Nizolarni hal qilishning muqobil usullari


-modda. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni taqsimlash


Download 363.5 Kb.
bet13/17
Sana10.11.2023
Hajmi363.5 Kb.
#1763010
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
8 ta kazusdan boshqa qolgan hamma kazuslarning javoblari bor

22-modda. Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni taqsimlash
Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarni hakamlik muhokamasi taraflari o‘rtasida taqsimlash hakamlik sudi tomonidan hakamlik muhokamasi taraflarining kelishuviga muvofiq, bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda esa, qanoatlantirilgan va rad etilgan talablarga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflaridan qaysi birining foydasiga chiqarilgan bo‘lsa, o‘sha tarafning vakili xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shuningdek nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar, agar qilingan xarajatlarni qoplash haqidagi talab hakamlik muhokamasi paytida bildirilgan va hakamlik sudi tomonidan qanoatlantirilgan bo‘lsa, hakamlik sudining hal qiluv qaroriga muvofiq hakamlik muhokamasining boshqa tarafiga yuklanishi mumkin.
Nizoni hakamlik sudida hal qilish bilan bog‘liq xarajatlarning taqsimlanishi hakamlik sudining hal qiluv qarorida yoki ajrimida ko‘rsatiladi.







Talabnoma mazmuni





Taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi prinsipi deganda nima tushuniladi





Taraflarning hamkorligi va teng xukukliligi tamoyili nimalarda ifodalanadi?





Tarbirkor A va K o‘rtasida shartnoma shartlari yuzasidan nizo kelibchiqdi. Shartnoma shartlarida nizoni hakamlik sudinig muhokamasigatopshirish to‘g‘risida kelishuv mavjud. Hakamlik sudida hal qiluv qaroriqabul qilindi. Javobgar hakamlik muhokamasida qatnasha olmaganliginishu sababli o‘zining da’vogarning da’vo talablariga qarshi dalillari vatushuntirishlarini taqdim eta olmaganligini bildirib, vakolatli sudgahakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish bo‘yicha ariza bilanmurojaat qildi.
Savollar
1. Vaziyatga huquqiy baho bering.
2. Hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini bekor qilishiga asosbo‘luvchi holatlarni tushuntiring.
3. Mazkur holatda vakolatli sudning harakatlarini tushuntiring.

47-modda. Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish asoslari


Vakolatli sud hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqayotganda hakamlik sudi aniqlagan holatlarni tekshirishga yoki hakamlik sudining hal qiluv qarorini mazmunan qayta ko‘rib chiqishga haqli emas.
Hakamlik sudining hal qiluv qarori, agar hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilishni so‘rab ariza bergan hakamlik muhokamasi tarafi quyidagi holatlarni isbotlovchi dalillarni taqdim etsa, vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi kerak:
Oldingi tahrirga qarang.
hakamlik bitimining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha haqiqiy emasligini;
(47-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
hakamlik sudi hal qiluv qarorining hakamlik bitimida nazarda tutilmagan yoki uning shartlariga to‘g‘ri kelmaydigan nizo bo‘yicha chiqarilganligini yoxud unda hakamlik bitimi doirasidan chetga chiquvchi masalalar bo‘yicha xulosalar mavjudligini. Agar hakamlik sudining hakamlik bitimi bilan qamrab olinadigan masalalar bo‘yicha xulosalarini bunday bitim bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalaridan ajratib olish mumkin bo‘lsa, hakamlik sudi hal qiluv qarorining faqat hakamlik bitimi bilan qamrab olinmaydigan masalalar bo‘yicha xulosalari bo‘lgan qismi bekor qilinishi mumkin;
hakamlik sudining hal qiluv qarori ushbu Qonun 10-moddasining birinchi va uchinchi qismlari talablari buzilgan holda chiqarilganligini;
hakamlik sudi tarkibi yoki hakamlik muhokamasi ushbu Qonunning 14, 15, 16 va 25-moddalari qoidalariga muvofiq emasligini;
hakamlik sudining hal qiluv qarori hakamlik muhokamasi taraflarining qaysi biriga qarshi qabul qilingan bo‘lsa, o‘sha taraf hakamlik sudyalarini saylash (tayinlash) to‘g‘risida yoki hakamlik sudining majlisi bo‘ladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda xabardor qilinmaganligini hamda shu sababli u hakamlik sudiga o‘z tushuntirishlarini taqdim etolmaganligini.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan nizo qonun hujjatlariga muvofiq hakamlik muhokamasining predmeti bo‘lmasa, hakamlik sudining hal qiluv qarori vakolatli sud tomonidan bekor qilinishi kerak.
(47-moddaning uchinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)





Tarbirkor S.Eshmatov va F.Jasurov o‘rtasida shartnoma shartlari yuzasidan nizo kelib chiqdi. Shartnoma shartlarida nizoni hakamliksudining muhokamasiga topshirish to‘g‘risida kelishuv mavjud emasligisababli taraflar o‘rtasida hakamlik bitimi tuzildi. Hakamlik bitimidataraflar o‘rtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin bo‘lgan barchanizolar hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi kerakligi haqidagi qoidako‘rsatildi. Hakamlik sudining hal qiluv qarori qabul qilinishi bilanjavobgar da’vosi bilan hakamlik kelishuvini haqiqiy emas deb topishbo‘yicha nizo kelib chiqdi.

Download 363.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling