahbar aynan shu bosqichda hodisaga aralashib, o‘z vaqtida oqilona qarorlar qabul qilolmasa, nizo ikkinchi bosqichga o‘tadi.



  1. Download 80.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling