Nizo tabiati, nizo turlari, nizo jarayoni dinamikasi, nizoni hal etish strategiyasi
Download 80.71 Kb.
|
Boshqaruv psix
Kar’era va kar’era turlari.
Bshqaruv jarayonini psixologik asoslash va rahbar faoliyatini aniq maqsadlar asosda rivojlantirish bevosita lavozimda o’sish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun ham kar’era tushunchasi ilmiy va nazariy tomondan asoslanadi. Ma’lumki, boshqaruv – murakkab ijtimoiy jarayonlardan biri bo’lib, u nafaqat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va psixologik bilimlarni nazariy jihatdan, balki amaliy jihatdan ham o’zlashtirgan holda yetarli tayyorgarlikka ega bo’lishlikni talab etadi. Bunda umumiy, texnik, iqtisodiy, omilkorlik va tashkilotchilik qobiliyatlariga ega bo’lish bilan birga, rahbar barcha haqiqatlarni tushunish orqali ko’p qirrali vaziyatlarda, sharoitlarda o’z qiyofasini amaliy tarzda to’g’ri ifoda eta olishni bilishi zarur. Vaholanki, rahbar tomonidan olib boriladigan boshqaruv jarayonini maqsadga muvofiq ravishda amalga oshishi uchun qiyofaning roli ham katta ahamiyatga ega bo’ladi. Ta’kidlab o’tish joizki, rahbar shaxsining barcha qobiliyatlarini mukammallashtirish boshqaruvda qanchalik ahamiyat kasb etsa, rahbarda qiyofani maxsus shakllantirish bilan professonal faoliyatda kamolotga erishish ham shunchalik muhim. Kar’era–fransuzcha“carhere”so’zida olingan bo’lib, o’lg’a qarab muvoffaqiyatli siljish ma’nosini berib, bugungi kunda ijtimoiy, xizmat, ilmiy faoliyatning boshqa turlicha mansab lavozimga muvoffaqiyatil o’sish sifatida tushuniladi. Kar’era birgina xizmat vazifasi va lavozimda o’sish ma’nosidagina anglanilmaydi. Shuningdek aktyor ka’rerasi, sportchi ka’rerasi, olim ka’rerasi va hokazolarmavjud bo’lib, ularning barchasi qobiliyatli kadrni lavozimda o’sishida namoyon bo’ladi. G’arbtadqiqotchilari lavozimda o’sishning quydagi bosqichlarini ham farqladilar: 1.Sinov (ko’nikmasi). 2.O’zini-o’zi e’tirof etish, (Tashkilot, korxona va firma)da e’tirof etilish va xizmat lavozimida o’sish. 3.Kar’era o’rtasi. 4.Kar’era yakuni. Kar’era bosqichlari va menejerlarning yoshi va nisbati: 1 – 25 yosh mutaxassis bosqichi. 2 – 30 yosh kar’eraning boshlang’ich bosqichi. 3 – 40 yosh boshqaruv faoliyatini boshlanishi. 4 – 50 yosh yetakchilarni aniqlash. 5 – 60 yosh boshqaruvning yuqori bosqichlari.
Download 80.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling