Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi


Personalini boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari


Download 80.71 Kb.
bet5/39
Sana08.01.2022
Hajmi80.71 Kb.
#252495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Boshqaruv psix

Personalini boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari.

Yaqin paytlargacha bizning boshqaruv amaliyotimizda “personalni boshqarish” tushunchasi bo’lmagan. To’g’ri, har bir tashkilotning boshqaruv tizimi kadrlarni boshqarish va jamoani ijtimoiy rivojlantirish funksional quyi tizimiga ega bo’lsa-da, biroq bu ishlarning katta qismini bo’linma rahbarlari amalga oshirardi. Tashkilotda kadrlarni boshqarish bo’yicha asosiy tarkibiy bo’linma xodimlar bo’limi hisoblanadi, uning zimmasiga xodimlarni ishga olish, ishdan bo’shatish, shuningdek, xodimlar o’qishini tashkil qilish, malaka oshirish va qayta tayyorlash bo’yicha vazifalar yuklatilgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko’rsatishicha, xodimlar bo’limlari kadrlar bilan ishlashning na uslubiy, na axborot va na muvofiqlashtiruvchi markazi hisoblanadi. Ular ish haqi va mehnatni tashkil qilish, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, yuridik bo’lim va kadrlarni boshqarish funksiyalarini bajaruvchi boshqa bo’linmalar bilan tuzilmaviy jihatdan ajratilgan. Tashkilotlarda ijtimoiy muammolarni hal etish uchun ijtimoiy tadqiqot va xizmat ko’rsatish bo’limlari tashkil etiladi. Personalni boshqarish xizmatlari qoidaga ko’ra quyiroq tashkiliy maqomga ega bo’lib, professional jihatdan ham zaifroq sanaladi. Shu sababli, ular personalni boshqarish va ularning ishlashi uchun normal sharoitlar ta’minlash bo’yicha bir qator vazifalarni bajarmaydi. Quyida ularning eng muhimlari ko’rsatilgan:

a)ijtimoiy-psixologik diagnostika;

b)xodimning guruh va ma’muriyat o’rtasidagi munosabatini tahlil qilish va tartibga solish;

c)ishlab chiqarish va ijtimoiy mojarolarni boshqarish;

d)xodimlarni boshqarish tizimining axborot ta’minoti;

e)bandlikni boshqarish;

f)bo’sh lavozimlarga nomzodlar tanlash va baholash;

g)salohiyatli xodimlarga bo’lgan ehtiyojni tahlil qilish;

h)ishbilarmonlik karyerasini rejalashtirish va nazorat qilish;

i)xodimlarning professional va ijtimoiy-psixologik moslashuvini o’rganish;

j)mehnat motivasiyasini boshqarish;

k)mehnat munosabatlarining huquqiy masalalari tahlil etish.

Agar ma’muriy-buyruqbozlik tizimi davrida bu vazifalar ikkinchi darajali masala sifatida ko’rib chiqilgan bo’lsa, bozor munosabatlariga o’tishda esa, ular birinchi o’ringa chiqib oldi. Tashkilotni rivojlantirish strategiyasiga ko’ra bugungi kunda har bir tashkilot bu vazifalarni hal qilishdan manfaatdor.

Mamlakatimiz iqtisodiy va siyosiy tizimlardagi islohotlar bir vaqtning o’zida har bir shaxs uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishi barobarida, ularning barqarorligiga ma’lum darajadagi xavf-xatarni ham tug’dirmoqda. Bunday vaziyatlarda personalni boshqarish alohida ahamiyat kasb etib, tashkilotda kishilarga ta’sir ko’rsatuvchi uchta asosiy omilga alohida diqqat-e’tiborni qaratish maqsadga muvofiq sanaladi:



1.Birinchi omiltashkilotning iyerarxik tuzilmasi,

2.Ikkinchi omilmadaniyat,

3.Uchinchi omil


  1. Download 80.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling