Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi


Download 80.71 Kb.
bet32/39
Sana08.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#252495
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Boshqaruv psix

Anketa metodi.

Anketa metodiboshqaruv psixologiyasi fanida keng qo‘llaniladigan metodlardan biri bo‘lib, unda odamlarning psixologik xususiyatlari narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlari o‘rganiladi.

Boshqaruv psixologiyasi fanidaanketa metodi odatda 3 xil bo‘lib, birinchi xilida anglashilgan motivlarni aniqlashga mo’ljallangan savollardan iborat bo‘ladi, ikkinchi xilida esa faqat bittagina javob tanlash sharti bilan har bir savolga bir nechtadan tayyor javoblar ham beriladi. Uchinchi xil anketa sinaluvchiga havolaqilinganda kamida to‘rt-besh to‘g‘ri javoblari ballar yordamida bakolanadi. Anketa metodidan odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari qobiliyatlarini, o‘ziga, tengdoshlariga katta va kichiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Anketa orqali shaxslarning xarakter hislatlari, xulq-atvorlarini tekshirish, sirtdan turib baholash mumkin.

Tarqatilgan anketalar yig`ib olinib, elektron hisoblash mashinalari dasturiga muvofiqlashtirib atroflicha amaliy xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasining ayrim tomonlarini o‘rganish uchun boy material to‘plash imkonini beradi, lekin unda olinadigan ma’lumotlar doimo xolisonaxususiyatga ega bo’lavermaydi. Bunga yo`l qo’ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini bajaruvchi to‘g‘ri va qarshi savollarni puxta ishlab chiqish kerak.

Sotsiometriya metodi bu tadqiqot metodiga AQShlik Djon Moreno asos qolgan bo‘lib, kichik (birlamchi) guruh a’zolari o‘rtasida emotsional, hissiy munosabatlarni bevosita o‘rganish va darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi.

Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a’zoning o‘zaro munosabatlarini aniqlash uchun uning faoliyatda kim bilan ishtirok etishi so‘raladi. Olingan ma’lumotlar matritsa, grafik, chizma, jadval, diagramma shaklida ifodalanadi.

Ulardagi miqdor ko‘rsatkichlari guruhdagi odamlarning shaxslararo munosabatlari mazmuni yuzasidan ma’lum bir xulosa qiladi. Biroq ma’lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko‘rinishini aks ettiradi xolos. Uni takomillashtirish maqsadida hozirgi vaqtda psixolog olimlar Ya.L.Kolominskiy va I.P.Volkov tomonidan sotsiometriyaning kichik guruhlar psixologiyasiga moslab o‘zgartirilgan variantlari, ko‘rinishlari ishlab chiqilganki, ular orqali shaxslarning bir-birini tanlash motivlarini aniqlash mumkin. Ayniqsa sotsiometriyaning Ya.L.Kolominskiy ishlab chiqqan o‘zgartirilgan varianti bolalar jamoasidagi shaxslararo munosabatlar to‘g‘risida tula axborot berishga yordam beradi.

Odatda o‘quvchilardan quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayoxatga kim bilan birga borishni xoxlaysan?», «Mashg‘ulotlarga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?», «Kim bilan qushni bo‘lib yashashni yoqtirasan?» sinaluvchi har uchta javobdan bittasini «eng ma’qul» deb tanlashi lozim. Unga «avval, hammadan ko‘ra ko`proq kim bilan birga bo‘lishni xoxlasang, ushaning familiyasini yoz», «agar sen istagan shaxs to‘g‘ri kelmasa, yana kim bilan birga bo‘lishni istasang, shuning familiyasini yoz», «aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxsning familiyasini yoz» deb uktirish maqsadga muvofiq.




  1. Download 80.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling