Nizolarni hal qilishning muqobil usullari


-modda. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni taqsimlash


Download 363.5 Kb.
bet12/17
Sana10.11.2023
Hajmi363.5 Kb.
#1763010
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
8 ta kazusdan boshqa qolgan hamma kazuslarning javoblari bor

22-modda. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni taqsimlash
Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasida taqsimlash hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga muvofiq, bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda esa, qanoatlantirilgan va rad etilgan talablarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha tarafning vakili xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, agar qilingan xarajatlarni qoplash haqidagi talab hakamlik muhokamasi paytida bildirilgan va hakamlik sudi tomonidan qanoatlantirilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qaroriga muvofiq hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuklanishi mumkin.
Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarning taqsimlanishi hakamlik sudining hal qiluv qarorida yoki ajrimida ko‘rsatiladi.







Tadbirkor V. va tadbirkor S. lar o‘rtasida shartnoma shartlari asosida kelib chiqqan nizo bo‘yicha hakamlik sudiga da’vo arizasi taqdim etilgan.
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining binosi kapital ta’mirlanayotganligi sababli nizoni ko‘rish uchun hakamlik sudi tadbirkor S ning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib, nizoni ko‘rib chiqib hal qiluv qarori chiqaradi. Da’vogar V. hakamlik sudining hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, hakamlik sudi javobgar S.ning joylashgan binosida vaqtincha foydalanib unga moddiy bog‘langan deb hisoblab S manfaatida chiqarilgan hal qiluv qarorini noqonuniy hisoblashni so‘raydi.
Savollar
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Mazkur nizo bo‘yicha V.ning talablari qonuniymi?
3. Hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy qanday belgilanadi?
4. Hakamlik sudining binosidan tashqarida o‘tkazilishi bilan bog‘liqxarajatlar qaysi tarafga yuklanadi?
26-modda. Hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy
Doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudida hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi hakamlik sudining qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Muvaqqat hakamlik sudida hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuvi bilan belgilanadi. Bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda, hakamlik muhokamasi o‘tkaziladigan joy nizo holatlaridan kelib chiqqan holda hakamlik sudining o‘zi tomonidan belgilanadi.

Download 363.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling