Nizo va stresni boshqarish
Download 31.81 Kb.
|
Очиқ дарс - апрель Nizo va stresni boshqarish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelishuv – nizoli
Majburlash – bu tomonlardan birining xohish-irodasini, so’zini majburan, zo’rlab qabul qildirishdir. So’zini o’tkazmoqchi bo’lgan tomon qarshi tomonning fikri bilan hisoblashmaydi, uni inkor etadi. Bunday strategiyani qo’llaydigan tomon tajavvuzkorlik bilan o’z xohishini qarshi tomonga majburlab o’tkazadi. Bu usulni ko’proq rahbarlar qo’l ostida ishlaydiganlarga nisbatan qo’llashadi.
Majburlash strategiyasi tashabbusga yo’l qo’ymaydi va korxonada “ma’naviy-ruhiy iqlim” ning nomutanosibligiga olib keladi. Ayniqsa, bu usul yuqori malakali, nisbatan yosh mutaxassislarda nafrat uyg’otadi. Kelishuv – nizoli holatdan muvaffaqiyatli chiqishning eng muhim sharti – bu murosaga kela olishdir. Kelishuv bilan nizolarni hal etish yuqori baholanuvchi strategik usul bo’lib, bunda ikkala tomonni qanoatlantiruvchi yechimga kelinadi. Muammoni hal qilish – bu usul barcha tomonlarni qanoatlantiruvchi yechimni topish uchun nizoni chaqiruvchi sabablarni chuqur tahlil qilish va barchaning fikrlarini inobatga olishga asoslanadi. Bu usul tarafdorlari o’z maqsadiga boshqalar maqsadi orqali emas, balki nizoning eng oqilona yechimini topish evaziga erishishni xohlaydilar. Mutafakkirlar “Taraqqiyot aslida nizodan kelib chiqqan” degan ekan. Balki, shundaydir. Rahbarlar har doim, har bir faoliyatida turli xildagi nizolarni, qarama-qarshilik va ziddiyatlarni bartaraf qilishga to’g’ri keladi. Ularni qanchalik oson hal qilsa, ish shunchalik unumli, natijasi yaxshi bo’ladi. Rahbar faoliyatidagi ish unumdorligi vujudga kelgan qarama-qarshilik, ziddiyat, nizoni qanchalik tez va qulay yo’llar bilan hal qilganligiga bog’liq bo’ladi. Shunda rahbar va jamoa ishida unum va samara bo’lishiga erishiladi. Download 31.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling